Reja: O`tkazgichlar, yarimo`tkazgichlar va dielektriklar. Elektr tokining mavjud bo`lish sharti. Tashqi kuchlar


Download 1.67 Mb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1541761
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zgarmas tok qonunlari (2)

-I3R3 + I5R5 + I1R1=0 (6.34)
I4R4 - I2R2 - I5R5=0 (6.35)
IR + I3R3 + I2R2= (6.36)

Bundagi R - FE kontur qismining to`la qarshiligi, o`tkazgich va manbaning ichki qarshiligini o`z ichiga oladi. (6.30 - 6.33) va (6.34 – 6.36) tenglamalarning soni noma`lum soniga teng. SHuning uchun ularni birgalikda echib I1, I2, I3, I4, I5 kattaliklarning toklarni aniqlashimiz mumkin. Biz I5 =0 bo`lgandagi ko`prikning muvozanatda bo`lish shartlarini aniqlaymiz. I5 =0 bo`lganda (6.31) va (6.33) lardan
I1=I4 va I3=I2
bo`ladi. (6.34 va 6.35) lardan esa
I1 R1=I3R3 va I2R2=I4R4
Ularni hadma-had bir-biriga bo`lsak hosil bo`ladi. Odatda R1, R2, R3, R4, larni Uitston ko`prigining elkalari deyiladi. Elkalardan biri noma`lum bo`lsa uni qolganlari orqali aniqlash mumkin. Ko`prikning ABC qismi reoxord deyiladi va u solishtirma qarshiligi katta bo`lgan bir jinsli simlardan yasaladi. Shuning uchun
R1/R2 ni yoki R3=R2 (6.37)
bilan aniqlashimiz mumkin. Bunda reoxordning AB qismining uzunligi 3, BC qismining uzunligi esa 2.

Xulosa:
Oʻzgarmas tok — tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.
Om qonuni haqida qisqacha tushuncha
Om qonuni – o`tkazgichda o`tayotgan o`zgarmas tok kuchi bilan uchlaridagi potensiallar farqi V ning o`zaro bog`liqligini ifodalovchi qonun. Formulasi quyidagicha: V=IR Om qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan ko`rinishi Krixgof qoidalari bilan tushuntiriladi. Om qonuni 1826-yilda Olmon fizigi va matematigi Georg Om tomonidan o`rganilgan bo`lib, 1827-yili nashr etilgan va uning nomiga atalgan.

Foydanilgan adabiyotlar:
1. Fizika (L.Jdanov, G.Jdanov)
2. Fizika. 1-kitob. Mexanika, molekulyar fizika va issiqlik (M.O'lmasova va b.)
3. Fizika. Mexanika bo'limi (B.Otaqo'ziyev, Yu.Po'latov va b.)
4.fayllar.org sayti


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling