Reja: oav nima?


Download 24.09 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi24.09 Kb.
#1111007
Bog'liq
tahrir


Reja:

  1. OAV nima?

  2. Bosma OAV.

  3. Internet nashrlari.

  4. Xulosa

Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda, jurnal, axborotnoma, bulleten va yoki elektron tarzda tele-radio, video, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.


Matbuot deb ommaviy axborot vositalarining bosma shakllariga aytiladi. Matbuotga gazeta, jurnal, almanaxlar kiradi.
Matbuot — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi (sinonimi – pressa). Matbuot ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, ilmiytexnikaviy va boshqalar) yoʻnalishlarda yoritadi.
Matbuot15-asrning oʻrtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 asr mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari – radioeshittirish va televideniye paydo boʻlguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va gʻoyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat boʻlgan, 17-asrning boshlarida gazetalar, keyinroq esa jurnallar tashkil topdi; 19-asrning oʻrtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi. 20-asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo boʻlishi va taraqqiy qilishiga qaramay, Matbuot hamon kishilik jamiyatidagi oʻz oʻrni va mavqeini tobora kengaytirib borayapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali taʼsir koʻrsatayapti. Butun dunyoda Matbuotning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir.
Tarixiy rivojlanish jarayonida M.ning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-maʼmuriy tashkilotlar va boshqalar), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va boshqa tomonidan taʼsis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. Matbuot qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurani targʻib qilishda bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat maʼnaviy hayotiga cherkov taʼsirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy Matbuot tarkib topdi va keng rivojlana boshladi. Ilgʻor ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar oʻrnatish uchun kurashda taraqqiy-parvar Matbuotning xizmati katta boʻldi.
Oʻzbekistonda Matbuot 19-asrning 2-yarmida tarkib topdi. Toshkentda 1870-yilda oʻlkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeti" Markaziy Osiyodagi Matbuotning ilk namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar milliy gazetalar 1905–07 yillardan faoliyat koʻrsata boshladi ("Taraqqiy", "Xurshid", "Shuhrat" va boshqalar). Ularning yoʻlini 20-asrning 2-oʻn yilligida chop etilgan "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot" gazetalari, "Oyina" jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, maʼrifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish gʻoyalarini targʻib qildilar.
1917-yildan soʻng, sobiq SSSR tarkibidagi barcha ittifoqdosh respublikalarda boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham yangi siyosiy yoʻnalishdagi partiyasovet matbuotining koʻp tarmoqli tizimi qaror topdi. Umumdemokratik qoidalarga zid ravishda Matbuotning shakllanishi va rivojlanish jarayoni yakkapartiyaviylik – kommunistik partiyaning mutlaq yakkahokimligi sharoitida kechdi. Gazeta, jurnallar, kitoblar qiyofasi, yoʻnalishi shu hukmron partiya rahbariyati koʻrsatmalari asosida belgilandi.
Istiqlol tufayli Oʻzbekiston Matbuoti taraqqiyotida ham sifat jihatidan butunlay yangi – demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashkilotlar, partiyalar, uyushmalar, ayrim jamoalar, fuqarolar ham Matbuot nashrlarini taʼsis etish huquqiga ega boʻldilar. Mamlakatda matbuot erkinligitl taʼminlashga imkoniyat yaratila borildi.
Ommaviy axborot vositalarining normal faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish, ularni nashr etish va tarqatish bilan bogʻliq moliyaviy va texnik masalalarni yechishda, ijodkorlarning demokratik jarayonda faol ishtirok etishi uchun amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiysiyosiy jamgʻarmasi tashkil qilindi (1996-yil 30-avgust). Bu jamgʻarma ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil, oʻzoʻzini boshqaruvchi, hukumatga qarashli boʻlmagan tashkiloti hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining " faoliyati toʻgʻrisida" (1996-yil 30 avgust), "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997-yil 26 dekabr), "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida" (1997-yil 24 aprel), "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida" (1997-yil 24 aprel) qonunlari qabul qilinishi Oʻzbekiston Matbuoti taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
Oʻzbekiston Matbuoti ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida" farmoni (2002-yil 3-iyul) ga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi. Mazkur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng koʻlamda rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yoʻlida oddinga tashlangan katta qadam boʻldi.
Oʻzbekiston Matbuot mahsulotlari (bosma nashrlar) davriy va davriy boʻlmagan nashrlarga boʻlinadi. Davriy nashrlarga gazeta, jurnal, jurnal tipidagi nashrlar (byulletenlar, ilmiy axborotlar va boshqalar); davriy boʻlmagan nashrlarga kitob, risola, bosma fafik mahsulotlar va shahrik. kiradi. Bular ham, oʻz navbatida, bir qancha turlarga – umumsiyosiy va ixtisoslashgan; muassisligiga koʻra – hukumat idoralari, xalq harakatlari, partiyalar, uyushmalar, jam-gʻarmalar.tijorat, diniy tashkilotlar va boshqalarning gazetalari; hududiy yunalishga qarab – markaziy (mamlakat miqyosida), viloyat, shahar, tuman, quyi M. organlari (qarang Kup tirajli gazeta boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida reklamatijorat, xususiy gazetalar yuzaga keldi.
Jurnallar mohiyatiga koʻra – ijtimoiysiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, adabiybadiiy, tabiiy-ilmiy, qishloq xoʻjaligiga oid va shahrik yo`nalishiga qarab – bolalar, yoshlar, xotinqizlar va boshqa nashrlarga boʻlinadi. Muassisligiga koʻra – hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlar, xususiy jur.lar ham chiqmoqda
Kitob mahsulotlari maqsadiga qarab – ommaviysiyosiy adabiyot, badiiy adabiyot, ilmiy adabiyot, ilmiy-ommaviy adabiyot, darslik, maʼlumotnoma adabiyoti va shahrik.ga boʻlinadi. Mamlakatda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, keng ommaga zarur boʻlgan, haridorgir kitoblar nashr etadigan nashriyotlar tizimi yuzaga keldi.
"Taraqqiy" gazetaning 1soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanib keladi.
Turkistonda bosma usuli bilan kitob chiqarish O‘rta Osiyo 1) Rossiyaga qo‘shib olingandan keyin tarqaldi. 1868 yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Seversovning „Chu va Norin tizmalari etagidagi tog‘li o‘lka to‘g‘risida lavhalar“ (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma kitobdir. O‘zbek tilidagi birinchi bosma kitob Shohimardon Ibrohimovning 1871 yil Xivada bosilgan „Kalendar“idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bo‘lardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), G‘ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.
Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng sovet tuzumi davrida kitob bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy kitoblar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin kitobga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda ko‘p nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy kitoblar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20-30yillarda, O‘zbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qo‘lyozma kitoblar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi kitoblar, keyinroq katag‘onga uchragan o‘zbek yozuvchilarining asarlari yo‘q qilina boshlandi: o‘tda kuydirildi, suvga tashlandi.
Istiqloldan keyingi yillarda kitob mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin o‘zgarish bo‘ldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli kitoblar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991 yil, „Cho‘lpon“ nashriyotida; 2001 yil, Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari (1991-96 yillar, Qomuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bog‘liq o‘nlab kitoblar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli to‘la asarlari (1998-2002, O‘zbekiston FA „Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulug‘bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli „Xotira“ kitobi chiqarildi. „O‘zbekiston“ nashriyotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997-2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur kitoblar nashr etmoqdalar. Kitoblarning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda.
Kitoblarning to‘zilishi va turlari. Hozirgi kitoblar o‘quvchilar talabi va estetik didiga ko‘ra muayyan shaklga ega. Kitob sahifalarga ajratilib, o‘rtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning kitob sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. Kitobning bosh qismida sarvaraq (titul list) bo‘ladi. Unda muallif ismsharifi, kitobning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qo‘sh sahifada bo‘lishi mumkin; bu holda u kitobning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq ma’lumotlarining ayrimlari Kitobning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qo‘yiladi. Ba’zi hollarda sarvaraq o‘rnida sarrasm (frontispis) bo‘ladi. Matnning mazmuniga karab, kitobda turli usulda sarlavhalar qo‘yiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. Kitobning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, kitobda mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar ham bo‘lishi mumkin. Kitob sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi.
Kitoblar qanday o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi.
O‘quvchilarga ko‘ra, kitoblar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi bo‘lishi mumkin. Maqsadiga ko‘ra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, o‘quv, adabiy-badiiy, ma’lumotnoma va boshqa xil kitoblarga bo‘linadi. Ilmiy kitoblar ichida monografiya keng tarqalgan. O‘quv kitoblari darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv metodik qo‘llanma va boshqa turlarga ajratiladi. Ma’lumotnomalar esa lug‘at, ensiklopediya, kalendar, yo‘l ko‘rsatkichlar qabilarga bo‘linadi.
Demak, kitob yaratish tarixiga nazar tashlansa, unda ikki xil jarayon ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Birinchisi – qo‘lyozma kitoblar. Ikkinchisi – bosma kitoblar. Umuman, bu ikki jarayon ham kitob nashri bilan shug‘ullanganligi aniq haqiqatdir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, nashr va nashriyot ishi qadimdan barcha xalqlarning asosiy e’tiborli jarayoni hisoblangan. Ularda bor bilimlarni saqlash va avlodga qoldirish asosiy vazifalardan biri bo‘lgan.
Kasbiy ish ma'lum bir texnologik jarayonni va belgilangan metodologiyadan foydalanishni o'z ichiga oladi. Muharrirning ishi boshqa har qanday kasbiy ish kabi umumiy xususiyatlarga ega. Muharrirning maxsus tayyorgarligi kasbni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan nazariy, uslubiy va amaliy asosiy kompleksga asoslangan.
Kasbiy faoliyatning elementlari bu sub'ekt, ob'ekt, usul va yakuniy mahsulotdir. Mavzu - bu ob'ektga qaratilgan mazmunli-amaliy va kognitiv ish bilan shug'ullanadigan mutaxassis, muharrir, tahririyat amaliyotida - adabiy asar. Metod - tahririyat tahlili - bu mehnat mahsuli bo'lgan nashrni tayyorlash bo'yicha ishlarni maqsadga muvofiq amalga oshirishga imkon beradigan texnika va operatsiyalar to'plamidir.
Muharrirning kasbiy faoliyatidagi texnologiya o'ziga xos xususiyatlarga ega. Texnologik tsikl intellektual, ijodiy va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradi, bu adabiy asar va nashrning xususiyatlari bilan bog'liq. Tahririyat tahlili - bu intellektual faoliyatning professional usuli. U asar va nashrning barcha elementlari bo'yicha ijodiy ishlarda qo'llaniladi. Tahririyat tahlilidan foydalangan holda ishlab chiqarish tsiklining o'ziga xos variantlari aniqlanadi.
Intellektual faoliyat usuli sifatida tahririyat tahlilining vazifalari adabiy materialni - asar va unga qo'shilgan matnlarni qayta ishlash va nashrga tayyorlash bilan bog'liq. Tahririyat tahlilining nazariy asoslari maxsus fanlar materiallari, mantiq, tilshunoslik, falsafa, psixologiya va boshqalardir. Tahririyat tahlilining pragmatik yo'nalishi nashrning moddiy shaklida muharrirning professional niyatini amalga oshirish bilan bog'liq.
Ishlab chiqarish ijodiy jarayonlar bilan aralashgan nashr va bosib chiqarish operatsiyalaridan iborat.

1. Tahririyat va nashriyot jarayonini qurish tarkibi va tashkiliy-uslubiy asoslari Tahririyat va nashriyot jarayoni - bu nashrlarni tayyorlash va tarqatishga qaratilgan o'zaro bog'liq tashkiliy va boshqaruv, ijodiy, ishlab chiqarish, axborot va marketing ishlari majmuasi.


1. Tahririyat va nashriyot jarayonini qurish tarkibi va tashkiliy-uslubiy asoslari
Tahririyat va nashr jarayoni taxminan to'rt bosqichga bo'linishi mumkin. Birinchi bosqich asar yaratish va ishni rejalashtirish bilan bog'liq, ikkinchisi - asarni nashrga tayyorlash bilan, uchinchisi - nashrning bosmaxona ishlashi bilan, to'rtinchisi - kitob tarqatish bilan bog'liq.
Texnologik tsikl sifatida tahrir va nashr jarayoni quyidagi elementlar to'plamini o'z ichiga oladi:
• ishni rejalashtirish (uzoq muddatli, joriy), adabiy asarni yaratishda ishtirok etish (muallifni izlash, muallifga yordam berish va h.k.), asarni baholash, nashr masalasini hal qilish, huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish; • muallifning asl nusxasini qabul qilish, nashriyot obzorini tayyorlash, nashr etish kontseptsiyasini ishlab chiqish, muallif tomonidan asarni qayta ko'rib chiqish, asarni tahrirlash, apparatni tayyorlash va tahrirlash, noshirning asl nusxasini tayyorlash, sotib olish va korrekt qilish;
• nashrni illyustratsiya qilish, loyihalash va bosib chiqarish rejasini ishlab chiqish, nashrning asl nusxasini tahririy va texnik jihatdan tayyorlash, korrektura, nashrning bosilishini nazorat qilish, signal nusxasini tasdiqlash;
• kitobni targ'ib qilish va reklama qilish, tarqatish bo'yicha ishlar.
Tahririyat va nashr jarayonining sanab o'tilgan elementlari materiallarni nashrga tayyorlash va ularni ko'paytirishning barcha usullarida sodir bo'ladi. Shu bilan birga, haqiqiy ishlab chiqarish vaziyatlariga, shuningdek nashr etilgan asl nusxalar va ishlatilgan texnik vositalarga qarab, texnologik tsikl ma'lum tarzda o'zgartiriladi: ba'zi ish turlari birlashtiriladi, ularning vaqt parametrlari o'zgaradi, ijrochilarning funktsional majburiyatlari o'zgaradi.Masalan, nashrlarning asl nusxalari - maketlar asosida tayyorlanishida bosmaxona bilan korrektura birjasi amalga oshirilmaydi, nashriyotda kompyuterda matn terish bilan nashrning asl nusxasini yig'ish chiqarib tashlanadi va texnik tahrir texnik muharrir tomonidan emas, balki tegishli soha mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.

ХХI asrda jurnalistika sohasiga bir qancha yangiliklar tatbiq etildi. Xususan, fanda faktcheking — axborotni verifikatsiya qilish jarayoni boshlandi. Bu davrning dastlabki o’n yilligida faktlarni professional tarzda tekshiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar yoki sifatli media tahririyatlarda alohida bo’limlar tashkil qilindi. Ularning paydo bo’lishi bir qancha kompleks sabablar bilan bog’liq [1, 81–83]. Birinchidan, umumiy auditoriyaning an’anaviy OAVga nisbatan ishonchi yo’qolishi va internetning rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan tijoriy yoki siyosiy maqsadlarni o’zida jamlagan, shuningdek, xabarlarini tekshirilmagan manbalardan olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatuvchi turli alternativ medialar paydo bo’la boshladi. Ikkinchidan, davlat tashkilotlari va tijoriy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, xususiy kompaniyalar tashkilot mediastrategiyasini ishlab chiquvchi hamda buyurtmachi ko’zi bilan qaraganda unga foyda keltiradigan yangiliklarni tayyorlovchi kommunikatsiya sohasining professionallarini yollash orqali jamoatchilik bilan aloqalar (PR)ni yo’lga qo’yganlar. Aynan shu sabablar orqali faktlarni tekshirish jurnalistik mahsulotni ishlab chiqarishda muhim bosqichga aylanib, alohida faoliyat turi sifatida sohadan ajralib chiqdi. Xalqaro miqyosda bu — faktcheking (ingliz tilidagi “factchecking” so’zidan olingan) deb nomlanadi. Faktcheking bu — faktlarni tekshirish bo’lib, reallikda mavjud bo’lgan fakt va mavzular o’rtasidagi nomuvofiqlikni tekshirishdir.


Faktchekingning xususiyatini tushunib olish uchun uning yaratilish jarayonini ko’rib chiqish kerak. Jurnalistikaning shakllanishi tarixiy jihatdan shu bilan xarakterlanadiki, yangilik asta-sekinlik bilan siyosiy janglarni yuritish asosi sifatida ko’rila boshlandi, axborot qimmatli tovarga aylana bordi. Uning qiymati reportyorning o’z shaxsiy kuzatuvlari va qarama-qarshi tomonlarning ko’rsatmalari asosida xabar berishi natijasida orta bordi. Shunday qilib, jurnalistlarning faktlarni turli uydirma va mish-mishlardan ajratib ola bilishi natijasida jurnalist faoliyatiga nisbatan ishonchli reputatsiya shakllana bordi. Bu faoliyat foyda keltira boshlagan va natijada ilk axborot agentliklari tashkil qilingan: Amerikadagi “Associated Press” (1846), Angliyaning “Reuters” (1851) va Fransiyaning “Havas” agentligi (1835) shular jumlasidandir. Agentlik asoschilarining tasdiqlashicha, istalgan siyosiy tarafkashlik natijasida potensial auditoriya torayishi mumkin.\
Axborotni aniq va xolis uzatishga bo’lgan intilish Amerikada XIX asr oxiri — XX asr boshlarida jurnalist surishtiruvini boshlab bergan “axlat tituvchilar” (muckrackers) harakatini vujudga keltirdi.
Sifatli media doirasida jurnalist surishtiruvinnig rivojlanishi natijasida soha professionallari o’rtasida xalqaro va milliy etika standartlari paydo bo’la boshladi. Standartlar etika qoidalari kabi jurnalistlar uchun tavsiya sifatida xarakterlanadi.
Tekshirish jarayon sifatida qo'lyozmani tahririyat tomonidan tayyorlash va terish paytida yo'l qo'yilgan turli xil xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun tuzatishni o'qish va tuzatishlarni kiritishdir.
Tekshirish taassurotlari - bu bosib chiqarish jarayonining turli bosqichlarida tekshiruv mashinasida qilingan to'plamdan (yoki asl maketning sahifasidan yoki fotosetka uchun rejadan) olingan iz.
Jarayonning bosqichiga qarab, korrekturada taassurotlarning quyidagi turlari ajratiladi: panjara, to'siq, matn terish, yarashtirish, imzoni to'g'rilash.
Korrekturaning maqsadi terilgan matnni asl nusxaga va tahririyatning tahririyat va texnik ko'rsatmalariga to'liq moslashtirishdir.
Sinov varaqlari muharrir, muallif, texnik muharrir, noshir va tipografik korrektor tomonidan o'qiladi va tahrir qilinadi.
Shu munosabat bilan tahrirlash nashriyot va tipografiyaga bo'linadi. Korrektor taassurotlari bilan ishlashda korrektor belgilaridan foydalaniladi - xatolarni tuzatish va texnik kamchiliklarni bartaraf etish, to'plamdagi tuzatishlar uchun yozma og'zaki ko'rsatmalarni almashtirish. Reproduktiv bosma shakllarning dalillari bilan ishlash, bosma nashrlarni asl nusxasi bilan taqqoslashdir.
Ishlab chiqarish bosqichidagi yakuniy ish - signal namunasini tekshirish. Signal nusxalari - nashrning bosmaxonadan bosmaxonadan olingan, nashrning sifatini tekshirish va nashrga imzo chekish uchun olingan sinov nusxalari. Nashriyot tomonidan nashr tasdiqlanganidan keyin bosmaxona uning muomalasini boshlaydi. Tahririyat va nashriyot jarayonining so'nggi bosqichida, bosma nashrlar ishlab chiqarilgandan so'ng, noshirlar uni tarqatish bilan shug'ullanadilar, buning uchun ular kitobni targ'ib qilish va reklama qilishning turli usullaridan foydalanadilar.
Ular, birinchidan, muallifning asl nusxasidagi barcha materiallarni baholash va takomillashtirish uchun adabiy-ijodiy va badiiy-tasviriy jarayonlarni, ikkinchidan, nashr etish uchun asl nusxani tayyorlash uchun ishlab chiqarish jarayonlarini o'z ichiga oladi.
Adabiy-ijodiy va badiiy-vizual asarlarga quyidagilar kiradi: agar kerak bo'lsa, muallifning asl nusxasini ko'rib chiqish, muallif tomonidan qayta ko'rib chiqish, asarni tahrirlash, apparatning elementlarini tayyorlash va tahrirlash, asar illyustratsiyasi elementlarini va nashrning dizayni (fotosuratlar, rasmlar, rasmlar) ni namoyish etuvchi vizual materiallar yaratish va tahrirlash. sxemalari va boshqalar).
Ushbu bosqichdagi ishlab chiqarish jarayonlari kerakli moddiy shakldagi nashrning asl nusxasini yaratish bilan bog'liq ishlarni o'z ichiga oladi.
Asl nashr qilish - bu muallifning tahririyat va nashrga ishlov berishdan keyingi nusxasi, tashqi dizaynning asl nusxalari bilan to'ldirilgan, bosish uchun belgilangan va kelgusi nashrning texnik va texnologik parametrlarini ko'rsatadigan texnik spetsifikatsiya bilan ta'minlangan, ya'ni bu nashr uchun qo'llanma bo'lib xizmat qiladigan nashrning to'liq loyihasi. ijro.
Asl nusxalarni nashr etishga qo'yiladigan talablar ma'lum bir turdagi o'ziga xos xususiyatlar va matbaa korxonasi bilan kelishilgan holda ishlatiladigan texnik vositalarni hisobga olgan holda belgilanadi. Tahririyat va nashr jarayonining ikkinchi bosqichi nashrning asl nusxasini tekshirish bilan yakunlanadi. Korrektorlik - bu nashrning barcha materiallarini bosmaxonaga etkazib berishga tayyorgarlik ko'rish uchun uni tahririy va texnik jihatdan qayta ishlash.
Tuzatish vazifalari:
• imlo va tinish belgilaridagi xatolarni bartaraf etish;
• sarlavhalar, familiyalar, qisqartmalar, havolalar va matnning boshqa elementlari imlosining bir xilligiga (unifikatsiyasiga), shuningdek jadval, formulalar, rasmlar, taglavhalar, asar matni va nashr apparati bilan bog'laydigan elementlarning taqdim etilishi shaklida bir xillikka erishish;
• rubrikatsiya tizimini, barcha shriftlarni, havolalarni, bo'limlarning raqamlanishini, jadvallarni, formulalarni, rasmlarni va boshqalarni tekshiring;

• bosmaxona xodimlariga ishning elementini (harflar, raqamlar, belgilar) o'xshash konturga ega yoki har qanday jihatdan tushunarsiz (masalan, rasmning yuqori va pastki qismlari) tushuntirish; • muharrir e'tiborini e'tiborga olingan faktlarga, mantiqiy va uslubiy xatolarga jalb qilish. Tekshirish korrektor yoki muharrir tomonidan amalga oshiriladi. Asarni tahrir qilgan muharrir korrektlarni tugatadi. U o'quvchining yozuvlarini ko'rib chiqadi va berilgan savollarga kerakli tuzatishlarni kiritadi.



Ishning navbatdagi tsikli ishlab chiqarishdir. U nashriyotchining asl nusxasini ishlab chiqarishga topshirish bilan boshlanadi va nashrning tiraji olinishi bilan tugaydi. Ishlab chiqarish tsikli nashriyotning asl nusxasini ishlab chiqarish uchun texnik jihatdan tayyorlash, uni bosmaxonaga etkazib berish, bosib chiqarish bo'yicha barcha nashr ko'rsatmalarining bajarilishini nazorat qilish, korrekturani o'qish, bosib chiqarish uchun imzolash, signal nusxasini tekshirish va nashrga berishni o'z ichiga oladi.
Texnik tahrirlashning vazifasi nashrni bosib chiqarish uchun noshirning asl nusxasini tayyorlashdir.
Texnik tahrir quyidagi ishlarni o'z ichiga oladi:
• noshirning asl nusxasini texnik belgilash: format, shriftlar, sarlavhalar va matnni ajratib ko'rsatish va boshqalar bo'yicha;
• bosmaxonani terish, joylashtirish va bosish, tikish va bog'lash ishlari bo'yicha bosmaxonaning ko'rsatmalari;
• nashrning badiiy-texnik dizayni va bosib chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlaydigan nashr xususiyatlarini to'ldirish;
• nashriyotning nashrni bosib chiqarish bo'yicha barcha ko'rsatmalarining bajarilishini nazorat qilish.
Tahririyat va nashr jarayonining ishlab chiqarish bosqichida katta hajmdagi ishlar korrekturaga to'g'ri keladi.
Download 24.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling