Reja: Odam skeleti Suyaklarning birikishi Suyaklarning tuzilishi va tarkibi Muskullar va ularning funksiyasi
Download 2.07 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan iborat.
5- §. Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi 8-sinf “Odam va uning salomatligi” darsligi asosida. 2014 Reja: 1.Odam skeleti 2.Suyaklarning birikishi 3. Suyaklarning tuzilishi va tarkibi 4.Muskullar va ularning funksiyasiTayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan iborat.Odam skeletining funksiyasi—ko‘p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Skeletning tayanch funksiyasi tufayli unga barcha skelet muskullari birikib turadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish funksiyasini ham o‘taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagining miya qutisi ichida, orqa miya umurtqa pog‘onasining kanalida; o‘pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko‘krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta’siridan himoyalangan.
Suyaklarning ko‘mik qismida qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (to‘planadigan joy) bo‘lib xizmat qiladi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir
Download 2.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling