Reja: Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion- pedagogik ish tizimi Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi magistri Abdureimova Maftuna O’ktam qizi Mavzu
Download 22.65 Kb.
|
nutq Maftua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari
- Birinchi guruhdagi
- Ikkinchi guruhdagi
- Ikkinchi guruh
- Gipertenzion
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Reja:
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi magistri Abdureimova Maftuna O’ktam qizi Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar nutqining to‘liq rivojlanmaganligi. Toshkent-2023 Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning to‘liq rivojlanmaganligi» tushunchasi, eshitish va intellekti normada bo‘lgan bolalarda barcha nutq kamponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligiga nisbatan qo‘llaniladi. «Nutqning to‘liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi.» Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilmaydi. . Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo‘lgan davr deb nomlaymiz. Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta’sirlanishi shakllanadi. M.I. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini ifodalashi – muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi. Bola nutqining yuzaga kelishi va rivojlanishida muloqotning hal qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari isbotlaydi. Rag‘batlantiruvchi insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan bolani ajratib qo‘yish deprivatsion vaziyat sifatida o‘rganiladi. Bu vaziyat bolaning psixik rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta’sir qiladi. Agar bu vaziyat uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi. Nutq rivojlanishiga, ayniqsa hissiy deprivatsiya yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bunda bola tug‘ilganidan boshlab uning affektiv ehtiyojlari (suyish, erkalash, yaxshi ko‘rish) qondirilmaydi. Bunday vaziyat ko‘pincha otaonalari spirtli ichimliklar ichuvchi, onasi yo‘q oilalarda, bola tug‘ilishi bilan tarbiyaga sust qaraladigan bolalar uyida tarbiyalanishi oqibatida vujudga keladi. . Nutqiy kamchilik tuzilishi va kompensatsiya jarayonlari ko‘p hollarda miya zararlanishi qachon ro‘y berganligi bilan aniqlanadi. Bir butun miya rivojlanishi anomaliyasining xarakteri ma’lum miqdorda jarohatlanish muddatiga bog‘liqligi hozirgi kunda isbotlangan. Turli xil zararli omillar (infeksiya, intoksikatsiya va boshqalar) ta’siri ostida bosh miyaning birmuncha og‘ir zararlanishi, odatda erta embriogenez davrida yuzaga keladi. Taxminlarga ko‘ra, homiladorlikning 3-4 oylarida bosh miyaning zararlanishi (nerv to‘qimalarining eng ko‘p ajralish davri), bosh miya tuzilishining birmuncha kengroq o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. U yoki bu zararli omilning ta’siri davrida nerv tizimining qaysi bo‘limlari birmuncha jadal rivojlanishiga bog‘liq ravishda rivojlanmaganlik ko‘proq harakat, senor, nutqiy yoki intellektual funksiyalarga taalluqli bo‘ladi. Homiladorlikning kechishi davomidagi doimiy noqulay shart-sharoitlar tufayli, birmuncha yaqqol ifodalangan alohida miya tuzilmalari bilan birga bir butun yaxlit miya rivojlanmaganligi ham kuzatiladi. Bu murakkab nuqsonlarning yuzaga kelishiga (masalan, oligofreniyaning motor alaliya bilan uyg‘unlashuvi) asos bo‘lib xizmat qiladi. Bola miyasining nutq zonalariga zararli omilning nutq shakllanib bo‘lganidan so‘ng ta’sir ko‘rsatishi hollarida afaziya yuzaga kelishi mumkin. Nutq buzilishlari, shu jumladan nutq to‘liq rivojlanmaganligining yuzaga kelishida nasliy omillar alohida o‘rin tutadi. Bunday hollarda nutqiy nuqson hatto ahamiyatsiz tuyulgan zararli omillar ta’siri ostida ham yuzaga kelishi mumkin. Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, nutq to‘liq rivojlanmaganligini keltirib chiqaruvchi etologik omillarning murakkabligi va ko‘p shaklliligi haqida umumiy xulosaga kelish mumkin. Nutq to‘liq rivojlanmaganligi etiologiyasi va patogenezi turli- tumandir, ammo klinik nuqtai nazardan qaraganda markaziy nerv sistemasining erta organik zararlanishi bilan bog‘liq nutq to‘liq rivojlanmaganligi guruhi birmuncha muhim ahamiyatga ega. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi etiologiyasida perinatal ensefalopatiya- homiladorlik davri singari tug‘ruq davrida ham zararli omillarning birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keluvchi miya zararlanishi, alohida o‘rin tutadi. . Markaziy nerv tizimining rezidual-organik jarohatlanishida ikki asosiy turdagi buzilishlar ajratiladi: dizontogenetik-ma’lum strukturalar va fiziologik tizimning rivojlanmaganligi yoki ular shakllanishining muddatidan orqada qolishi oqibati sifatidagi buzilish: bunday buzilishlarga nutqning to‘liq rivojlanmaganligi misol bo‘la oladi; ensefalopatik-markaziy nerv tizimi u yoki bu tuzilishining zararlanishi oqibati sifatidagi buzilish, bu buzilishlarga nutqiy va harakat kamchiliklari, shuningdek boshqa kamchiliklar, masalan, dizartriya, bolalar tserebral falaji, gidrotsefaliya va boshqalar misol bo‘la oladi.
organik genezdagi nutq to‘liq rivojlanmaganligining murakkab turidir. Bunda dizontogenetik-ensefalopatik buzilishlarning simptomo kompleksi o‘rin olgan. guvohlik bermay, balki alohida miya tuzilmalarining Engil zararlanishi haqida ham guvohlik beradi. Quyidagilar ikkinchi guruh bolalarining nevrologik sindromlari ichida birmuncha ko‘p uchraydi: oshishi sindromi. Bunda bosh o‘lchamining kattalashuvi, peshona do‘ngalagining bo‘rtib turishi, chakka sohalarida vena qon tomirlarining kengayishi kuzatiladi. Bu sindrom eng avvalo aqliy ish qobiliyatining buzilishida ixtiyoriy faoliyat va bolalar xulq-atvorida, shuningdek, faoliyatning istalgan turidan tez toliqish va zerikishda, yuqori darajadagi qo‘zg‘oluvchanlikda, ta’sirlanuvchanlikda, harakatchanlikda namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda, telbanamolik va beg‘amlik ko‘rinishlari bilan ko‘tarinkieyforik kayfiyat kuzatiladi. Bunday bolalar issiq, dim havoga chidamsiz bo‘lib, bosh og‘riqlari va bosh aylanishlaridan shikoyat qiladilar.
Download 22.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling