Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yoshdoshish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
4. O’QITUVCHINING PEDAGOGIK XAYOLI, DIQQATNI TAQSIMLAY OLISH QOBILIYATI.
Pedagogik xayol – kishining o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyixalashtirishda qz ish harakatlarining natijasini oldindan kura bilishda namoyon bo’ladigan maxsus qobiliyatidir. Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan kelgusida Kim chiqishini ko’z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarning o’sib rivojlanishini oldindan ko’ra bilishida namoyon bo’ladi.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat muxim axamiyatga egadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T, 1997 y. 7-12 betlar.
- V.A.Kruteskiy. Pedagogik psixologiya asoslari. T, 1976 y. 296-300 betlar.
- M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o’qituvchisining psixologiyasi. T, 1999 y. 11-18 betlar.
- E.G’oziyev. Oliy maktab psixologiyasi. T, 1997 y. 94-98 betlar.
- www.pedagog.uz
- www.ziyonet.uz
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |