Reja: Olmoshning ma’no turlari


Olmoshlarning ma’no turlari


Download 36.37 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi36.37 Kb.
#1377601
1   2   3   4
Bog'liq
OLMOSH, OLMOSHNING MA’NO TURLARI

Olmoshlarning ma’no turlari

1. Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigi qo`shimchalari qo`shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo`shimchasi –niki qo`shilganida esa, -n tushiriladi: men+ning=mening, sen+ni=seni, sen+niki=seniki. Ayrim vaqtlarda biz, siz, ular olmoshlari birlik ma’nosida ham ishlatiladi, bunda biz olmoshi kamtarlik, bajirilgan ishda o`zining rolini oshirmaslik kabi ma’nolarni ifodalaydi. Siz, ular esa hurmat ma’nosini bildiradi, bunda siz olmoshiga ko`plikni ifodalash uchun –lar qo`shimchasi qo`shiladi. Bu olmoshlarga egalik qo`shimchalari deyarli qo`shilmaydi. Kishilik olmoshlari gapda ega (Menkeldim), to`ldiruvchi (Sengaaytaman), qaratqich aniqlovchi (Uningukasikelibdi), ot-kesim (Mening do`stimsensan) vazifalarini bajaradi.


2. O`zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko`rsatish uchun ishlatiladigan o`z so`zidir. Bu olmosh narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o`z uyi, o`z ukasi. O`zlik olmoshi egalik qo`shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo`ladi: o`zim - men, o`zing - sen, o`zi - u. Bu olmosh kishilik olmoshlari bilan qo`llanganda, ularga ta’kid ma’nosini yuklaydi: men o`zim, sen o`zing.
O`zlik olmoshi turlanganda kelishik qo`shimchalaridan oldin egalik qo`shimchalari bo`lishi shart: o`ziga, o`zingdan va b. O`z olmoshi belgisiz kelishik ko`rinishida qo`llanishi mumkin: O`z uying – o`zingning uying.
3. Ko`rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko`rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o`sha, ana, mana, ana u yoki anovi, mana bu yoki manavi, ushbu (ko`tarinki, tantanali ma’no ifodalaydi). Ko`rsatish olmoshlari oldingi gap, gap ichidagi ma’lum bir so`z yoki so`z birikmasi o`rnida qo`llanadi va ularga ishora qiladi yoxud biror-bir so`zni aniqlab keladi. So`z ma’nosini aniqlab keluvchi bunday olmoshlar aniqlanayotgan so`zdan oldin keladi: o`sha odam.
Kishilik olmoshi u bilan ko`rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so`rog`iga (U keldi), ko`rsatish olmoshi u esa qaysi? so`rog`iga javob bo`ladi (U kishi keldi).U, bu, shu, o`sha olmoshlari jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga -day, -dek, -aqa, -cha qo`shimchalari qo`shilganda, qo`shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunday, o`shanday, uncha, shunaqa, o`shandek.
U, bu olmoshlari juftlanib har xil narsa va shaxs, unaqa-bunaqa tarzida belgining ortiqligi, uncha-muncha tarzida oz miqdor ma’nolarini ifodalaydi. Ko`rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to`ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o`qiydi) bo`lib ham kela oladi.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling