Rеjа: Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli


Orqa miyaning funksiyalari


Download 37.63 Kb.
bet5/15
Sana11.11.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1767325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Rеjа Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli-fayllar.org

Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya qo‘zg‘alishni bosh miya bo’laklariga o‘tkazuvchi markaziy organ hisoblanib, reflektor va o’tkazuvchi funksiyani bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning ba’zi harakat reflekslariga: tirsak, boldir, tizza, panja reflekslari misol bo’la oladi. Biroq odamda bosh miya juda yaxshi rivojlanganidan muskul harakatlarining ko‘pi bosh miya katta yarim sharlari po‘stlogi ishtirokida amalga oshiriladi. Orqa miya ichki organlar, yurak qon tomir, ovqat hazm qihsh, ayirish va boshqa sistemalar ishini o‘zgartirib, vegetativ reflekslarni ham amalga oshiradi.
Bosh miya. Yangi tugilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo’lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o‘sadi. Bosh miyaning o‘sishi 20-30 yoshlarga borib to‘xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o‘sadi, so’ng orqa miyaning o‘sishi tezlashadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to‘qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar hosil bo'ladi.
Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko‘prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miyadan iborat bo'lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ulami bosh miya katta yarim sharlari o'rab turadi.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo'lib, uzunligi 3-3,5 sm. Uzunchoq miya va varoliy ko'prigi reflektor hamda o'tkazish funksiyasini amalga oshiradi.
Uzunchoq miyaning reflektor ishida bosh miyadan chiqqan 5-12 ta nerv yadrolari ishtirok etadi. Uzunchoq miyadan chiqqan uchlamchi nerv yuz terisi, ko'z, burun, qisman tilni nerv bilan ta’minlaydi va tishlardan sezuvchi impulslarni o'tkazadi. Bundan tashqari, uzunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori harakatining nerv markazi, qo'sish, yutish, ter ajratish, so'lak ajratish, ko'z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo'talish nerv markazlari bor. Bosh miyaning yuqori bo'limlari uzunchoq miyaning reflektor funksiyasini boshqarib turadi. Uzunchoq miyaning morfologik jihatdan shakllanishi bilan nafas olish, yurak tomirlari, ovqat hazm qihsh va boshqa funksiyalar takomillashib boradi.
Homila 16-17 haftalik bo'lganda uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi shakllanadi, 21-22 haftalarda nafasni chiqarish nerv markazlari shakllanib tugaydi. Yangi tug'ilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yo'tal va boshqalar) rivojlangan bo'ladi. Unda so'rish, yutish kabi ovqatlanishga bo'lgan shartsiz reflekslar yaxshigina rivojlangan.
hosil qilishda ishtirok etadi.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling