Reja: O'zbek Milliy Qandolat Mahsulotlari Milliy karamel ishlab chiqarish «Burama qalamcha» karameli


Download 63.24 Kb.
bet2/11
Sana04.04.2023
Hajmi63.24 Kb.
#1325173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
orif aka3

Mavzu: “Buxorcha karamel”
Reja:

  1. «Buxorcha» karameli

  2. «Obidandon» karameli

  3. «Rang-barang» karameli


«Buxorcha» karameli sharcha yoki to'g'riburchak shaklda, cho'zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan karamel mas-sasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammida kamida 100 dona karamel mavjud. Namligi 2,9 %. O'ralgan va o'ralmagan holda ishlab chi­qariladi. O'ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.
«Burama qalamcha» karameli uzunligi 6—8 sm buralgan tayoqcha shaklida, cho'zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammi ka­mida 100 donadan iborat. Namligi 2,8%. O'ralgan va o'ralma­gan holda ishlab chiqariladi. O'ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqla­nadi.
«Obidandon» karameli to'g'ri burchak shaklida bo'lib, cho'zil­magan, bo'yalgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrami taxminan 100 dona keladi. Namligi 2,0%. O'ralgan va o'ralma­gan holda ishlab chiqariladi. O'ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.
«Rang-barang» karameli to'g'riburchak, dumaloq, ovalsi-mon yoki uzunchoq shaklda, cho'zilmagan, turli ranglarda bo'yalgan, har xil essensiyalar bilan xushbo'ylantirilgan kara­mel massasidan tayyorlanadi. Karamel kamida to'rt xil rangda bo'yalgan bo'lishi shart. 1 kilogrammida kamida 100 dona karamel mavjud. Namligi 2,3%. Karamel ochiq, yuzasiga shakar sepilgan holda ishlab chiqariladi.
«Akkoli» karameli chetlari o'tkir qiya qirqilgan 2—4 sm uzunlikdagi qalamchalar shakliga ega. Cho'zilgan karamel mas­sasidan tayyorlanadi. Xushbo'ylantirish uchun turli essensiyalar yoki ziravorlar (asosan yalpiz moyi) qo'shiladi. 1 kilogrammi 80—100 donadan iborat. Namligi 4%.
«Xiloli» milliy karameli chetlari o'tkir, qiya qirqilgan 6—8 sm uzunlikdagi qalamchalar shakliga ega. Qovurilgan kunjut mag'zi bilan aralashtirib, cho'zilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammi 60—100 dona keladi. Namligi 2,5%.
Milliy karamel ishlab chiqarishrimg о 'ziga xos xususiyatlari. Milliy karamel ishlab chiqarishda turli xom ashyolar qoilanila-di: shakar, kraxmal patokasi, oziqaviy limon kislotasi, xushbo'y essensiyalar, oziqaviy bo'yoqlar; ichimlik suvi va milliy karamel retsepturalari bo'yicha boshqa xom ashyolar.
Foydalaniladigan xom ashyolarning sifati tegishli me'yoriy hujjatlarning talablariga javob berishi kerak.
Milliy karamel ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: xom ashyolarni tayyorlash; karamel qiyomini tayyorlash; karamel massasini tayyorlash; karamel massasiga ishlov berish; karamelga shakl berish; karamelni sovutish; karamelni o'rash yoki zich idishlarga qadoqlash; karamel yuzasiga himoyalash maqsadida ishlov berish; karamelni joylash.
Xom ashyo ishlab chiqarishga yuborilishidan oldin qoilani-lishi uchun qulay holga keltirilishi va begona aralashmalardan tozalanishi kerak.
Tayyorlangan xom ashyolar tarozilarda tortiladi, maxsus o'lchagichlarda o'lchanadi, uzlukli yoki uzluksiz ishlaydigan dozatorlar yordamida dozalanadi.

Download 63.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling