“Osnovnыe” bandini sozlashlarni bajarish
“Navigastiya” bandi yordamida test savollariga javob berish usullari sozlanadi. Bunda bazada
mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi savollar to‘plamiga javob berish, har bir
savolga to‘gri yoki noto‘g‘riligi haqida ma’lumot berish, javob berilmagan test savollari mavjud
bo‘lsada testni yakunlash imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini foydalanuvchiga ko‘rsatib ketish mumkin. Yoki test topshiruvchi bu xabarni testning
oxirida olishi ham mumkin
“Navigastiya” bandini sozlashlarni bajarish
“Rezultatы” bandi yordamida test natijasiga tegishli ma’lumotlarni sozlash imkoniyatini
beradi. Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki etarli ball to‘play olmasa, qanday
xabar chiqishi, javoblarni qog‘ozga chop qilish imkoniyatini sozlash mumkin. Bundan tashqari
test javoblarini test topshiruvchining elektron pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud.
“Rezultatы” bandini sozlashlarini bajarish
“Nastroyka pleera” bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi aniqlanadi.
“Nastroyka pleera” bandini sozlashlarini bajarish
Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol elektron testni saqlash
mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida joylashgan
“Publikovat” tugmasi
bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi. Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni
(bizning misolmizda ish stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolmizda Informatikadan test
savollari), fayl tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin. Fayl
tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. Shuning uchun bu
elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash Plaer dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
So‘ngra “Publikovat” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga
saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |