Maqsad: O`quvchilarga lansetnikning tuzilishi, hayot tarzi, ilmiy amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berish. Lansetnik misolida umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o`rtasigi farq va o`xshashliklarni tushuntirish
Download 107.69 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars o`tish uchun kerakli jihozlar
Maqsad: O`quvchilarga lansetnikning tuzilishi, hayot tarzi, ilmiy amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berish. Lansetnik misolida umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o`rtasigi farq va o`xshashliklarni tushuntirish. Lansetnikning hayot tarzi, tarqalgan hududlari haqida ma’lumot berib o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Darsning tashkiliy qismi O`quvchilarni guruhlarga ajratish (Buni har bir o`qituvchi vaziyatdan kelib chiqib turli yo`llar bilan guruhlarga ajratishi mumkin, masalan, rangli kartochkalar, juft va toq sonlar va x.o) III. O`tilganlarni takrorlash yangi mavzuni o`tilishi mobaynida amalga oshiriladi.
O`qituvchi guruhlarga murojaat qiladi. Biz siz bilan shu kungacha qaysi hayvon tiplarini o`rgandik? Ular qanday muhit va qanday joylarda yashaydilar? Aytingchi bolalar, halqali chuvalchanglar va hasharotlarning ichki organ sistemalari bir-biridan qanday farq qiladi va qanday o`xshashliklarga ega. Ushbu savollar yozilgan kartochkalar har bir guruhga tarqatiladi. O`quvchilarga o`zlarining javoblari uchun kerakli preparat va jadvallar, plakatlar o`qituvchi tomonidan tarqatiladi. Ularga tayyorlanishga 4 minut ajaratiladi. 3-guruhning savolga javob berishi uchun Venn diagrammasi chizilgan varaqa beriladi. O`quvchilarning javoblari tinglagach o`qituvchi ko`rgazmali qurollar asosida bu javoblarni xulosalaydi. Shundan so`ng o`quvchilarga 1-rasm ko`rsatiladi. — «Aytingchi bolalar , buni hayvonlarni qaysi tipiga kirgizgan bo`lar edingiz, va u yashaydigan muhit qanday?” Klasster usuli asosida o`quvchilarning javobi tinglanadi va doskaga yoziladi. O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini eshitgach: “Kelinglar endi sizlarni fikrlaringizdan to`grisini qidiramiz. Siz o`z fikr va mulohazalaringiz bilan olimlar yo`lidan bordingiz. 1974 yilda Qora dengizdan Petr Simon Pallas- rus tabiatshunosi, sayohatchi bu hayvonni ko`rishi bilanoq uni Molluskalar tipiga kiritdi. Aytingchi?, Nega u bunday hulosaga keldi.”
O`quvchilarning javobi tinglanadi. Notog`ri javoblar also qoralanmaydi, to`g`ri javob bo`lsa rag`batlantiriladi. “Lansetnik suvda yashaydi, u jabralari orqali nafas oladi, kam harakatchan. Ana shu hususiyatlari uchun uni Pallas Molluskalar tipiga kiritdi. ” Endi o`qituvchi bolalarning ish daftariga sanani, dars mavzusini hamda maqsadini yozdiradi. O`qituvchi: “Lansetnik tropic va motadil iqlimli dengizlar shu jumladan qora dengizda tarqalgan. U scalpel-lanset tibbiyot asbobiga o`xshaganligi uchun ham unga shunday nom berishgan. Uning kattaligi 4-8 sm bo`lib 5 yilgacha umr kechirishi mumkin. XIX asrning 1-yarmida Aleksandr Onufreevich Kovalovskiy uning rivojlanishini o`rganib, u nihoyatda umrtqali hayvonlarga o`xshashligini isbotladi. Kovalovskiy o`z tajribalaridan lansetnikning butun tanasi bo`ylab o`tgan va umr bo`yi saqlanib qoladigan pishiq o`q – ho`rdani tig`iz joylashgan maxsus hujayralar yig`indisi ekanligini, u ichki organlar uchun tayanch vazifasini o`tashini, tanani egiluvchan qilib turishini isbotladi. Endi aziz bolajonlar darsligimizni 92-betini ochamiz” O`qituvchi guruhlarga vazifalar beradi, chunonan 1-guruhga Lansetnikning yashashi, tashqi tuzulishi, ho`rdasi va muskullari. 2-guruhga Lansetnikning nafas, hazm qilish va qon aylanish sistemalari. 3-guruhga Lansetnikning ayirish, nerv sistemasi ham umurtqasiz hayvonlarga o`xshashligi. Vaqt o`tgach o`quvchilarning fikrlari tinglanadi. Ular do`skadagi plakatlar yordamida topshiriqni bayon qiladilar. O`quvchilarga daftarga quyidagi ko`rinishni chizishadi. N –nerv sistemasi Q- xo`rda O`quvchilar ushbu jadvaldan xulosa chiqarishlari lozim. Mustaqil ravishda umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichki tuzilishini darslikdan jadvallardan, ko`rgazmali qurollardan foydalani izohlashadi. Bunda o`qituvchi ularning fikrini to`g`ri yo`naltirmog`i kerak. O`qituvchi: “Bundan ko`rib turibmizki, lansetnik A.O.Kovalovskiy isbotlaganidek umurtqali va umurtqasizlar o`rtasidagi oralig` hayvon ekan. Endi daftarlarimizga yozamiz. Lansetnikning sistematikasi. Xo`rdalilar tipi Bosh suyaksizlar kenja tipi Lansetniklar oilasi Lansetnik turi Daftarga quyidagi rasmga izoh yozing. O`qituvchi rasmga izoh beradi. Lansetnik 23-31 promil sho`rlikdagi dengizlarning 10-30 metr chuquqrligidagi qumlarga kunning yorug` vaqtida ko`milib yashaydi, kechasi harakatlanib suzib o`z joyini o`zgartiradi. U yashaydigan muhit 17-30 C0 . Uning tarkibida oqsil va 2 % yog` bor, u planktonlar bilan oziqlanadi. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash. Uyga vazifa lansetnikning ichki tuzilishini rasmini daftarga chizish hamda darslikning 95-betidagi 9 ta savolga javob yozish. Luga`t daftarga terminlarni yozish va izohlash. Download 107.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling