Rеjа: Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli


Download 37.63 Kb.
bet6/15
Sana11.11.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1767325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Rеjа Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli-fayllar.org

Miyacha. Miyacha bolalarda bir oz yuqori joylashgan bo'lib, bosh miya qutisining ensa qismini to'ldirib turadi. Miyachada ikkita yarim sharlar bo'lib, ular bir biri bilan chuvalchangsimon qism orqali birikadi. Miyacha muskullarning uyg'un qisqarishida va harakatlarida, bir guruh 60 muskullaming tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi va hokazo. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa, odam uyg‘un harakatlar qila olmay qoladi, tez charchab, oyoqlarini katta kerib, gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan so‘ng harakatlar yaxshilanadi. Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va uyg‘unligini reflektor yo‘l bilan boshqariladi. Chap yarim sharlar miyachaning o‘ng yarim sharlar funksiyasini, o‘ng yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlar funksiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ funksiyalar-yurak, qon tom irlar faoliyatini, ovqat hazm qihsh va boshqa funksiyalarni boshqaradi.
Yangi tug’ilgan bola miyachasining vazni 20,5-23 g, 6 oylikda esa 62- 65 g bo‘ladi. Bolada miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez rivojlanib, 7-8 yoshida tugallanadi. Miyachadagi reflektor funksiyaning shakllanishi uzunchoq miya, o‘rta va oraliq miyaning shakllanishiga bog‘liq.
O‘rta miya. O‘rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan, ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi 3-4 juft va 4 juft g'altalcsimon nervning yadrolari bor.
O‘rta miya yadrolari faoliyatiga ko‘ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo'linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita ta’sir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko‘rishda ishtirok etadi. O‘rta miyasi shikastlangan odamda muskullar tonusi saqlanib qolgani holda to‘g‘rilovchi reflekslar buziladi, chunki bosh miya po'stloq qismi muskullar tonusini boshqarib turadi. O‘rta miyada yana katta yarim sharlarga boradigan o‘tkazuvchi yo‘llar joylashgan. O'rta miya ishtirokida hosil bo‘ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bolada ko‘z qorachig‘i refleksi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tovush va teri ta’siriga javoban ko‘z qorachig‘ining kengayishi bola 10 haftahk bo‘lgandayoq seziladi. 2-3 oylikdan boshlab labirint refleksi to‘la namoyon bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan tanani makonda tutib turish refleksi ham yaxshi rivojlanib boradi.
Yangi tug‘ilgan bolada o‘rta miyaning vazni 2,5 g. Qizil yadro yaxshi rivojlangan bo‘ladi.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling