Reja: O'zbek Milliy Qandolat Mahsulotlari Milliy karamel ishlab chiqarish «Burama qalamcha» karameli


Download 63.24 Kb.
bet6/11
Sana04.04.2023
Hajmi63.24 Kb.
#1325173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
orif aka3

Karamel massasiga ishlov berish. Milliy karamelning nomi-ga qarab karamel massasiga ishlov berish quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi: sovitish, bo'yash, nordonlashtirish va xushbo'ylantirish; aralashtirish; cho'zish; rangli karamel mas­sasini tayyorlash; karamel batonini hosil qilish.
Karamel massasini sovitish, ularni bo'yash, nordonlashti­rish va xushbo'ylantirish jarayonlari barcha milliy karamellar uchun bir xilda amalga oshiriladi.
Karamel massasini sovitish harorati 5—10°C bo'lgan, ichida sovuq suv aylanib turuvchi sovitish stollarda amalga oshiriladi. Tayyor karamel massasi yuzasi o'simlik yog'i bilan yog'langan sovitish stoliga qo'yiladi va 2—5 minut mobaynida 90—95°C haroratgacha sovitiladi.
Karamel massasini bo'yash, nordonlashtirish va xush­bo'ylantirish uning yuzasiga bo'yoq, kislota va essensiyani o'lcha-gichlar yordamida solish orqali amalga oshiriladi. Har 18—20 kilogramm karamel massasiga 2 kilogrammgacha karamel massasining mayda bo'lakchalari va massaning ezilganini solishga ruxsat beriladi. Karamel massasi 90—95°C gacha sovigandan keyin aralashtiriladi, yana 80—85°C bo'lguncha sovitiladi. Keyin "Obi-dandon" va "Rang-barang" karamellarini ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan karamel massasi bosib aralashtiriladi. "Buxorcha" va "Burama qalamcha" karamellari uchun mo'ljallangan karamel massasi esa cho'ziladi.
Bosib aralashtirish jarayonida karamel massasi ko'p marta aralashtiriladi va metall taxtacha yordamida bosiladi. Bunda massaga metall taxtacha yordamida shunday ishlov berish kerakki, karamel massasining pastki qatlamlari massaning ichiga o'ralsin. Bosib aralashtirish jarayoni karamel massasida mavjud barcha xom ashyolarning butun massa bo'ylab bir tekis tarqalishini ta'minlash, karamel massasiga solingan chiqindilarni yumshatish, massada mav­jud havo pufakchalarini yo'qotish va butun massa bo'ylab bir xil haroratni ta'minlash uchun amalga oshiriladi.
Karamel massasini cho'zish cho'zuvchi mashinalar yorda­mida yoki qo'lda amalga oshiriladi. Cho'zish jarayonida massa o'z tiniqligini yo'qotadi vaoq rangli yaltiroq ipaksimon tusgakiradi. Massaga ko'proq miqdorda havo birikadi va uning nisbiy zichligi 1,54 dan 1,0—1,1 gacha pasayadi.
Turli rangga bo'yalgan chiziqlarni hosil qilish jarayoni "Buxorcha" va "Burama qalamcha" karamellarini tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi. Buning uchun karamel massasini sovitish paytida u bir-biriga teng bo'lmagan ikkita bo'lakka bo'li-nadi. Kichik bo'lak yana bir nechta bo'lakchalarga boiinadi, turli bo'yoqlar bilan bo'yaladi va xushbo'ylantiriladi. Karamel mas­sasining katta bo'lagi cho'ziladi, mayda bo'yalgan bo'lakchalari esa bosib aralashtiriladi va ularning har qaysisiga silindrsimon shakl beriladi.
Karamel massasiga konussimon shakl berish dumalatuvchi mashinada bajariladi. Shakl berish jarayoni qo'lda amalga oshirilsa,
karamel massasiga dastlab silindrsimon, undan keyin konussimon shakl beriladi.
Buxorcha" va "Burama qalamcha" karamellari tayyorlashda cho'zilgan karamel massasiga silindr shakli beriladi va hosil bo'lgan silindrning uzunasi bo'ylab turli rangga bo'yalgan va xushbo'ylantirilgan silindrsimon karamel massasining bo'lak-chalari yopishtirilib chiqiladi. Keyin silindrsimon massaga konussimon shakl beriladi.

Download 63.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling