Reja: Ommabop nutq haqida tushuncha
Download 16.29 Kb.
|
ommabop nutq
Mavzu: Ommabop nutq. Reja:
Ommabop nutq haqida tushuncha Omma oldida ma’ruza o’qish shartlari Mashhur notiqlar hayotidan Nutqning quyidagi turlari farqlanadi: 1-ommabop nutq 2-ijtimoiy siyosiy nutq 3-targ’ibot tashviqot nutqi 4-akademik nutq 5-sud nutqi 6-so’z ustalari nutqi 1-ommabop nutq – tinglovchilarning, yoshi, kasbi, mutaxasisligi va ijtimoiy tabaqasidan qat’iy nazar barchaga tushunarli bo’ladi. Ommabop nutq tushunarli va ta’sirchan bo’lishi kerak ta’sirchanlikni ta’minlash uchun tilning tasviriy vositalaridan, ya’ni badiiy vositalardan foydalanish lozim. 2-ijtimoiy siyosiy nutq – rasmiy va hisobot shaklida bo’ladi. 3-targ’ibot tashviqot nutqi – biror bir muammoni ommaga singdirish, omma ongidagi tushunmovchilik, chalkashliklarga barham berish, ularni to’g’ri yo’lga boshlashdan iborat bo’ladi. 4-akademik nutq – ilmiy yoki o’quv-ilmiy mavzuga asoslangan bo’lib, uning maqsadi ana shu mavzuni tinglovchiga har tomonlama, chuqur tushuntirishdan iborat bo’ladi. 5-sud nutqi – sodir etilgan biror jinoyat yoki munozarali masala bo’yicha fikr bildirishdan iborat bo’ladi. So’zlar o’z ma’nolarida ishlatiladi va huquqiy atamalardan foydalaniladi. 6-so’z ustalari nutqi – muxlislarga yaxshi kayfiyat ulashish, ularning ko’nglini ko’tarishdan iborat. Asosan so’zlarning ko’chma ma’nolariga tayanadi. Biz aksariyat hollarda ikkilanib fikr bildirishga ojizlik qilamiz. Omma oldida hayajon bosib, o’z nuqtayi nazarini ifodalay olmaydiganlar ham bor. Ularda jo’yali fikr bo’lsada, ko’pchlik oldida bayon etishga ojizlik qilishadi. O’z davrining eng so’zamol vakillari ham faoliyatlarining boshlanish davrida hisobsiz qo’rquv va tortinchoqlikni boshidan o’tkazib qiynalganlar. Sababi, omma oldida nutq so’zlash doimo ma’suliyatli ish hisoblangan, ishga doir yig’ilish bo’lsa ham, hatto unda 10 tagina odam ishtirok etganida ham, qandaydir keskinlik, qandaydir ruhiy zarba, qandaydir hayajon bilan bog’liq holda kechgan. “Inson egallashi mumkin bo’lgan qobiliyatlar ichida uni qisqa fursatda martabaga erishtiruvchi va mashhur etuvchi omil, bu chiroyli so’zlashdan boshqa qobiliyat emas” degan edi AQSh senatorlaridan biri Chonsi Dyepyu. Amerikalik tadbirkor va ixtirochi Filipp Armor millionlarga ega bo’lganidan so’ng :”Men taniqli capitalist bo’lgandan ko’ra taniqli notiq bo’lishni afzal ko’raman” deb aytgan ekan. Insonlarning notiqlik san’atini o’rganmoqchiligining asosiy sababi: bu insonlarning bari ko’pchilik oldida sarosimaga tushmay, o’ylashni o’rganish va har qanday tinglovchilar huzurida ishonch bilan o’zini erkin tutgan holda so’zlashni o’rganishni istaydi. Bunday qobiliyatni egallash unchalik qiyin ish emas va bu qobiliyat faqat mashhur shaxslarga ato etilgan ham emas. Biz qachon so’zga chiqishimizdan qat’iy nazar, hamisha sarosimalikni nutqingiz boshida his etasiz, gapira boshlaganingizdan so’ng bir necha soniya o’tgach, u to’liq ravishda g’oyib bo’ladi. So’zga chiqishda o’ziga nisbatan ishon tayyorgarlik tufayli keladi. 30 daqiqa mobaynida o’tirib, nutq tayyorlashga aslo harakat qilmang(pirog). M’aruzani hafta oldin oling va uni kechasi ham kundizi ham o’ylab yetilib pishgun ga qadar miyada saqlang. Zahiradagi bilimlarni yarating ya’ni foydalanishingiz mumkin bo’lgan bilimlardan ko’proq ma’lumot to’plang bu odamga qo’shimcha kuch va o’ziga ishonch beradi. Download 16.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling