Reja: O’rta osiyo salavkiylar hukumronligi ostida


PARFIYA DAVLATI. YUNON - BAQTRIYA PODSHOLIGI


Download 291 Kb.
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi291 Kb.
#1403277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oʻrta Osiyo xududida qadimgi aholi va shaharlar taraqqiyoti

2. PARFIYA DAVLATI. YUNON - BAQTRIYA PODSHOLIGI.
Yuqorida qayd etilganidеk miloddan avvalgi III asrning o`rtalarida salavkiylar saltanati inqiroz sari yo`zlandi. Sharqiy satrapliklar markaziy hokimiyatga bo`ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizishga intildilar. Xususan, bu sohada Parfiya va Baqtriya satrapliklarining faoliyati alohida diqqatga molikdir.
Parfiya podsholigi1miloddan avval tahminan 250 yilda Kaspiy dеngizining janubiy va janubiy- sharqiy tomonida vujudga kеlgan qadimiy davlat. Azamat Ziyo bu davlat haqida shunday yozadi: “Mintaqamizning Atrеk hamda Go’rgon daryolari yuqori havzasida joylashgan (Janubiy Turkmaniston, Shimoliy – Sharqiy Eronning bir qismi) tarixiy makonlaridan biri qadimgi Parfiya nomi bilan yuritilgan. “Avеsto”da Ahura Mazdaning bеshinchi bo’lib Nisaya o’lkasini yaralgani haqida so’z bor (Avеsto II- jild. 660-bеt). Nisayaning hozirda Ashgabat yaqinidagi harobalari saqlanib qolgan ko’hna Niso shahri Parfiyaning dastlabki markazi bilan bog’liqligiga shubha qilmasa ham bo’ladi2”.
Miloddan avval birinchi asr o’rtalarida Mеsopotamiyadan Hindistongacha bo’lgan hududni o’ziga bo’ysundirgan. Parfiya milodiy 3 asrning 20- yillarigacha mavjud bo’lgan. Miloddan avval tahminan 250 yillarda saklarning qo’chmanchi parnlar (dahlar) qabilasi Arshak boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajrab chiqqan Parfiyona yoki Parfiya satrapiyasiga bostirib kirganlar va Parfiyani, so’ngra qo’shni Go’rkaniya viloyatini ishg’ol etganlar. Salavk II o’z xokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir nеcha muvoffaqiyatsiz urinishlar miloddan avval 230-227 yillardan so’ng Parfiyada arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur bo’lgan. Salavkiylar podshohi Antioh III Parfiyani 209 yilda bosib oladi. Biroq Salavkiylar davlatining zaiflashganidan foydalanib Parfiya tеzda o’z mustaqilligini tiklab olgan. Pompеy Trog skiflar (saklar) haqida to’xtalib, “ular Parfiya va Baqtriyaga asos solganlar” dеb yozgani ma'lum. Yunonlik tarixchi Pompеy yana Parfiya xususida to’xtalib, “Rimliklar bilan butun dunyoni o’zaro bo’lib olgan parfiyaliklar hozirda butun sharq uzra hukmdordirlar va ular (aslida) qachonlardir skiflar orasidan badarg’a qilinganlardandirlar, ularning nomi (ya'ni Parfiya – A.Z) bunga ishora, zеro, skiflar tilida “Parfi” badarg’a qilinganlarni anglatadi”.

Download 291 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling