Reja: Oddiy intervallar


Download 418 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi418 Kb.
#211691
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oddiy va tarkibli intervallar. Interval aylanishi

Tarkibli intervallar

Musiqa amaliyotida oddiy intervallardan tashqari, oralig’i oktavadan keng bo’lgan intervallar ham qo’llaniladi.

Oralig’i bir oktavadan keng bo’lgan intervallarga tarkibli intervallar deyiladi. Tarkibli intervallar oddiy intervallarni oktavaga qo’shish yo’li bilan hosil bo’ladi.

Har bir tarkibli interval uning tarkibidagi pog’onalar soniga qarab quyidagi mustaqil nomlar bilan ataladi:



  1. Nona – 9, oktava orqali tuzilgan sekunda;

  2. Detsima – 10, oktava orqali tuzilgan tertsiya;

Undetsima -11, oktava orqali tuzilgan kvarta;

  1. Duodetsima – 12, oktava orqali tuzilgan kvinta;

  2. Tertsdetsima – 13, oktava orqali tuzilgan seksta;

  3. Кvartdetsima – 14, oktava orqali tuzilgan septima;

  4. Кvintdetsima -15, oktava orqali tuzilgan oktava.

9 10 11 12 13 14 15

Tarkibli intervallarning sifat miqdorini belgilash uchun oddiy intervallarda ishlatiladigan sof, katta, kichik, orttirilgan, kamaytirilgan kabi iboralar qo’llaniladi.

Tarkibli intervallar aylanganda, undagi tovushlarning ko’chishi 2 xil tarzda amalga oshadi. Birinchidan, tarkibli interval tovushlaridan birortasining, masalan, pastki tovushining yuqoriga yoki yuqorigi tovushining pastga, ikki oktavaga ko’chishi hamda ikkinchidan, tarkibli interval har ikkala tovushining qarama-qarshi tomonga bir oktavaga ko’chishida namoyon bo’ladi.



kat.10 kich.6 sof 12 sof 4 kich.13 kat.3

¹ Basic. Music theory, 2001 y. 200-bet

Tarkibli intervallarga misollar:



¹



¹ Basic. Music theory, 2001 y. 201-bet


Download 418 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling