Reja: Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‘g‘ini
Ohang, emotsional ifodalanganlik
Download 381.97 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik- bir xil iboraga turlicha ma‘no berishga
qodir.
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma‘nosini kuchaytirishi, to‗ldirishi yoki rad etishi mumkin. 4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya‘ni, belgilangan ma‘noga ega bo‗lishi yoki ekspressiv, ya‘ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.
suhbatdoshga bo‗lgan ishonch darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Inson o‗zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi kashfiyotchiligi bo‗yicha yer sayyorasida bizga ma‘lum tirik mavjudotlarni ancha quvib o‗tdi. Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‗linadi: - muloqotga bo‗lga ehtiyoj (axborotni yetkazish yoki undan xabardor bo‗lish, suhbatdoshga ta‘sir ko‗rsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga kirishishga undaydi; - muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‗g‗ri belgilash; - suhbatdosh shaxsini belgilash; - o‗z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‗z yuritishini tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda);
- inson ongsiz ravishda (ba‘zan ongli) foydalanishi mumkin bo‗lgan aniq vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‗zini qanday tutishini o‗ylab qo‗yadi; - suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qayta aloqa o‗rnatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish; - muloqot yo‗nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish. Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‗lsa, so‗zlovchi muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi. Nutq – bu verbal kommunikatsiya, ya‘ni, til vositasidagi muloqot jarayonidir. Inson nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday shaklidan foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy: og‘zaki yoki yozma turlaridan biriga tegishli bo‗ladi. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo‗l orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muloqoti faqatgina so‗zlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal bo‗lib xizmat qiladi. 3 yoshga to‗lganda bola kattalar bilan nutq orqali munosabatlarga be-malol kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini o‗zi kiyishga harakat qiladi. O‗z ehtiyojlarini so‗zlar orqali bayon qila oladi. Nutqni to‗la egallaydi. Bola kattalarning ko‗rsatmasiga binoan xatti-harakatlarini to‗g‗ri yo‗naltirishga o‗rganadi. U kattalarning o‗zaro muloqotini diqqat bilan tinglaydi, tushunishga harakat qiladi. 1,5 yoshli bolalar 30-40 so‗zdan 100 gacha bo‗lgan so‗zlarni egallaydi, xalos. 2 yoshning ohirigacha bola 300 ta so‗zni o‗rganadi. 3 yoshning ohiriga borib, 500 dan 1500 gacha so‗zni bilib oladi. Lekin bu yoshdagi ayrim bolalar nutqi avtonom bo‗ladi, ular nonni ―nanna‘‘, suvni ―umma‘‘ kabi iboralar bilan aytadi. Asta-sekin kattalar bolalar bilan to‗g‗ri muloqotda bo‗lsalar, bu avtonom nutq yo‗qolib boradi. Muloqotning muvaffaqiyatli bo‗lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo‗lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to‗g‗ri so‗zlilik, vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o‗tadi. Chunki shaxslar bir-birini to‗g‗ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun ular samimiy bo‗lishlari lozim.
Download 381.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling