Reja: Oila tarbiyasi va uning tarbiya tizimida tutgan o'rni. Oilaviy tarbiya va ijtimoiy tarbiya


Oilaviy tarbiya va ijtimoiy tarbiya


Download 72.5 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi72.5 Kb.
#1010028
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
islomova marjona

2. Oilaviy tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Yosh avlod hayotining ko'p qismi oilada o'tadi, shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada urf odatlar, rasm rusumlar va marosimlarning ijobiy ta'sirida yigit, qizlar asta sekin kamol topib boradilar. An'ana va marosimlar tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi.
Kelajagimiz qanday bo'lishi hozirgi kunda biz tarbiyalaydigan yoshlarga bog'liq. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos bir olam. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari – jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Oilaviy hayotning me'yorida bo'lishi ko'p jihatdan oila byudjetining holatiga ham bog'liq. Shu bois oila a'zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablag'larni tejab-tergab, ulardan o'rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bois bolalarni ham yoshlikdan pul bilan muomala qilishga o'rgatish, o'zining shaxsiy hamda oila a'zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas'uliyatli yondashishga ko'niktirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga pulning inson mehnatiga to'ladigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini uqtirish, ular tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan bo'lar edi. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bolalarda iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a'zolarining namunasi katta tarbiyaviy ta'sir kuchiga egadir.
Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e'tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko'rsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g'oyalar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas'ullik, e'tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling