Reja: Ochiq kon ishlari va ularga tegishli asosiy belgilar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


Kon-texnik ma’lumotlar va karyerning elementlari


Download 19.58 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi19.58 Kb.
#1596115
1   2   3
Bog'liq
Foydali qazilmalar boyitish ochiq usulda

Kon-texnik ma’lumotlar va karyerning elementlari
Ko‘mir va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer yuzidan turib bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari majmui ochiq kon ishlari deyiladi.
Foydali qazilma yotqizig‘ini qazib olishda dastlab uning usti- dagi qoplama jinslar olib tashlanadi va foydali qazilmaga yetib boriladi. Buning uchun turli ochiq kon lahimlari o‘tiladi. Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon lahimlarining majmui karyer deyiladi (ko‘mir konlarida esa, razrez deyiladi).
Bitta karyer orqali qazib olishga ajratilgan foydali qazilma koni yoki uning bir uchastkasi karyer maydoni, karyerning asosiy obyektlari uchun ajratilgan maydon esa, yer ajratmasi deyiladi va bu karyer maydoniga nisbatan bir necha marta katta bo‘ladi (5.2- rasm).
Karyer tepasi yer yuzi bilan chegaralanadi. Yon tomonlardagi karyerni chegaralovchi pog‘onasimon tekisliklar karyer yon- bag‘ri, karyerning chuqurligi bo‘yicha chegaralovchi tekislik karyer asosi deyiladi. Kar¬yer yonbag‘rining yer yuzi bilan kesishish chizig‘i esa, ustki chegarasi deb ataladi.
Karyerning ustki va ostki chegaralari orqali shartli ravishda o‘tkazilgan tekislik karyer qiyaligi deb yuri- tiladi. Karyer qiyaligi bilan gorizontal tekislik o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak qiya- lik burchagi deyiladi.
Kon qazish ishlari olib boriladigan karyer yon- bag ri ishchi yonbag‘ir, faqat transport vositalari harakatlanishiga xizmat qiluvchi yonbag‘ir esa, ish- lamaydigan yonbag‘ir deyiladi. Karyer asosi bilan usti o‘rtasidagi o‘rtacha masofa karyer chuqurligini tashkil qiladi.
Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon yotqizig‘i va qoplama jinslar gorizontal qatlamlarga bo‘linadi. Ustki qatlamni ostki qatlamdan o‘zdirib qazib olinadi. Shu sababli karyer yonbag‘ri pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi.. Pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan kon jinslari qatlami pog‘ona deyiladi.
Pog‘ona karyerning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, uning balandligini to‘g‘ri aniqlash unda bajariladigan jarayonlar samaradorligini ta’minlaydi. Pog‘ona ham qator elementlarga ega bo‘lib, uning balandligi bo‘yicha ustini chegaralovchi gorizontal tekislik pog‘ona ustki maydoni, ostini chegaralovchi tekislik esa, pog‘ona ostki maydoni deyiladi. Pog‘ona yon tomonini qazib olingan bo‘shliq bilan chegaralovchi qiya tekislik pog‘ona qiyaligi deyiladi. Pog‘ona qiyaligi bilan gorizontal tekislik o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak pog‘ona qiyalik burchagi deb ataladi. Pog‘ona ostki va ustki tekisliklari o‘rtasida o‘tkazilgan tik chiziq uzunligi pog‘ona balandligi deb yuritiladi. Pog‘ona ustki maydonini qazib olingan bo‘shliq bilan chegaralovchi chiziq pog‘ona ustki qirrasi,
Download 19.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling