Reja: Oilaga psixologik xizmat ko’rsatishning maqsad va vazifalari
Download 15.51 Kb.
|
Reja Oilaga psixologik xizmat ko’rsatishning maqsad va vazifala-fayllar.org
Oila psixologiyasining predmeti oilaning funktsional tuzilishi, uning rivojlanishining asosiy qonuniyatlari va dinamikasi; oilada shaxsiy rivojlanish.
Oila psixologiyasining vazifalari o'z ichiga oladi: oilaning hayotiy tsiklining turli bosqichlarida funksional-rol tuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish qonuniyatlarini o'rganish; nikohdan oldingi davrni, turmush o'rtog'ini izlash va tanlash xususiyatlarini o'rganish; nikoh munosabatlarining psixologik xususiyatlarini o'rganish; bola-ota-ona munosabatlarining psixologik xususiyatlarini o'rganish; turli yosh bosqichlarida bolaning rivojlanishida oilaviy ta'limning rolini o'rganish; me'yoriy bo'lmagan oilaviy inqirozlarni o'rganish va ularni bartaraf etish strategiyalarini ishlab chiqish. Bilimlarni amaliy qo'llash Oila psixologiyasi sohasida oila psixologi va oila maslahatchisining quyidagi faoliyatini o'z ichiga oladi: nikoh masalalari, shu jumladan turmush o'rtog'ini tanlash va nikoh bo'yicha psixologik maslahatlar; nikoh munosabatlari bo'yicha maslahatlar (diagnostika, tuzatish, profilaktika); psixologik yordam inqirozli vaziyatlarda oila va ajralishlar; maslahat, diagnostika, bola va ota-ona munosabatlarining oldini olish va tuzatish; bolalar va o'smirlarni tarbiyalash va rivojlantirish bo'yicha psixologik maslahatlar (diagnostika, oldini olish, rivojlanishdagi buzilishlar va og'ishlarni tuzatish); xavf guruhidagi va iqtidorli bolalarni tarbiyalash muammolari bo'yicha psixologik maslahat; asrab olingan bolalarni asrab olish va tarbiyalash masalalarida psixologik yordam ko'rsatish; "oilasiz" tarbiyalangan bolalar va o'smirlarda og'ishlar va rivojlanish buzilishlarining psixologik oldini olish (yaqin kattalar bilan muloqot qilishdan mahrum bo'lgan sharoitda); psixologik maslahat va homiladorlik va tug'ruqni qo'llab-quvvatlash; ota-onalikni shakllantirishni psixologik qo'llab-quvvatlash. Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish, oilalarga psixologik xizmat qilish oilaviy hayotida turli muammolarni xis qilayotgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin va oilaning boshqa a’zolarining o‘zaro va shaxslararo munosabatlarida muammoli vaziyatlarga duch kelib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Albatta bunday holatlarda aholiga psixologik yordam ko‘rsatish o‘zo‘zidan bo‘lavermaydi. Psixologik xizmatni tashkil qilish, uni amalga oshiruvchi xodim shaxsi va uning professional etik jihatlari nimalardan iborat? Aholi o‘rtasida psixologik xizmatni tashkil qilish, fuqarolar o‘rtasida psixologik xizmatni amalga oshirish, muassasalarning tegishli lavozimlariga nomzodlarni qidirib topish, ulardan munosiblarini tanlab olish va bu borada amaliy psixodiagnostikadan o‘rinli foydalanish - o‘ta muhim, mas’uliyatli hisoblanadi. Bu ish o‘ziga xos maxsus ma’lumot, kasbiy mahorat talab qiladi. Chunki, bu o‘rinda gap inson taqdiri, xalq manfaatlari, yurt kelajagi ustida boradi. Oilaga yordamni har xil soha egalari beradilar. Bularga seksologlarni, xuquqshunoslarni, psixologlarni, psixiatrlarni, narkologlarni, pedagoglarni va sh.k. kiritamiz. Hozirgi vaqtda oila va oilaviy munosabatlar haqida bilim berish muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Bunday vazifani oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish markazlari va boshqa shu sohaga kiruvchi yo‘nalishlar bajarishi lozim. Bu jarayonda psixologik maslaxat berish o‘z oldidagi masalalarni hal qilishda katta qiyinchiliklarga to‘g‘ri kelayapti. Psixologik xizmatni bir xil 24 tushunib bo‘lmaydi. Uning ikkita umumiy bo‘lgan ta’rifi mavjud. Ularda psixologik xizmatni vazifalari va muammolarni yechish yo‘llari ko‘rsatilgan. Birinchidan, psixologik xizmat ijtimoiy yo‘nalishni: sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, oila mustahkamligi va boshqalarni psixologik jihatlardan ta’minlab beradi. Bu jarayonni boshqacha so‘z bilan aytganda amaliy psixologiya deb yuritamiz. Ikkinchidan, psixologik xizmat maxsus tashkilotlar tizimini ham belgilaydi. Shu xizmatga muxtoj bo‘lganlarga xizmat ko‘rsatadi. Psixologik xizmatni asosiy maqsadi odamlarga xizmat ko‘rsatish, odamlarni bunga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisoblanadi. Shunday qilib aytish mumkinki odamlarga maqsadga ko‘ra xizmat ko‘rsatishni “Psixologik xizmat ”deb ataladi http://fayllar.org Download 15.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling