Reja: O’zbekiston hududida xristianlikning tarqalishi


yildan O’zbekiston hududida Yevangelchi xristian-baptistlar (YEXB) jamoasi sifatida qayd etildi, 1948 yil oktyabr oyidan esa T. Pen


Download 442.74 Kb.
bet7/10
Sana30.10.2021
Hajmi442.74 Kb.
#169663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
pravoslavlik dinining Markaziy Osiyoga kelishi

1946 yildan O’zbekiston hududida Yevangelchi xristian-baptistlar (YEXB) jamoasi sifatida qayd etildi, 1948 yil oktyabr oyidan esa T. Penьkov Butunittifoq YEXB kengashining O’zbekistondagi vakili etib tayinlandi. 1930-yillarga kelib baptistlarning 6 jamoasi rasman qayd etildi. 1958 yilga kelib O’zbekistonda baptistlar soni ikki ming kishini tashkil etdi. Shu davr ichida norasmiy 32 ta jamoa faoliyat ko’rsatgan. 1964 yilda bu jamoalar norasmiy O’rta Osiyo Yevangelchi xristian baptistlar cherkovlari kengashi markazini tuzdilar, keyinchalik «Osiyo janubi bo’yicha baptist birodarlar kengashi» deb nomlandi. 1992 yil noyabr oyida Moskvada bo’lib o’tgan baptistlarning 1-qurultoyida Yevangelchi xristian baptistlar ittifoqi federatsiyasi Yevro-Osiyo YEXB ittifoqi nomiga o’zgartirildi. YEXBIF respublikaning 8 ta hududiy tuzilmasida o’zining cherkovlariga hamda markaziy boshqaruv organiga ega.

O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan To’liq Injil xristianlarining (Pyatidesyatniklik) asrimiz 20-yillari oxirlarida Toshkent shahrida birinchi jamoalari tuzildi. 30-yillarga kelib ularning soni 950 kishiga yetdi. Ular tashkilot sifatida qayd etilmagan bo’lsalar-da, Toshkent jamoasi markaziy o’rin tutdi. 1945 yilga kelib baptistlar va pyatidesyatniklar birlashishga qaror qildilar, lekin bu ish to’liq amalga oshmay qoldi. Mazkur tashkilot 1992 yildan e’tiboran rasmiy faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Respublikamizda mavjud bo’lgan lyuteranchilik – lyuteranlar cherkovlari tomonidan e’tirof qilingan ta’limotdir. U protestantizmdagi eng yirik yo’nalishlardan biri hisoblanib, tarafdorlari taxminan 75 million kishini tashkil etadi. Lyuteranlar diniy ta’limoti XVI asrda Yevropa Reformatsiyasida M. Lyuter va uning tarafdorlari, birinchi navbatda, Melanxtonning kuch-g’ayrati bilan qaror topdi. 1989 yildan e’tiboran Rossiya, Ukraina, Qozog’icton va O’rta Osiyodagi Yevangelchi-lyuteranlar cherkovi tarkibiga birlashtirilib qayd etildi. Hozirgi vaqtga qadar uning rahbari Georg-Fridrix-Karl Krechmar hisoblanadi. Lyuteranlarning oliy huquqiy organi Bosh sinoddir. Mazkur cherkov MDH mamlakatlarida 5 yeparxiyaga bo’lingan bo’lib, uning markazlari Moskva, Omsk, Odessa, Almati hamda Toshkentda joylashgan. Yevangelchi-lyuteranlar O’zbekiston hududida 1877 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 1884 yildan lyuteranlar ibodatlarini rasman amalga oshirganlar. 1890 yilda arxitektor A.L. Benua rahbarligida boshlangan cherkov qurilishi 1896 yilning dekabrь oyiga kelib nihoyalandi.

O’zbekistonda yana bir cherkov Novoapostollik cherkovi bo’lib, u xristian dinining protestantlik yo’nalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi O’zbekistondagi faoliyatini 1992 yildan boshlagan bo’lib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida ro’yxatdan o’tgan. O’zbekistondagi Novoapostol cherkovlari Berlin-Brandenburg okrugi tasarrufidadir. Uning apostol-prezidenti Frits Shreder.


Download 442.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling