Reja: Oilada bolalar tarbiyasi faylasuflar fikrlari
Chempionlar sog‘lom oilada kamol topadi
Download 192.55 Kb.
|
Оилада жисмоний машқлар билан шуғулланиш машғулотлари шакллари
Chempionlar sog‘lom oilada kamol topadiFarzandining jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk bo‘lib voyaga yetishi, uning baxtu saodatini, farovon kelajagini ko‘rish har bir ota-onaning eng ezgu orzusi. Poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida istiqomat qilayotgan Sanjarbek va Hafiza Sindorovlar ham ana shunday ota-onalardan. Jismoniy tarbiya va sportni bola tarbiyasining muhim vositasi, deb biladigan ushbu oilada kamol topayotgan sakkiz yoshli Javohir va olti yoshli Islombek shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionlari. Yaqinda Eronda shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida aka-uka Sindorovlar oilaviy medallari to‘plamiga yana uchta oltin va bitta kumush medal qo‘shildi. Qit’amizning yigirmaga yaqin davlatidan 270 nafar shaxmatchi qatnashgan chempionatda Islombek rapid va blits turnirlarda hamda klassik shaxmat bo‘yicha uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan yagona sportchi bo‘ldi. U musobaqada jami 21 partiya o‘yin o‘tkazib, shuning yigirmatasida g‘alaba qozondi va o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Dunyoda hech bir shaxmatchi 6 yoshida qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqada 20 partiyada g‘alaba qozonishni uddalay olmaganini bilgan mutaxassislar o‘zbek o‘g‘lonining mahoratiga qoyil qolmoqda. Javohir Sindorov esa Erondagi Osiyo chempionati doirasida blits turnirda terma jamoamiz hisobiga kumush medal keltirdi. – Farzandlarimning g‘alabalari, avvalo, istiqlolimiz sharofati, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni barkamol etib tarbiyalashga qaratilayotgan yuksak e’tibor va mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik samarasi, – deydi Hafizaxon Sindorova. – O‘zbekistonimiz mustaqil bo‘lmaganida sportchilarimiz xalqaro maydonlarda o‘z iste’dodi va salohiyatini bugungidek keng va to‘la namoyon eta olmasdi. Tinchlik va xotirjamlik yo‘q joyda, rivojlanish va o‘sish bo‘lmaydi. Men shaxmat musobaqalarini kuzatar ekanman, o‘g‘illarim o‘z jamoadosh do‘stlari bilan birga davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘zbek millati dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo‘lmasligini isbotlay olayotganidan qalbim faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘ladi, beixtiyor ko‘zlarimga quvonch yoshlari qalqiydi. O‘zimni dunyodagi eng baxtli inson, deb bilaman. Darhaqiqat, bugungi kunda sport butun jahonda har qaysi millat, har qaysi xalqni dunyoga tanitishning, uning o‘z salohiyatini namoyon etishi, g‘urur va iftixorini yuksaltirishning muhim vositalaridan biriga aylandi. Ayniqsa, shaxmat kabi insondan yuksak intellektual salohiyat, jismoniy va ma’naviy yetuklik, aql-zakovatni talab etadigan murakkab sport turida g‘olib chiqish hammaga ham nasib etavermaydi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi 13.01.2018 O‘zA - Chempionlar sog‘lom oilada kamol topadi http:G’G’uza.uzG’uzG’sportG’chempionlar-soglom-oilada-kamol-topadi-02.07.2013-27645?ELEMENT_CODEqchempionlar-soglom-oilada-kamol-topadi-0… 2G’3 Yosh shaxmatchilarimizning xalqaro maydondagi g‘alabalari soni va salmog‘i ortib borayotgani, avvalo, ular jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan ne-ne buyuk zotlarning munosib avlodi ekani hamda yurtimizda azal-azaldan mavjud madaniy-ma’rifiy muhit, yuksak ma’naviyat va tafakkur maktabining mantiqiy hosilasi va shuning barobarida, istiqlol yillarida yosh avlodning har tomonlama kamolga yetishi yo‘lida barcha shart-sharoit va qulayliklar muhayyo etilganining yaqqol samarasidir. Sport insonda kuchli iroda, g‘alabaga intilish, qiyinchiliklarni yengish ruhini tarbiyalaydi, vatanparvarlik, el-yurtga sodiqlik, iftixor tuyg‘ularini shakllantiradi. Sportda bolalarning iste’dodi va imkoniyatlarini erta aniqlash ularni kelajakda yuksak g‘alabalar sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kichik yoshdan jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullangan o‘g‘il-qizlargina sog‘lom, baquvvat, irodali, yengilmas bo‘lib voyaga yetadi va kelajakda yuqori cho‘qqilarni zabt etishga qodir bo‘ladi. Javohir to‘rt yarim yoshidan shaxmat bilan muntazam shug‘ullanadi. Bolaligidan xotirasi kuchli bo‘lgani uchun ota-onasi uni o‘smirlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinovning shaxmat maktabiga yetaklab boradi. – So‘nggi uch yilda Javohir bilan yetakchi grossmeysterlarning mingdan ziyod partiyasini o‘rganib chiqdik, – deydi mazkur maktab murabbiyasi – shaxmatchining ustozi Sabohat Zayniddinova. – Javohir yuzdan ortiq murakkab partiyani yodlab olgan. U o‘zi dona surayotgan uchrashuvlarda har bir yurishni puxta o‘ylab, keyin amalga oshiradi. Ayni paytda Sirg‘ali tumanidagi 301-umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan Javohir shaxmatchi sifatida ilk g‘alabasini 2011-yili Toshkent shahar birinchiligida g‘olib chiqish orqali qo‘lga kiritdi. Xalqaro maydondagi dastlabki g‘alabasiga esa 2012-yili Hindistonning Dehli shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida erishdi. 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar musobaqasida blits turnirda oltin, klassik shaxmat bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu yil O‘zbekiston chempionatida o‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada jahon va Osiyo chempioni Nodirbek Abdusattorovni ortda qoldirib, ilk bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. – Nodirbek Abdusattorovning o‘yinlariga havas qilib, to‘ng‘ich o‘g‘limning shaxmatchi bo‘lishini orzu qilardim, – deydi Sanjarbek Sindorov. – Endi mening farzandlarim ham xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qilayotganidan juda baxtiyorman. Javohir ukalari Islombek va Humoyunga haqiqiy namuna va o‘rnak bo‘lmoqda. O‘rtancha o‘g‘lim ham akasiga ergashib, shaxmatni tanladi. Hozir ikkalasi birlashib, 4 yoshli ukasiga donalarni to‘g‘ri terish va yurish usullarini o‘rgatmoqda. Sirg‘ali tumanidagi 305-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Islombek go‘dakligidan o‘zining yuksak sportchilik salohiyatini ko‘rsata oldi. U 2012-yili Hindistonda o‘tgan qit’a birinchiligida 5 yoshgacha shaxmatchilar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. “Aql gimnastikasi” sir-asrorini tobora puxta va juda tez o‘zlashtirayotgan I.Sindorovning o‘yin uslubi bugun ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborida. Chunki u tez va to‘g‘ri qaror qabul qiladi, partiyada har qanday murakkab vaziyat yuzaga kelsa ham faqat hujumga zo‘r beradi. Islombekning hujumkor o‘yin taktikasi Erondagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Javohir va Islombek jahon chempioni – o‘zbek grossmeysteri Rustam Qosimjonovga havas qiladi. Ular kelajakda kuchli shaxmatchi bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygani uchun musobaqalarda o‘tkazgan har bir partiyasini ustozi Sabohat Zayniddinova bilan birga chuqur tahlil qilib boradi. Xato va kamchilik ustida ishlash, hujum va himoyada yangi usullarni qo‘llashga alohida e’tibor beradi. – Aka-uka Sindorovlarning yutuqlari maktabimizda shaxmat sir-asrorini o‘rganayotgan boshqa bolalarga ham o‘rnak bo‘layotir, – deydi shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sovrindori, murabbiya Sabohat Zayniddinova. – Bu bizga mashg‘ulotlar jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish, musobaqalarda muvaffaqiyatga erishishda katta yordam berayotir. 13.01.2018 O‘zA - Chempionlar sog‘lom oilada kamol topadi http:G’G’uza.uzG’uzG’sportG’chempionlar-soglom-oilada-kamol-topadi-02.07.2013-27645?ELEMENT_CODEqchempionlar-soglom-oilada-kamol-topadi-0… 3G’3 Ha, farzandini sog‘lom va barkamol, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqini oshirish yo‘lida halol mehnat qiladigan insonlar etib tarbiyalash har bir ota-onaning burchidir. Oilada jismoniy tarbiyani tashkil qilish yo'llariSana: 12-11-2013, 11:08 Ko'rishlar soni: 1582 Bolalar bog`chasi va oila hamkorligida jismoniy tarbiya masalalari Maktabgacha tarbiya muassasasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo`lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlikning borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib xilma-xil va o`zaro bog`liq bo`lgan shakl va usullar yordamida rejali va izchil ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ota-onalar bolalarini birinchi marta bolalar bog`chasiga olib boradigan kun ko`pgina hissiy tuyg`ular bilan bog`lik. Shuning uchun ham har yili avgust oyining ikkinchi yarmida ota-onalar uchun maktabgacha tarbiya muassasasi bo`yicha ekskursiya, uchrashuv hamda umumiy majlislar o`tkazish mumkin. Bunda bog`chaning rejimi, ish mazmuni, ta'lim-tarbiya jarayoni va hokazolar haqida so`zlab beriladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ota-onalar bilan ishlashning jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo`shib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishi mumkin. Bolalar bog`chasi xodimlarining ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarning eng keng tarqalgan shakl va usullaridan bir nechalarini keltiramiz: A) Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg`or pedagogik tajribalarning ko`rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega va kutilgan samaralarni beradi. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o`rganib, ularni o`zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. Buning natijasida tarbiyachi bilan oila o`rtasida do`stlik munosabatlari, o`zaro hurmat va ishonch tezroq o`rnatiladi. Bog`chalarimizning tajribasida ota-onalar va oila bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan, ya'ni oilaga tarbiyachining borishi ota-onalar uchun suhbat o`tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarni bolaning bog`chadagi hayoti bilan tanishtirish va shu kabilar. B) Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar (bolalar bog`chasi xodimlarining ota-onalar bilan birgalikdagi amaliy faoliyati), savol va javob kechalari. V) Ko`rsatmali ishlar. Ishning bu turi: ko`rgazmalar, fotomontajlar, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari (ota-onalar burchagi), ota-onalar uchun kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli masalalari bo`yicha materiallar solingan papka va shu kabilarni qamrab oladi. Albatta bu shakllarning boshqacha ham bo`lishi mumkin. Bu ishga ijodiy yondashish bog`cha mudirasi, tarbiyachilar hamda ota-onalarning o`zlariga (ayrim hollarda tajribali ota-onalar maslahat berishlari mumkin) ham bog`liqdir. G) Bolaning oilasini borib ko`rish va oila a'zolari bilan yaqindan tanishish. D) Ota-onalarga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Bularning orasida bolaning oilasiga borish va oila a'zolari bilan yaqindan tanishish hamma uchun ham oydingina oson ish hisoblanmaydi. Ota-onalar va oila bilan hamkorlikda olib boriladigan ish shakllarining ayrimlarini qanday muvofiq deb hisoblaymiz. Bola yashab turgan oilani o`rganish, ota-onalar bilan yaqin aloqa o`rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo`llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas, balki maslahatchi, do`st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsadi bola tarbiyalanayotgan sharoitni ko`rish va zarur bo`lsa. Ota-onalarga yordam ko`rsatishdir. Shuning uchun tarbiyachi ota-onalarga aytadigan takliflarini sinchiklab o`ylab ko`rishi kerak. Bolalarni uylariga borib ko`rish ishi ma'lum maqsad asosida tashkil etilganda oilaviy tarbiya bilan tanishish, bolaning oiladagi xulqining o`ziga xos xususiyatlarinigina aniqlashdan iborat bo`libgina qolmasdan, balki ota-onalar bilan yakkama-yakka va jamoa tarzida tashkil etiladigan ishlarning mazmunini, ularning turli shakllarini belgilab olishga ham imkoniyat tug`diradi. Ayrim vaqtda bunday hodisani ham kuzatish mumkin: oilada bolaga ko`p e'tibor beriladi va g`amxo`rlik qilinadi, oilada tartib to`g`ri o`rnatilgan, bolaning ovqatlanishi yaxshi, bolaga hech qanday topshiriq berilmagan. Bola o`z joyini va o`yinchoqlarini o`zi yig`ishtirmaydi, uning bu ishini ota-onasi yoki oilaning katta a'zolari bajariladilar. Tarbiyachi bu holda ota-onalar uyida bolaga alohida joy, burchak ajratilishlari kerakligini maslahat beradi, bu tadbir oilada hayotining to`g`ri tashkil etilishiga imkon beradi. O`z burchagida bola yashaydi, o`ynaydi, rasmlar chizadi, o`yinchoqlar yasaydi va hokazo. Oilani birinchi bor borib ko`rish, ayniqsa mas'uliyatlidir. Maktabgacha tarbiya muassasasi bilan oila orasidagi tarbiya bir-birini tushunish, ishonch va ijobiy aloqani o`rnatilishida bu ishning qanday o`tishiga bog`liqdir. Oilaga tashrif buyurishdan avval uning a'zolari, ota-onalarning kasblarini, ularning ish joylarini va hokazolarni ifodalovchi ma'lumotlarni o`zlari aniqlashlari zarur. Agar tarbiyachi oilani borib ko`rishidan avval o`zi uchun bolaning rivojlanish va tarbiyalanganlik darajasi xarakteristikasini tuzib olsa, oilani borib ko`rish yanada samarali bo`ladi. Bu holda, ota-onalar bilan aniqlash va muhokama qilishni talab qiluvchi jihatlarini ajratib olish kerak. Birinchi borib ko`rish tarbiyachiga oilaning hayot tarzi haqida, oilaviy «vaziyat», bolaning oiladagi tarbiyasi haqida umumiy tasavvur berishi kerak. Keyingi tashriflar tarbiyachiga bola tarbiyasining aniq masalalarini mufassal fahmlab olishga imkon beradi. Oilani takror borib ko`rishda tarbiyachi uning maslahat va takliflari bajarilgan yoki bajarilmagani bilan qiziqadi. Oilani borib ko`rishning maqsadi va mazmuni tarbiyachining rejasida, hisobga va maxsus kundaligida aks ettirilishi kerak. Oilani yilliga kamida ikki marta borib ko`rish tavsiya etiladi. Oilaga tashrif buyurishlar, anketa ma'lumotlarini tahlil qilish, ijobiy tajribaning umumiy manzarasini va oilaviy tarbiyadagi o`ziga xos qiyinchiliklarini ochib beradi. Bu esa mudiraga va tarbiyachiga turli yoshdagi guruh ota-onalarining pedagogik madaniyatini oshirishga, tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boriladigan ishini ma'lum tizimida yo`naltirishga yordam beradi. Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo`llanadigan suhbat-bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurin jo`natish vaqtida o`tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar va ota-onalarning bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga, bir-birlarini bolaning hayoti haqidagi ma'lumotlar bilan xabardor qilishlariga, uning muvaffaqiyatilari va kamchiliklari, hulqi, va sog`ligidagi o`zgarishlarni kuzatishga yordam beradi. Shaxsiy maslahatlar suhbatga ancha yaqin keladi. Ota-onalarning bola tarbiyasida yo`l qo`ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o`tkazishning zarurati tug`ilganda va ularga vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak bo`lganda maslahatlar o`tkaziladi. Maslahatlar ancha tor masalalarni chuqur yoritishga imkon beradi. Ular uchun mavzu tanlash bolalarni kuzatish natijalariga yoki tarbiya muammolariga qarab belgilanadi. («Bolalarga nimani o`qish va nimani aytib berish kerak», «Bolalarning savoliga qarab va qay tarzda o`tkazish kerak», «Teleko`rsatuvlarning foydasi va zarari» va hokazo.) Masalan, tarbiyachi bolaning injiqliklariga sabab uning oilada noto`g`ri tarbiyalanishi ekaniga ishonch hosil qilib, bolaning otasi yoki onasini «Injiqlik va o`jarliklar, ularning sabablari va engish yo`llari» mavzuidagi maslahatga taklif etadi. Pedagog maslahatni o`tkazishga oldindan tayyorgarlik ko`radi, zarur adabiyot va ko`rsatmali material tanlaydi, e'lon osib qo`yadi (guruhiy maslahatlar). Ota-onalar uchun maslahatlarni tarbiyachi, shifokor, muassasa mudiri, logoped o`tkazadi. Bunda osayishta, ishchan vaziyatni tashkil etish lozim, shunda ota-onalar maslahat beruvchini diqqat bilan tinglashadi, savollar berishadi, ba'zi maslahatlarni yozib olishadi. Maslahat o`tkazishda tarbiyachi ham, ota-ona ham tashabbus ko`rsatishi mumkin. Uning ijobiy natija berishi pedagogning mazkur oilada bola tarbiyasi tizimi bilishiga, maslahat va tavsiyalar qanchalik malakali bo`lishiga bog`liq. Maslahat o`tkazilgandan biroz vaqt o`tkach, tarbiyachi ota-onalar olgan bilimlaridan bolalarini tarbiyalashda qanday foydalanayotganliri bilan qiziqadi. Ota-onalar bilan shaxsan ish bajarishdan tashqari, tarbiyachi o`z guruhidagi ota-onalar jamoasi bilan ham ish tashkil etadi. Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota-onani qiziqtirayotganini ma'lum bo`lsa ular uchun umumiy maslahat tashkil etadi. Guruhiy maslahatlar ota-onalarga mavjud ma'lumotlarni ma'lum qilishigina nazarda tutmay, balki oilaviy tarbiya tajriba almashuvini ham ko`zda tutadi. Ota-onalar bilan oilaviy sharoit haqida bevosita muloqot qilish ham ota-onalar jamoa bo`lib guruh bo`lib maslahatlar uyushtirishning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Mudir, shifokor, logoped, musiqa rahbarlari ham ota-onalarning o`zlariga taalluqli masalalar bo`yicha maslahatlar berishadi. Ota-onalar jamoasi bilan ishlash guruhiy va umumiy majlislar shaklida o`tkaziladi. Guruhiy va umumiy majlislar ota-onalar o`z vazifalarini chuqurroq tushunishlariga va bolalar tarbiyasida oilaning ahamiyatini anglashlariga, pedagogig bilimlarni egallashlariga qaratiladi. Bu majlislar bolalarning jamoa tarbiyasi ahamiyatini takidlash, tarbiyachilarning obro`sini mustahkamlash va ota-onalarda ularning ko`rsatmalarini bajarishga tayyor bo`lish hissini uyg`otishi lozim. Majlislarda pedagog ma'ruzasining hajmi (shoshilmasdan bayon qilinganda) 20-25 minut vaqtda mo`ljallanadi. Uning mazmuni tushunarli, qo`llanmalarni, bolalarning ishlarini, adabiyotlarni yaqqol ko`rsatish, tegishli mavzuga oid kinofilm, diapozitivlar, slaydlarni ko`rsatish bilan birga olib borilishi kerak. Majlisdan so`ng tarbiyachilar ota-onalar berilgan maslahat va takliflarni handay amalga oshirayotganlari haqida albatta qiziqishlari kerak. Oilaviy tarbiya tajribasini almashinish bo`yicha anjuman katta tayyorgarlik ishini o`tkazishni talab qiladi, unda butun pedagogik jamoa, ota-onalar qo`mitasi va faol ota-onalar qatnashadilar. Dastavval, hozir ota-onalarni handay masalalar qiziqtirishini bilib olish zarur. Buning uchun so`rash, hammaning fikrini bilish, olingan javoblarni sinchiklab tahlil qilish kerak, bolalarni kuzatish materiallaridan foydalanish lozim. Bu ma'lumotlarning hammasini to`plab, muhokama qilish zarur bo`lgan masalalar doirasi aniqlanadi. Shundan so`ng bitta muammo tanlanadi, masalan, «axloqiy tarbiya» mavzusi bo`yicha ota-onalarning bir nechta ma'ruzalarini tayyorlash mumkin, ya'ni, «Bolalarda halollik va rostgo`ylikni tarbiyalash haqida», «Mehnat ko`nikmalarini tarbiyalash», «Ota tarbiyachi sifatida» va hokazo. Anjumanni bog`cha mudirasi, xalq ta'limi bo`limi yo`riqchisi yoki katta tarbiyachi olib boradi, ota-onalar esa so`zga chiqishadi. Ma'ruzalarda oilaviy tarbiyaning qiyinchiliklari ham, ota-onalar pedagogik ta'sirining ijobiy natijalari ham tahlil qilinishi, aniq misollar keltirilishi kerak. Anjumanda bolalar ishlari ko`rgazmasini va bolalarning chiqishlarini ham tashkil qilish mumkin. Anjumanni tashkil etish katta va sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko`rishni talab qilgani uchun uni 2 yilda bir martadan ko`p o`tqazib bo`lmaydi. Download 192.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling