4. Mikoriza Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri
Download 48.24 Kb.
|
1502351355 68731
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv mikroflorasi
Biologik omillar
Tabiiy sharoitda mikroorganizmlar murakkab biosenozlarni tashkil etadi, ya'ni bir yerning o'zida turli bakteriyalarni uchratish mumkin. Bakteriyalar orasida simbioz, metabioz, antagonizm uchrashi mumkin. Simbioz holda hayot kechirganda bir tur kkkinchi tur bilan birgalikda yashaydi. Masalan, kefir donachalari tarkibida sut kislota hosil kiluvchi bakteriyalar va achitqi zamburug'lari birgalikda yoki tugunak bakteriyalar dukkakdosh o'simliklar bilan birgalikda yashaydilar. Metabiozda bir bakteriya ikkinchi baktcriya uchun qulay sharoil yaratib beradi. Masalan, ammonifikatorlar nitrifikatorlar uchun NH3 hosil qiladi. Nitrozomonas NH3 ni o'zlashtirib, nitrobakter uchun HN02 hosil qiladi: 2NH3 + 302 HN02 ni nitrobakter oksidlaydi: 2HN02 + q2 Anagonizmda bir tur ikkinchi turning rivojlanishini cheklab qo'yadi. Masalan, sodda hayvonlar bakteriyalarni yeb qo'yadi, bakteriofaglar bakteriyalarni eritib yuboradi, bijg'ituvchilar chiri-tuvchilarning ko'payishini cheklab qo'yadi yoki turli-tuman anti-biotiklarbakteriyalargasalbiy ta'sir etadi. Mikroorganizmlarga tash-qi muhit omillarining ta'sirini bilgan holda, ularga qarshi kurash choralarini qo'llash mumkin bo'Iadi. *> Savbllar Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi fizikaviy omillarni ko'rsating va ularning ta'sirini izohlang. Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalarning ta'siri haqida gapirib bering. Biologik omillarning ta'siri, ya'ni murakkab bioscnozni tushuntiring. Suv mikroflorasi Boshqa tirik organizmlarga qaraganda bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan, chunki ular nihoyatda mayda bo'lganligi, tashqi muhit omiliariga tez moslasha olganligi, turh-tuman oziqa moddalarni iste'mol qila olganligi uchun boshqa organizmlar yashay olmay-diganjoylarda ham uchraydi. Bakteriyaiartuproqda, suvda, havoda va boshqa organizmlar tanasida uchraydi. Suvda juda ko'p mikroorganizmlar uchraydi, chunki suv tabiiy muhit hisoblanadi. Suvga mikroorganizmlar tuproqdan o'tadi. Agar suvda oziqa moddaiar yetarii bo'lsa, mikroorganizmlar soni juda ko'payib ketadi. Ayniqsa chiqindi oqava suvda bakteriyaiar ko'p bo'ladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari esa toza hisoblanadi, ularda bakteriyaiar deyarli uchramaydi. Ariq va hovuz suvlarida, ayniqsa, ariq suvining 10 sm gacha bo'lgan chuqur qismida, qir-g'oqqa yaqin joylarda mikroblar soni ko'p bo'ladi. Qirg'oqdan uzoqlashgan va chuqurlashgan sari mikroblar soni kamaya boradi. 1 ml toza suvda 100—200 dona mikrob uchrasa, iflos suvda 100000 dan 300000 gacha va undan ham ko'p mikrob bo'ladi. Ayniqsa, aholi yashaydigan joylardan oqib o'tgan suvda bakteriyaiar ko'p bo'ladi. Masalan, A.S.Razumov ma'lumotiga ko'ra, Ural daryosining suvida aholi yashaydigan punktdan yuqorida 1 ml da 19700 bakteriya, aholi yashaydigan punktdan pastda esa 400000 dona bakteriya borligi aniqlangan. Suvning eng yuqori qatlamida bakteriyaiar kamroq, o'rta qatla-mida ko'proq va pastki qatlamida yanada kamroq bo'ladi. Masalan, qirg'oqdan 300 m narida 1 ml suvda 38 dona bakteriya, 5 m chuqurlikda 79 dona bakteriya, 20 m chuqurlikda esa 7 dona bakteriya borligi aniqlangan. Yomg'irdan keyin bakteriyaiar soni ko'payadi, yomg'irdan oldin 1 ml suvda 8 ta bakteriya borligi aniqlangan bo'lsa, yomg'irdan keyin ulaming soni 1223 taga yetgan. Ariq suviga nisbatan ariqning cho'kindi moddalarida mikroblar soni ko'p bo'ladi, ayniqsa oltingugurt va temir bakteriyalari ko'p uchraydi. Bulardan tashqari, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, pektinni parchalovchilar ham uchraydi. Suvda spora hosil qilmaydiganlar (97%), cho'kindilarda esa spora hosil qiluvchilar (75%) uchraydi. Suvda doim uchraydigan bakteriyaiar: Bad. flurescens, Bad. aquatilis, Micrococcus candicans va boshqalar, hovuz suvlarida esa vibrionlar, spirillalar, temir va oltingugurt bakteriyalari uchraydi. Oqava suv tarkibida milliardlab bakteriyaiar uchraydi va ular orasida yuqumli ichak kasalliklarini qo'zg'atuvchi vakillar ham bo'ladi. Suvning eng iflos qismi polisaprob zona dcyiladi, bu zonadagi suvning 1 ml da 1000000 ga yaqin bakteriya bo'ladi. O'rtacha ifloslangan zona mezasaprob zona bo'lib, bu zonadagi suvning 1 ml da 100000 bakteriya bo'ladi. Ancha toza qismi oligosaprob zona deyilib, bu zonadagi suvning 1 ml da 1000 ga yaqin bakteriya uchraydi. Polisaprob zonada o'simlik va hayvon qoldiqlari anaerob yo'l bilan parchalanadi, natijada metan, vodorod sulfid, merkaptan, ammiak, organik kislotalarvaaminokislotalar hosil bo'ladi. Mezasaprob zonada moddalarning parchalanishi davom etadi. Oligosaprob zonada ko'proq ikki valentli temir tuzlari uch va-lentli tuzlarga aylanadi. Ayniqsa, ariq va hovuz suvlarida juda ko'p patogen mikroblar uchraydi, ular orasida brutsellyoz, qorin tifi, dizenteriya tayoqchaiari, vabo vibrioni va boshqalar bo'lishi mumkin. Bitta odam 10 minut cho'milganda tanasidan suvga 3 milliard saprofit bakteriya, 100 mingdan 20 milliongacha ichak tayoqchasi tushadi. Baktcriyalarning ko'l suvida tarqalishi yil fasllariga qarab o'zgaradi. May va iyun oylarida bakteriyaiar soni ko'proq bo'ladi. Dengiz va okean suvlarida mikroblar soni ariq suvlaridagidan kam, qirg'oqqa yaqin joylarda esa ko'proq bo'ladi. A.Y.Kriss va B.L.lsachenko dengiz va okean suvlarida denitri-fikatorlar boiiigini aniqlaganlar. Kriss va uning shogirdlari ocean suvlarida spora hosil qiluvchi va spora hosil qilraaydigan vakillar, aktinomitsetlar ham uchrashi mumkinligini ko'rsatadilar. Tinch okeandagi bakteriyalar soni va biomassa miqdori tekshi-rilganda quyidagi natijalar olingan: okeanning 50 m chuqurlikkacha bo'lgan qismida 1 sm3 suvda 100 minglab bakteriya topilgan, biomassaning miqdori 1 sm3 suvga nisbatan olinganda atigi bir necha o'n milligrammni tashkil etgan. 50 m dan 200 m gacha chuqurlikda 1 sm3 suvda 10000 bakteriya bo1 lib, biomassa 10 mg/m3 ga, 750-3000 m chuqurlikdagi suvning 1 sm3 da bakteriyalar soni 100000 gacha, biomassa esa 0,1 mg/m3 ga teng bo'lgan. B.S.Butkevich dengiz suvida 3% ga yaqin NaCl bo'lganda ham bakteriyalar yaxshi o'sganligini aniqiagan. Bakteriyalarning 60% ga yaqin shtammlari chuchuk suvlarda o'smaganligi aniqlangan. Bu bakteriyalarni Kriss galofillar deb atagan. Galofillar Tinch okeanda 56,5% dan 88% gacha, Hind okeanida va Antarktida atrofidagi dengizlarda 53—91% gacha uchrashi aniqlangan. Ma'lumki, oqava suvda uchraydigan bakteriyalarga dengiz suvi salbiy ta'sir etadi. Masalan, Karpenter va uning shogirdlarining (1938-y.) aniqlashi bo'yicha, dengiz suvi 30 minut ichida oqava suvdagi bakteriyalarning 80% ni nobud qilgan. Rozenfeld va Sobbel (1947-y.) dengiz suvidan antibiotiklar hosil qiluvchi 9 ta forma topganlar, bu antibiotiklar esa bakteriyalarning boshqa formaiariga salbiy ta'sir etgan. Aholisi zich joylashgan yerlardagi suvda mikroblar juda ko'p bo'ladi, shahardan 3—4 km nariroq o'tgan suvda mikroblar soni kamroq bo'ladi. Buning bir qancha sabablari bor: mexanik yo'l bilan mikroblar suv tagiga cho'kadi, suvda oziqa moddalar ka-mayadi, bevosita tushgan quyosh nuri ularga salbiy ta'sir etadi, mikroorganizmlarning bir qismini sodda hayvonlar iste'mol etadi va boshqa omillar. Patogen rrukroblardan brutsellyoz, tulyaremiya, paratif, dizen-teriya tayoqchalari, vabo vibrioni va boshqalar oqava suvda uzoq muddat yashaydi. Qorin tifi tayoqchasi 21 kun, muzda 60 kun va oqava suvda 6-30 kungacha yashaydi. Demak, ochiq suv havzalari yuqumli ichak kasalliklarini tarqatishda xavfli vosita bo'lishi mum-kin. Shuning uchun suvni biologik usul bilan tozalashga alohida ahamiyatberiladi. Download 48.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling