Reja: Optik nurlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Ёритгичларни турига караб танлаш ва жойлаштирш
Download 13.97 Kb.
|
2- маруза Светотехника
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektromagnit maydon to‘lqinlari va ularning umumiy spektri.
Ёритгичларни турига караб танлаш ва жойлаштирш
Elektromagnit maydon to‘lqinlari va ularning umumiy spektri. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, to‘lqin uzunligi 1 nm dan 1 mm gacha bo‘lgan qismi bu optik nurlardir. To‘lqin uzunligi 1 nm dan 380 nm gacha qismi ultrabinafsha nurlarni, 380 nm dan 760 nm gacha qismi ko‘rinuvchi nurlarni, 760 nm 1 mm gacha qismi infraqizil nurlarni tashkil etadi. Keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, ko‘rinuvchi nurlar optik nurlarning juda kichik qismini tashkil etadi. Lekin shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu ko‘rinuvchi nurlar insonning xayot faoliyatida juda katta rol o‘ynaydi, ya’ni borliqda turgan joyini aniqlaydi, xarakatda bo‘ladi, ranglarni farqlaydi, texnologik jarayonlarda ishtirok etadi. Insoniyat uchun kerakli bo‘lgan o‘simlik va xayvonot olamidan olinadigan yeyish maxsulotlari, energetika resurslari (ko‘mir, neft, gaz va x.kz.) bular xammasi ko‘rinuvchi quyosh nurlarining ta’sirini maxsulidir. Rasmning pastki qismida quyosh nurlarining egri chiziqlari va uning ko‘rinuvchi qismi ko‘rsatilgan. Amaliyotda ko‘rinuvchi nurlar spektri shartli 8 xil rangga bo‘lingan. Bularning taxminiy chegaralari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Ranglarning to‘lqin uzunliklari chegarasi. Bizni o‘rab turgan borliqda optik nurlar maydoni doimo mavjud bo‘lib, bu maydonni ta’siri nurlarning energiyasiga bog‘liqdir. Energiya qiymati W to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lib, u quyidagi formula bilan aniqlanadi: бунда: - планк доимийси, 6,62·10-34 Дж· сек; с – ёруғлик тезлиги, 3 · 1010 см· сек-1; - тўлқин узунлиги, нм (1.1) Ёруғлик тезлиги эканлигини инобатга олиб, формулани қуйидагича ёзиш мумкин: (1.2) бунда, v - нур частотаси, гц. Амалиётда кўпроқ оптик нурларнинг қиймати нурлар оқими F ёки нурлар қуввати билан аниқланади ва Вт билан ўлчанади. Elektronning yadrodan ajralish jarayoni energiyani sarflanishini talab qiladi, aksincha elektronni yadroga yaqinlashishi ortiqcha energiyani ajralishiga olib keladi. Neytral zarrachalarga tashqaridan ma’lum miqdordagi energiya olib kelinganda ular uni yutib o‘zlarini energiya zaxirasini oshiradilar. Bunday zarrachalar jonlantirilgan deyiladi. Bunday zarrachalar odatdagi sharoitda uzoq vaqt jonlantirilgan xolatda bo‘lolmaydilar. Yadrodan uzoqlashgan jonlantirilgan elektronlar ma’lum qisqa vaqtdan so‘ng yana o‘zlarining turg‘un orbitalariga qaytadilar. Bu davrda zarrachalar ortiqcha energiyani nurlanish ko‘rinishida chiqaradilar. Jonlantirilgan zarrachalardan energiya faqat aniq porsiyalarda ajralib chiqadi. Download 13.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling