Reja: O’zbekiston hududida xristianlikning tarqalishi


Download 442.74 Kb.
bet2/10
Sana30.10.2021
Hajmi442.74 Kb.
#169663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
pravoslavlik dinining Markaziy Osiyoga kelishi

2 .Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav metropoliyasi bo’lgan.

XIX asrning 70-yillari O’rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar: masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo’ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g’arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi, ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo’ldi. Bu, o’z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30 yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav to’g’ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub bo’lgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub edilar.

Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochishga qaror qilindi. 1880-yillarga kelib, Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi. 1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Vernыydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi.

Cherkovlar soni 1930-yillarga qadar O’zbekiston hududida O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlariga nisbatan ko’p edi. 1920-40-yillarda O’rta Osiyo va Qozog’istonda xristian diniga mansub turli etnik guruhlar ko’payib bordi. Ikkinchi jahon urushi va undan so’ng O’zbekistonga Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldova va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan ko’plab aholi evakuatsiya qilindi, pravoslaviega e’tiqod qiluvchi aholining soni taxminan 1 millionga yetdi.

1990 yil 20 iyuldan O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi yepiskop sifatida, 1991 yil 23 fevraldan e’tiboran arxiepiskop Vasiliy Zaxarovich Ikim (ruhoniylik ismi – Vladimir) rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Uning tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi O’zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o’zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o’quv yurtiga ega.

3. Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo‘nalishi vakillarining kirib kelishiga birinchi jahon urushida asirga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va boshqa yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga surgun qilinishi sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzilishi hamda cherkovlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1917-yilda qurib bitkazilgan. Sovet hukumatining din va dindorlarga nisbatan shafqatsiz munosabati boshqa din vakillarini ham chetlab o‘tmadi. 1920-yilda birinchi bo‘lib Rus pravoslav cherkoviga qarshi hujum boshlandi. Minglab pravoslav ruhoniylari otildi, qamoqqa olindi va surgun qilindi. Diniy xizmatchi va rohiblar qattiq tazyiqqa uchradi. Ko‘plab ibodatxonalar yo‘q qilindi yoki yopildi.




Download 442.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling