Reja: Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion- pedagogik ish tizimi Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi magistri Abdureimova Maftuna O’ktam qizi Mavzu


Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi


Download 22.65 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi22.65 Kb.
#1548186
1   2   3   4   5
Bog'liq
nutq Maftua

Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi
O‘qitishning birinchi bosqichi bir so‘zdan va morf-o‘zak so‘zdan iborat gaplar
Logopedik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vazifasi-istalgan tovushning nomayon
bo‘lishi shaklida bolalarning taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat.
Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun mo‘ljallangan. Bunday bolalarning faol nutqi alohida so‘zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash, tovush taqlidi, so‘z qismlaridan iborat («da» yoki
«dada», «bo» yoki «bobo», «bi-bi»-mashina va xokazolar).
Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish extiyoji xali bo‘lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati
mavjuda bo‘lsa, u holda bu jarayon ikki-
uch noto‘g‘ri artikulyatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in kamplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh.
Agar gapirmaydigan bolalarning nutqni tushunishi darajasi past bo‘lsa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan ma’lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi birmuncha yuqori bo‘lsa, istalmagan tovush nutq ko‘rinishlarini hosil qilish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi.
Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umumiy tavsiyalar. Mashg‘ulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan) o‘tkazish lozim. yetakchi mashg‘ulot shakli o‘yindir. Mashg‘ulotlar ayniqsa
ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Logopedik ta’sirida aynan bir so‘z materialini ko‘p marotaba takrorlash va gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa o‘rnatish zaruriy sharoit hisoblanadi.
Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko‘rinishni rag‘batlantirish muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, takrorla kabi so‘zlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga negativ ta’sirlanish yuzaga keladi.

Download 22.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling