4. Mikoriza Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri


Download 48.24 Kb.
bet3/9
Sana28.12.2022
Hajmi48.24 Kb.
#1011008
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1502351355 68731

Yuqori bosimning ta'siri. Ko'pchilik bakteriyalar yuqori bosimga ancha chidamli bo'ladi. Faqat 10000 atm bosim ularga salbiy ta'sir ctishi mumkin. Dengiz va okeanlarda chuqur suv qatlamlari tubida bakteriyalar ko'p uchraydi. Achitqilar 500, mog'or zamburug'lari 30000, fitopatogen vimslar esa 5000 atmosferagacha bosimga chidaydi.
Ultratovush bakteritsidlik xususiyatiga ega, 20000 Hz oziq-ovqat mahsulotlarini va vaksinalarni dezinfeksiyalash uchun yetarhdir. Havoni tozalashda aeroionizatsiyaning ahamiyati katta.
Vodorod ionlari konsentratsiyasiiting ta'siri. Vodorod ionlari-ning konsentratsiyasi pH deb belgilanadi. pH-7 bo'lsa neytral, pH > 7 bo'lsa ishqoriy, pH < 7 bo'lsa, muhit kislotali bo'ladi. Ko'p­chilik mikroorganizmlar muhit konsentratsiyasi biroz ishqoriy yoki neytral bo'lsa yaxshi rivojlanadi, zamburug'lar biroz nordon mu-hitda yaxshi rivojlanadi.
Mikroorganizmlar o'zi yashagan muhitdagi pH ni qisman o'zgartirishi mumkin. Buni LARabotnova (1958-y.) «moslanuvchi moddalar almashinuvi» deb nomlagan. Tashqi muhitdagi eritma-larning konsentratsiyasi oshganda (masalan, tuzlashda, murabbo pishirishda), bakteriyalar hujayrasidagi suv tashqariga chiqadi va unda plazmoliz ro'y beradi, ular ko'paya olmaydi.
Shundan foydalanib, go'sht, baliq tuzlanadi, povidlo tayyor-laganda'shakar eritmasining konsentratsiyasi 70% ga yetkaziladi.


Kimyoviy omillar
Ba'zi kimyoviy moddalar bakteriyalarga kuchli ta'sir etadi. Masalan, ularga kuchli kislotalar, ishqorlar, og'ir metallarning tuzlari bilan ta'sir etiisa, ularda manfiy xemotaksis namoyon bo'ladi.
Ba'zi moddalarning oz miqdori ijobiy ta'sir etsa, ko'p miqdori salbiy ta'sir etadi. Masalan, 40% li formaldegid (formalin) vegetativ hujayralami va sporalarni nobud qiladi, fenol yoki karbol kislotaning 3-5% И eritmasi, xlorli ohakning 10-20% li eritmasi yoki spirtning 75% li eritmasi dezinfeksiyalashda ko'p ishlatiladi.
Mikroorganizmlar o'sliriladigan oziqa muhitini albatta sterillash zarar. Ular avtoklavda 1-2 atm bosimda 105-120°C da 15-30 minut davomida sterillanadi.
Kox qaynatgichida ham bo'lib-bo'lib sterillash mumkin. Buning uchun 100°C da 30 minut sterillanadi, keyin termostatda bir sutka saqlanadi. Ikkinchi kun yana 100°C da 30 minut sterillanadi va termostatda saqlanadi, uchinchi kuni ham xuddi shunday steril­lanadi.
Mikrobiologiyada ishlatiladigan asboblar esa issiq havo yor-damida quritkich shkaflarda 150—160°C temperaturada 1,5—2,0 soat davomida sterillanadi.
Oziq-ovqat sanoatida pasterlash usulidan keng foydalaniladi. Bunda sut mahsulotlari 60°C temperaturada 30 minut saqlanadi, bunday ishlov berilganda bakteriyalarning vegetativ hujayralari nobud bo'Iadi.



Download 48.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling