Reja: Ochiq kon ishlari va ularga tegishli asosiy belgilar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Kon jinslarining texnologik xossalari va ochiq usulda qazib olinadigan konlarni yotish sharoitlari
Download 19.58 Kb.
|
Foydali qazilmalar boyitish ochiq usulda
Kon jinslarining texnologik xossalari va ochiq usulda qazib olinadigan konlarni yotish sharoitlari
Tub kon jinslari (magmatik, metomorfik va cho‘kindi jinslar) va ularni qoplab yotgan ustama jinslar kon qazish ishlarining obyektlari hisoblanadi. Bu jinslarning xossalari asosida ularni qazib oluvchi va qayta ishlovchi uskunalar tanlab olinadi. Kon jinslarining bo‘shoqligi, yumshoqligi, pishiqligi, yarim qoya- simon, qoyasimon va ularning bo‘lakdorligi kabi xossalari kon jinslarining asosiy xususiyatlaridir. Kon jinslarining bo‘shoqligi va yumshoqligi ulami massivdan dastlab maydalamasdan turli kon qazish mashinalari yordamida osonlik bilan ajratib olish mumkinligi bilan tavsiflanadi va ular- dagi zarrachalarning o‘zaro ilashish kuchi 0,03—0,05 Mpa dan katta bo‘lmaydi. Pishiq jinslar (qattiq gil, bor, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘- mir) kon qazish mashinalari bilan, dastlab maydalamasdan jins massividan bevosita ajratib olinadi. Bu jinslar pog‘ona balandligi 10—20 m qiyalik tekisligi burchagi 60—700 gacha bo‘lganda pog‘o- na barqarorligini ta’minlaydi. Yarim qoyasimon jinslarni qazib olish portlatish asosida, dastlab maydalab, so‘ng qazib olishni talab etadi. Bu jinslarni nuragan magmatik, metomorfik, shu- ningdek, cho‘kindi jinslar (gillangan slaneslar, qumtoshlar, gemotit rudalar, mergellar, arglitlar, alevrolitlar, toshko‘mir va turli qo‘ng‘ir ko‘mirlar) tashkil qiladi. Qoyasimon jinslar massivdan faqat portlatib, maydalab ajratib olinadi. Bu jinslarga magmatik, metomorfik (granitlar, kvarsitlar, bazaltlar, gabbro, siyenitlar, kolchedanlar), shu- ningdek, ba’zi bir cho‘kindi jinslar (qumtoshlar, pishiq ohak- toshlar, qumli konglemeratlar va boshqalar) kiradi. Buzilgan (maydalangan) kon jinslari yopishqoqlik darajasi, bo‘lakdorligi va bo‘laklarning pishiqligi bilan tavsiflanadi. Bu jinslarning ko‘pchish koeffitsiyenti (maydalanganda massivdagi hajmiga nisbatan ko‘payishi) ularning xususiyatlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, buzilgan sochilma jinslarning ko‘pchish koeffitsiyenti 1,4—1,65 va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin; buzilgan yopishqoq jinslarning ko‘pchish koeffitsiyenti 1,03— 1,05 ga teng bo‘lib, qiyalik burchagi katta bo‘lgan jins uyum- larining turg‘unligini ta’minlaydi. Jinslarning bo‘lakdorligi bo‘lakning uzunlik chizig‘i bo‘yicha o‘rtacha o‘lchami bilan aniqlanadi va besh kategoriyaga bo‘linadi. Birinchi kategoriyadagi bo‘laklarning o‘rtacha uzunligi (lo‘r) 10 sm gacha bo‘lsa, beshinchi kategoriyadagi bo‘laklarning o‘rtacha uzunligi 70—90 sm ni tashkil qiladi. Turli kon-geologik sharoitlarda yotgan va turli shaklga ega bo‘lgan foydali qazilma konlari ochiq usulda qazib olinishi mumkin. Yer yuziga nisbatan joylashishiga ko‘ra foydali qazilma yotqi- zig‘i bevosita yer yuziga chiqqan yoki yupqa ustama jinslar bilan qoplangan, yer yuziga nisbatan ancha chuqurda joylashgan, tepalik yoki tog‘ yonbag‘riga joylashgan hamda qisman yer yuzi sathidan pastga va qisman tepaga joylashgan kon turlari ko‘ri- nishida bo‘ladi. Qiyalik burchagi bo‘yicha foydali qazilma yotqizig‘i gori- zontal yoki yotiq (qiyaroq) — 0 dan 10—150 gacha; qiya — 100 dan 300 gacha; o‘ta qiya —300 ko‘rinishda bo‘ladi. Qalinlik bo‘yicha foydali qazilma yotqizig‘i yupqa — 2—3 m gacha, kichik qalinlik — 10—20 m gacha; o‘rtacha qalinlik —20— 30 m; qalin —30—50 m va undan qalin turlarga ajratiladi. Tarkibiy tuzilishi bo‘yicha foydali qazilma yotqizig‘i oddiy bir komponentli va murakkab ko‘p komponentli bo‘ladi. Oddiy bir komponentli foydali qazilma yotqizig‘idagi foydali komponent yotqiziq tanasi bo‘ylab bir xil tekis tarqalgan yoki tana bo‘ylab navlar bo‘yicha notekis tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kon jinslari va foydali qazilmalarning yuqorida keltirilgan xususiyatlari ularni qazib olish texnologiyasi sxemasini hamda qazib oluvchi, shuningdek, tashish vositalarini tanlab olishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi. Download 19.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling