Reja Nisbiylik nazariyasi elementlari


Download 15.46 Kb.
bet1/2
Sana07.10.2023
Hajmi15.46 Kb.
#1695225
  1   2
Bog'liq
Nisbiy nazariya elementlari Reja Nisbiylik nazariyasi elementlar-fayllar.org


Nisbiy nazariya elementlari Reja Nisbiylik nazariyasi elementlari
Nisbiy nazariya elementlari

Reja



1. Nisbiylik nazariyasi elementlari
2. Nisbiylik nazariyasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Nisbiylik nazariyasi ochilgandan hozirgi kunga kelib bir qarashda aql o‘yinidek ko‘ringan holatidan tartibli, nazariy jihatdan puxta, amaliyotda esa to‘liq o‘z o‘rnini topgan fizik nazariya bo‘lib, olamni tushunishimiz asosi, olamning hozirgi zamon fizik manzarasini tushuntirishning bir qismidir. Tabiiyki, bu nazariya fizikani o‘qitish jarayonida ham o‘z o‘rnini topishi kerak. Nisbiylik nazariya g‘oyasi tushuntirishning asosiy qiyinchiligi uning qoidala-rini g‘ayri nisbiyligi ongli qarashga qarama-qarshidek tuyulishidir. Bunday psi­xologik to‘siqdan sakrab o‘tish, so‘zsiz, ma’lum qiyinchilik bilan bog‘liq. Bunga sabab nisbiylik nazariyasining o‘zi emas, balki uni tushuntirish metodining qoniqarli emasligidir. Haqiqatan ham, nisbiylik nazariyasining u yoki bu qoidasi chuqur asoslanmay (ko‘pincha mutlaqo asoslanmay), sof holda beriladi va bu qoida odatdagi qarashlarga zid keladi, natijada inson haqiqatan ham g‘alati-“jumboq” holatga tushib qoladi. Odatdagi qarashlarga suyanib, inson yangi qoidani tabiiy ko‘rinishda tushunishga harakat qiladi-yu bu o‘rinishlari bekor ketadi Shuning uchun inson yangi qoidaning ma’nosini tushunmay yodlab olishga intiladi. Misol tarikasida sanoq sistemasining harakat yo‘nalishiga parallel joylashtirilgan sterjen uzunligi haqidagi masalani keltiramiz. Odatda “harakatdagi sterjen uzunligi, tinch to‘rgan sterjen uzunligidan qisqa” va “Sterjen uzunligi uning harakat tezligiga bog‘liq” deb fikr yuritiladi. Agar “uzunlik” atamasiga kiritilayotgan ma’noni tushuntirib berolmasak, o‘lchash bajarilganini tushuntirib bo‘lmasa, u holda uzunlikning qisqarishi haqidagi fikr faqat anglashilmov-chilikka olib keladi.

Nisbiylik tamoyiliga asosan barcha inertsial sanoq sistemalari teng huquqli. Bas shunday ekan, harakatdagi sanoq sistemasi va undagi sterjen qanday tezlik bilan harakatlanmasin, oxirgisining xossasi o‘zgarmaydi-aks holda, sterjen holatini shu sistema ichida turib sanoq sistemasining harakatlanayotganini payqash mumkin. Bu esa, nisbiylik tamoyiliga zid. Bundan, sterjen qanday sanoq sistemasiga joylashtirmaylik, uning uzunligi o‘zgar-masligi kelib chiqadi. Demak, har ikki fikr-uzunlikning qisqarishi va uzunlikning o‘zgarmasligi sirtdan qaraganda bir-biriga qarama-qarshi fikrlar, har ikkisi ham absolyut haqiqatdir, ammo qoidani aniq, ravon ifodalanmaganligi natijasida anglashilmovchilik yuzaga keladi. Birinchi holda uzunlikning qisqarishi deyilganda relyati-vistik; uzunlik tushunilgan, ya’ni harakatlanayotgan sterjenning qo‘zg‘almas chizg‘ich yordamida o‘lchangan uzunligi tushunilgan. Ikkinchi holda har qanday sanoq sistemasi ichida sterjen uzunligi o‘zgarmaydi, ya’ni qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qoladi deganimizda, Biz uning xususiy uzunligini, ya’ni sterjenga nisbatan tinch turgan chmzg‘ich yordamida o‘lchangan uzunligini tushuna-miz, bu uzunlik haqiqatda ham invariantdir.


Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, relyativistik ef­fekt haqida shoshma-shosharlik bilan o‘z-o‘zidan yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisadek gapirib yurish o‘rinsiz ekan. Bularni o‘rganish juda aniq va bir xil ma’noli muhokamani talab qiladi. Relyativistik qoidalarning g‘ayri tabiiyligini uqtirib o‘tirishning hojati yo‘q. Nisbiylik nazariyasida hech qanday g‘ayri tabiiylik yo‘q, uni nojiddiy mantiqan noto‘g‘ri bayon etishda yuza­ga keladi. Agar asosiy qoida aniq ifodalansa, asosiy tushunchalar aniqlansa, mantiqan to‘g‘ri, tushunarli xulosa chiqarilsa, u holda hech qanday g‘ayri tabiiylik yuzaga kelmaydi.
Relyativistik kinematikani Lorents almashtirishlari asosida tushuntirish ham mumkin emas, vaholanki, mavzuni aynan shu usulda bayon etish eng to‘g‘ri va haqqoniy usul hisoblanadi. Ana shulardan, Lorents almashtirishlarining geometrik interpretatsiyasi-ga yoki fazo-vaqt intervali tushunchasiga asoslangan usulni qo‘llaydigan imkoniyatni ko‘rmayapmiz. O‘quvchilar 2-3-soatlik dars davomida o’zlari uchun yangi hisoblangan metodning asosini yaxshi tushunib olmaydilar va amalda foydalanish malakasiga ega bo‘lmaydilar.
Nisbiylik tamoyilining turli talqinlarini berishda bu talqinlarning teng ma’noli ekanligini ifodalash zarur. Inersial sanoq sistemasining o‘zida turib uning harakatini aniqlash mumkin emasligiga e’tiborni qaratmoq kerak. Barcha inersial sanoq sistemalari teng huquqliligiga e’tiborni qaratmoq, ularning teng huquqliligidan kelib chiqadiki, boshlang‘ich shart bir xil bo‘lganda mexanik hodisalarning hammasi bir xil kechadigan, shuning uchun bir xil qonun-Nyuton qonunlari bilan ifodalanadi. So‘ngra tezliklarni qo‘shishning klassik qonuni ko‘rib chiqiladi. Nyuton mexanikasi bilan Maksvell elektrodinamikasi orasidagi qarama-qarshilik Enshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Bundan nisbiylik nazariyasining asosiy postulatlari hisoblangan haqiqiy natijalar kelib chiqdi:
a) Eynshteynning nisbiylik tamoyili: barcha inersial sanoq sistemalarida tabiatdagi hodisalar bir xil kechadi va bir xil qonun bilan ifodalanadi;
b)yorug‘lik tezligining invariantlik tamoyili: bar­cha inersial sanoq sistemalarida yorug‘likning vakuumdagi tezligi bir xil.
A.Eynshteyn yuqorida qayd etilgan ikki postulatga asoslanib, yangi fi­zik nazariyani-nisbiylik nazariyasini yaratdi. Lekin, buning uchun u fazo va vaqt xossalari haqidagi mavjud tasavvurni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi va yan­gi relyativistik kinematika va relyativistik dinamikani yaratdi. Tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonunini keltirib chiqarmasdan, garchi uslubiy jihatdan juda to‘g‘ri bo‘lmasada, quyidagicha yozish mumkin:

Asosiy postulatlar asosida oddiygina keltirib chiqarishni keltiramiz; Buni o‘quvchilar uchun tushunarli ekanligi dars o‘tish jarayonida sinab ko‘rilgan. Tezliklarning qo‘shish qonunini quyidagi ko‘rinishda yozamiz:

Yuqoridagi A-ni o‘rniga ni qo‘yib, quyidagi natijani hosil qilamiz:
Endi yorug‘lik tezligining invariantlik tamoyilidan foydala-namiz. Agar elektromagnit to‘lqin vagonda и=с tezlik bilan tarqalayotgan bo‘lsa, uning Yerga nisbatan tezligi ham s ga teng bo‘ladi. Shuni e’tiborga olsak, oxirgi formula quyidagi ko‘rinishga keladi: bundan . Shunday qilib, qo‘yilgan faraz isbotlanadi. Tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonuni klassik qonun bilan almashtirishda, o‘tkazilgan nisbiy xatolikni topish mumkin.

O‘quvchilar mana bunday holdagi xatolikni hisoblasalar foydali, ya’ni ikkinchi kosmik tezlik ( ) bilan harakatlanayotgan raketa ichida, havodagi tezligi ( ) bo‘lgan tovush tarqalmoqda. Bunda xatolik , ya’ni milliarddan to‘rt foiz bo‘ladi. Demak, bu holatda tezliklarni qo‘shishning rel­yativistik qonuni amalda tezliklarni qo‘shishning klassik nazariyasidek natija beradi.


Tezlik yorug‘lik tezligiga nisbatan ko‘p marta kichik bo‘l-ganida klassik formula asosida hisoblash bajarilsa, xatolik e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo‘ladi. Shu misollar asosida fizik nazariyalar orasidagi moslik tamoyili muhokama qilinadi.
Nihoyat, tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonuniga asoslanib, biron jism (yoki zarra) ixtiyoriy inertsial sanoq sistemasi yorug‘likning vakuumdagi tezligiga niobatan birmuncha kichik tezlik bilan harakat­lanayotgan bo‘lsa, uning ixtiyoriy boshqa bir ISS dagi tezligi ham yorug‘lik tezligidan kichik bo‘lishini ko‘rsatamiz. Demak, yorug‘likning vakuumdagi tezligi eng yuqori chegaraviy tezlik ekan. Bu xulosani sonli misol asosida isbotlash mumkin. Faraz qilaylik bo‘lsin, u holda Nyuton mexanikasi-dagi tezlik­larni qo‘shish qonuni asosan quyidagiga ega bo‘ladi: . Tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonuni esa quyidagi natijani beradi:

Olingan ifodani umumiy keltirib chiqarishga tegishli ma’lumotlarni, masalan, «Osnov fiziki» dan olish mumkin. Yuqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, tez­liklarni qo‘shishning relyativistik qonuni masalalarini o‘rganishga tavsiya etilgan metodikasi quyidagi muammolarni hal etish imkonini beradi:


-maxsus nisbiylik nazariyasining har ikki postulatini qo‘llanayotganini ko‘rsatish;
-misollar asosida tezliklarning qo‘shish qonunini.Nyuton mexanikasining qo‘llanish chegarasini ko‘rsa­tish;
-misollar asosida moslik tamoyilini ma’nosini va umumiy nazariyadan klassik chegaraviy holga o‘tish qoidasini tushuntirish;
-misol asosida bo‘lsa-da, yorug‘lik tezligining va­kuumdagi tezligini chegaraviy ekanini asoslash.
Aynan shu tasavvurlar asosida tezliklarni qo‘shish­ning relyativistik qonunining kiritishni va uni maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari asosida keltirib chiqarishni tavsiya qilamiz.
(nemischa: Relativitätstheorie) iborasini ishlatgan
1920-yillarga kelib fizika jamiyati maxsus nisbiylikni tushunib, qabul qildi. Atom fizikasi, yadro fizikasi va kvant mexanikasining yangi sohalarida teorisyenler va eksperimentalistlar uchun juda muhim va zaruriy vositaga tezda aylandi.
Taqqoslash uchun, umumiy nisbiylik Nyuton tortishish nazariyasi mazmuniga kichik tuzatishlarni kiritmasdan ham foydali koʻrinmaydi. Eksperimental test uchun juda kam imkoniyatni taklif qilgandek tuyuldi, chunki uning koʻpchiligi astronomik miqyosda edi. Uning matematikasi juda kam sonli odamlar tomonidan murakkab va toʻliq tushunilgan edi. Taxminan 1960-yillarda umumiy nisbiylik fizika va astronomiyaga katta eʼtibor qaratdi. Yangi riyoziy texnika umumiy nisbiylik darajasini sodda hisoblash uchun qoʻllash va uning kontseptsiyalarini yanada osonroq namoyon qildi. Kvazarlar (1963), 3-kelvin mikrodalga fon radiatsiyasi (1965), pulsarlar (1967) va birinchi qora tuynuk nomzodlari (1981), kabi astronomik hodisalar aniqlangach, ular yana nazariyani tasdiqladi.
Nisbiylik nazariyasi — fazo va vaqtning har qanday fizik jarayon uchun oʻrinli boʻlgan xususiyatlari haqidagi hozirgi zamon fizika taʼlimoti. Albert Einstein yaratgan nisbiylik nazariyasi 2 qismdan: maxsus nisbiylik nazariyasi va umumiy nisbiylik nazariyasidan iborat boʻlib, maxsus nisbiylik nazariyasi 1905-yilda, umumiy nisbiylik nazariyasi 1916-yilda nihoyasiga yetkazilgan.

Fazo va vaqt haqidagi tushunchalar turli davrda turlicha boʻlgan. Klassik fizikada vaqtning fazo bilan materiyaga hech qanday dahli yoʻq. Fazo va vaqt haqidagi klassik mexanika taʼlimotini Galileo Galilei nisbiylik prinsipi asosida fizik ravishda ifodalash mumkin. Fazoning aniq nuqtasida aniq vaqtda roʻy beruvchi hodisani voqea deyiladi. Mexanik hodisalar barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil roʻy beradi, demak, harakat tenglamasining yozilish shakli barcha inersial sanoq sistemalarda bir xildir. Bu xususiyat Galilei almashtirishlariga nisbatan Isaac Newton harakat tenglamasining invariantligi deyiladi.


Nisbiylik nazariyasiga koʻra, fizik jarayonlarda fazo va vaqt xususiyatlari oʻzaro bogʻliqdir. Fazo va vaqtning oʻzaro bogʻlanishi harakat tufaylidir. Jism turli harakatda ekan, fazo va vaqt xususiyatlari ham turlichadir. Maxsus nisbiylik nazariyasi uchun 2 prinsip (asosiy qonun) zamin hisoblanadi: birinchisi nisbiylik prinsipi, ikkinchisi yorugʻlik tezligining doimiyligidir. Nisbiylik prinsipiga asosan, fizik qonuniyatlarni ifodalovchi matematik tenglamalar bir xil koʻrinishga ega, yaʼni ular turli inersial sanoq sitemalarga nisbatan invariantdir. Ikkinchi prinsipni quyidagicha ifodalash mumkin: yorugʻlikning boʻshliqdagi tezligi barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik manbaining harakatiga bogʻliq emas.
Gravitatsiya, fazo va vaqt haqidagi hozirgi zamon fizik nazariyasi, asosan, Esinstein tomonidan yaratildi va umumiy nisbiylik nazariyasi nomini oldi. Umumiy nisbiylik nazariyasining yaratilishida ekvivalentlik prinsipi asos boʻlib xizmat qildi.
Nisbiylik nazariyasidan kelib chiquvchi xulosalar juda koʻp tekshirishlar, kuzatishlar va tajribalar asosida tasdiqlangan. Hozirgi kungacha nisbiylik nazariyasining kamchiliklari mavjudligini koʻrsatuvchi biror dalil yoki tajriba natijalari maʼlum emas.
Albert Einstein 1905-yilda Albert A. Michelson, Hendrik Lorentz, Henri Poinar va boshqalar tomonidan olingan koʻplab nazariy natijalar va empirik topilmalar asosida maxsus nisbiylik nazariyasini eʼlon qildi. Max Plank, Hermann Minkovskiy va boshqalar keyingi ishlarni bajarishdi.
Einstein 1907-1915-yillar orasida umumiy nisbiylikni ishlab chiqdi, 1915-yildan keyingi koʻpchilikning hissalarini qoʻshdi. Umumiy nisbiylikning yakuniy shakli 1916-yilda chop etildi.
„Nisbiylik nazariyasi“ atamasi 1906-yilda Plank tomonidan ishlatilgan „nisbiy nazariya“ iborasiga asoslangan boʻlib, u nazariyaning nisbiylik tamoyilini qanday ishlatishini taʼkidlab oʻtdi. Xuddi shu yozuvning munozarali qismida Alfred Bukerer birinchi marta „nisbiylik nazariyasi“


Xulosa
Nisbiylik nazariyasi ochilgandan hozirgi kunga kelib bir qarashda aql o‘yinidek ko‘ringan holatidan tartibli, nazariy jihatdan puxta, amaliyotda esa to‘liq o‘z o‘rnini topgan fizik nazariya bo‘lib, olamni tushunishimiz asosi, olamning hozirgi zamon fizik manzarasini tushuntirishning bir qismidir. Tabiiyki, bu nazariya fizikani o‘qitish jarayonida ham o‘z o‘rnini topishi kerak. Nisbiylik nazariya g‘oyasi tushuntirishning asosiy qiyinchiligi uning qoidala-rini g‘ayri nisbiyligi ongli qarashga qarama-qarshidek tuyulishidir. Bunday psi­xologik to‘siqdan sakrab o‘tish, so‘zsiz, ma’lum qiyinchilik bilan bog‘liq.


Download 15.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling