12-rasm. Nivelirlash reykalari: a, b, — ikki tomonli butun reyka;
v - ikki tomonli buklanadigan reyka.
Sanoqlar reykaning quyi qismidan ortib boradi, raqamlar har detsimetrdan ag`darilgan ko`rinishda yoziladi, truba ko`rish maydonida esa ularning tasviri to`g`ri bo`ladi. Reykalarni tik holatga keltirish uchun ularga doiraviy adilak o`rnatiladi. Adilak bo`lmagan taqdirda reykaga qaralganda u oldinga va orqaga asta-sekin og`diriladi, eng kichik sanoq, reykaning vertikal holatiga tegishli bo`ladi. Nivelirlash vaqtida reykalar yog`och qoziqlarga, metall boshmoqlarga o`rnatiladi. Ishning bajarilishidan avval po`lat lenta yordamida oldin reykaning metrli kesmalari, keyin detsimetrli kesmalari tekshiriladi.
Detsimetrli bo`laklar xatoligi 1 mm, reykaning hamma uzunligi xatoligi 2 mm dan oshmasligi kerak.
Bekatda nivelirlash tartibi
Nivelirni o`rnatgich adilagi yordamida shovun holatiga keltiring.Truba ikki ko`targich vintlarga parallel qo`yilib, avval ularni qarama-qarshi tomonga va keyin uchinchi vintni burash orqali doiraviy adilak pufakchasi doira o`rtasiga keltiriladi. Bunda nivelirning aylanish o`qi taxminan tik holatda bo`ladi.
Nivelir trubasini orqadagi reykaning qora tomoniga yo`naltiriladi, trubadagi adilak pufakchasi uchlarini elevatsion vintda tutashtirib, o`rtadagi va dal’nomer iplaridan sanoq olinadi (13-rasm).
13-rasm.Orqadagi reykaning qora tamonidan sanoq olish.
Truba oldindagi reykaning qora tomoniga yo`naltirib, elevatsion vintdagi adilak pufakchasi uchlarini tutashtiriladi, o`rtadagi va dal’nomer iplari bo`yicha sanoq olinadi (14-rasm).
14-rasm.Oldingi reykaning qora tamonidan sanoq olish.
Trubani oldingi reykaning qizil tomoniga yo`naltiriladi, adilak pufakchasini uchlarini tutashtirib o`rtadagi ip bo`yicha sanoq olinadi (15-rasm).
15-rasm.Oldingi reykaning qizil tamonidan sanoq olish.
Trubani orqadagi reykaning qizil tomoniga yo`naltirib adilak pufakchasi uchlarini tutashtirib, o`rtadagi ipdan sanoq olinadi (16-rasm).
16-rasm.Orqa reykaning qizil tamonidan sanoq olish.
Oraliq nuqtalar mavjud bo`lsa, trubani orqada yoki oldin tomonidagi reykaning qora va qizil tomoniga yo`naltirib, adilak pufakchasi uchlarini tutashtiriladi va o`rtadagi ipdan sanoq olinadi (17-rasm ).
17-rasm.Oraliq nuqtalardagi reykalarning ikki tamonidan sanoq olish.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |