Reja: O‘zbek yozuviga vergulning kirib kelishi
Download 19.38 Kb.
|
12-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuqtali vergul
12-mavzu: Vergul va nuqtali vergul belgilarining qo‘llanilishi Reja: O‘zbek yozuviga vergulning kirib kelishi. Vergul qo‘llanish o‘rinlari. Nuqtali vergul va uning qo‘llanish o‘rinlari. Nuqtali vergul va uning qo‘llanish o‘rinlari: Mazmun va gramatik jihatidan bir-biriga nisbatan mustaqillikka ega bo‘lgan qo‘shma gap komponentlari, sodda gap qismlari o‘rtasida nuqtali vergul qo‘llaniladi: yulduzlar hali charaqlab turar, qirchillama sovuq; lekin sharqdan osmon yorishib kelmoqda edi. (B.P.) Eshon Saidani qiyg‘os pishgan olchalar orasidan oqarishib ko‘ringan binoga tomon boshlab bordi; chamadonchi hujraning ostonasiga qo‘yib, yugurganicha qaytib ketdi. (A.Q.) Gap qismlari; bo‘laklari gruppalanib, uyushib bog‘langanja ular o‘rtasida nuqtali vergul qo‘llaniladi: Derazalarga ip bilan osilgan oq krepdeshni pardalar salqini; derazaning chap tomoniga qo‘yilgan chiroyli yozuv stoli ustida kattakon sariq samovar, jumragiga rang-barang qog‘oz gullar tiqilgan bir talay choynak, qopqog‘i tob tashlagan qizil patefon; stolga tirab qo‘yilgan qimmatbaho trilyaj, uning issiq choynak izlari qolgan tumbochkasida kerosin lampa, chaqilgan gugurt cho‘plari, kattakon qizil sovun... (A.Q.) Otam... qoziqning uchi ham bo‘lma, boshi ham bo‘lma, o‘rtasi bo‘l; uchi bo‘lsang, yerga kirasan, boshi bo‘lsang to‘qmoq yeysan deganlar. (A.Q.) Raqam yoki harflar bilan ifodalangan numerativlardagi gaplar oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi: Yo‘lchi obraziga xarakteristika: a) Yo‘lchi kamtarin, sodda yigit; b) Yo‘lchi ongining shakillanishi; v) Yo‘lchi – xalq qo‘zg‘olonining rahbari. Nuqtali vergul — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (;). Oʻzbekcha matnlarda 19-asr oxirlaridan qoʻllana boshlagan. Hozirgi oʻzbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi: bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibida maʼno jihatdan bir-biriga yaqin boʻlmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi); gapdagi uyushiq boʻlaklar murakkab boʻlib, ular maʼlum guruhlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bogʻimizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va oʻqituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi); yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dare jad-valini tuzish; b) oʻqituvchilarni orox,lantirish; v) grafikka rioya qilish va boshqalar); murakkab (aralash) qoʻshma gaplar orasida (Yer koʻkarmas, el yashnamas, boʻlmasa koʻk tomchisi; Qaydan olsin sheʼrni shoir, boʻlmasa ilhomchisi (A. Toʻqay). Download 19.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling