O’zbek adabiy tilida bosh harflar imlosi va ko’chirish qoidalari
(4-amaliy mashg‘ulot, 2 soat)
Reja:
Bosh harflar imlosi
Ko’chirish qoidalari
Imlo qoidalariga sharhlar
Tayanch so‘z va iboralar: kishi ismi, ota ismi, familiya, taxalluslar, joy nomlari, yulduzlar va sayyoralar nomlari, uy hayvonlari nomlari, madaniy-maishiy ob’yekt nomlari, badiiy asar nomlari, tarixiy voqea, bayram nomlari; bo’g’in ko’chirilishi, o’zlashma so’zlarda bo’g’in ko’chirilishi
Nazorat uchun savollar:
“O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror qachon qabul qilingan?
2. “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” necha banddan iborat?
3. “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” qanday bo’limlarni o’z ichiga olgan?
4. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli nomlari qanday harf bilan yoziladi?
5. Gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo’yib sanalsa, bunday qismlar qanday harflar bilan yoziladi?
6. Madaniy-maishiy va savdo korxonаlariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, transport vositalari, sport inshootlariga qo’yilgan nomlar qanday harf bilan boshlanadi?
7. Davlatning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi qaysi so’zlar bosh harf bilan yoziladi?
Topshiriqlar:
1-topshiriq. Muhim tarixiy sana va bayram nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf yoziladi. Ushbu jumla haqida o’z mulohazalaringizni bildiring
2-topshiriq. O’zbekiston Qahramoni, “Oltin Yulduz” medali. Ushbu kabi jumlalari tarkibidagi har bir so’z nima uchun bosh harflar bilan yozilmoqda? Izohlang.
3-topshiriq. Mukofot, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so’zgina bosh harf bilan yoziladi. Ushbu qoidagi mos keladigan misollar yozing.
4-topshiriq. Bosh harflardan yoki bo’g’inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko’pxonali raqamlar satrga satrga bo’lib ko’chiriladi. Bu qoidani misollar bilan izohlang.
5-topshiriq. Yangi o’zbek lotin alifbosi haqida gapiring
Do'stlaringiz bilan baham: |