Mavzu: Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi Reja


Download 48 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi48 Kb.
#152538
Bog'liq
ashtarxoniylar davlati


Mavzu: Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi

Reja:
I. Kirish.

1. Ashtarxoniylar haqida.

Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi.

Yer egaligigi munosabatlari.

Dehqonchilik va chorvachilik.
Hunarmandchilik va savdo.

Q

Ashtarxoniylar


ozoq sultonlarinin glashkari Toshkent bilan Samarqandni egalladilar. Buxoroning o’zi bo’lsa, ikki oy davomida qamal qilindi. Xorazm esa mustaqil davlat bo’lib oldi. Ana shunday og’ir sharoitda Buxoroning oliy tabaqalari kelib chiqishi Ashtarxon (Hojitarxon) lik bo’lgan Jonibek sultonni taxtga o’tkazishga qaror qildilar. Yangi sulola Ashtarxoniylar nomini oldi. Ashtarxoniylar Hojixon naslidan bo’ib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hojitarxon, Ashtarxon) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukumronlik qilgan.

A
Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi


shtarxoniylar hukmronligi davrida ham shayboniylar davrida amalda bo'lgan davlat lavozimlari saqlanib qolgan. Shunday bo’lsada, ashtarxoniylar davrida ba'zi davlat lavozimlari mavqeida o’zgarishlar sodir bo'lgan.

Masalan, XVI asrda otaliq lavozimida ishlagan amaldorning vazifasi joylardagi boshqaruv ishi bilan bog'liq bo'lgan. Ashtarxoniylar davrida esa otaliqning markaziy hokimiyatdagi mavqei kuchaygan. Xususan, Abdulazizxon (1645—1680) poytaxtdagi otaliq vazifasiga Yalangto'shbiyni tayinlagan.

Subhonqulixon davrida eng muhim harbiy maqsadlarni ro'yobga chiqarish vazifasi otaliqqa yukiatilgan. Bora-bora otaliq amirlarning amiriga aylangan.

Ashtarxoniylar davrida saroy kutvoli davlat lavozimi joriy etilgan. U mamlakatda davlat mablag'i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish va obodonchilik ishlariga javobgar bo'lgan.

Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hikomlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurol-yarog’lari, zambaraklar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o’ta zayiflashishiga olib keldi.

Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning ilgargi asrlarda amalda bo’lganidek, mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqv yerlari shakllari mavjud edi.

Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon hazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlarib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar.

Xon davlat tanazzulidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qisim boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi.

Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sh yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Xon ayrim shalarga hukumdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer – mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular “Mulki xurri xolis” deb atalardi.

Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish hollari ham yuz berdi. Xususiy mulk egalri u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, katta daromad olardilar.

Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan u yerlar masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi.

Ko’chmanchi chorvador qabilalar ham katta-katta yerlarni egallab, o’troqlashib dehqonchilik bilan shug’illanadigan bo’ldilar. Natijada Q’ng’irot, Mang’it, Nayman, Do’rmon va boshqa aholi yashaydiganyirik manzilgohlar vujudga keldi. Barcha mulk shakillariga xos xususiyat shunda ediki, ularda yersiz kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Buxoro xonligidagi yerga egalik qilishning bunday tartibi oqibatida:

- qishloq xo’jaligidan tushadigan daromadlarning oldida shaxslar qo’lida to’planib borishiga;

- xon xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib, davlatning kuchsizlanishiga;

- yerda ter to’kib ishlovchi, mahsulot yetishtirib beruvchi mehnatkash aholi moddiy ahvolining og’irlashuviga olib keldi.

Siyosiy parokandalik, tinimsiz davom etgan ichki kurashlar, shahar hayotining so'nishi, oshirib yuborilgan boju xirojlar natijasida aholining xonavayron bo'lishi, tashqi hujumlar, talon-torojlar natijasida vohalarning xarob holga kelib qolishi, savdo karvonlarining g'orat qilinishi ashtarxoniylar hukmronligi davrining o'ziga xos xususiyatlaridandir. To'g'ri, Imomqulxon bu holatning oldini olishga harakat qilgan. Chunonchi, u 1614-1615 - yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho'liga kanal qazittirgan. 1633-1634 - yillarda esa Qo'shqo'rg'onda kanal qazittir­gan. Lekin, sun'iy sug'orish qurilislilari ko'lami XVI asrdagidek bo'lmagan. Natijada, XVII asr ikkinchi yarmiga kelib mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tuta boshladi. Qishloq xo'jaligi inqirozga uchradi, sug'orish tarmoqlari izdan chiqdi.

Buxoro xonligida g'alla ekish kamayib ketdi. Chunki, yer egasi oldin dehqondan hosilning uchdan bir qismini oladigan bo'lsa, endi uchdan ikki, to'rtdan uch qismini oladigan bo'lib qoldilar. Dehqon ziroatkorlikdan hech naf ko'rmadi. Muhammad Badi' Samarqandiy istehzo bilan «sudxo'r bir kishiga bir tanga bersa, uni yetti tanga qilib qaytarib olardi», deb yozadi. Yer egalarining, amaldorlarning o'zboshimchaligi chegara bilmay qoldi. Jamoa yerlari — yaylovlar dushman otlari tuyog'i ostida qoldi; jamoaga tegislili ekin yerlar talon-toroj qilindi.

Hunarmandlar ham o'z mahsulotlarini sotishda bojdan tashqari turli oliq-soliqlar to'lashga majbur etildi.

Amaldorlardan saroyga peshkash yoki hadyalar keltirish ham barham topdi.

Natijada, yuqori mansab egalari qo'lida katta-katta yer-mulklar jam bo'la boshladi. Masalan, Samarqand viloyati hokimi Yalangto'shbiy, Ollohberdibiy kabilar qo'lida ulkan va bepoyon ekin yerlari to'plandi. Xon ulardan xiroj ham olmay qo'ygandi. Xazinasi bo'shab qolgan xon o'z yerlarini sotuvga qo'yishga majbur bo'ldi.

Ruhoniy katta yer egalarining mavqei ham o'sdi. Farg'ona va Toshkentda ular hatto hokimiyatni ham o'z qo'llariga oldilar.

Ana shu ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, ba'zi viloyatlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va pul munosabatlari rivojlanishda davom etdi. Sayido Nasafiyning e'tirofiga ko'ra, Buxoro xalqi 200 xil turli kasbu hunar sohibi bo'lgan. Bunday holni mamlakat chekkalaridagi shaharlardagina kuzatish mumkin edi. 1670-1680 - yillardagi jung'orlar hujumi va talon-torojlari oqibatida Zarafshon vodiysi, xususan Buxoro va Samarqand xarobazorga aylandi.

I
Xalq

qo’zg’alonlari
chki va tashqi dushmanlarga qarshi tinimsiz urushlar olib borish katta mablag' talab etardi, albatta. Ubaydullaxon aholidan yig'iladigan soliqlarni 4 barobarga ko'paytirdi. Natijada, xalq xonavayron bo'ldi. Ana shunday bir sharoitda xon pul islohoti o'tkazdi. Ubaydullaxon davrida tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tanga ishlatilardi. 1708-yilda esa bu tangalarning bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi. Bu hol yangi pulning tarkibidagi kumush miqdorini 9 foizga tushirib qo'ydi. Shunday bo'lsada, yangi tanga avvalgi eski tangaga qiymat jihatdan teng deb belgilandi. Amalda esa pulning qadri 4 marta kamaygan edi. Ubaydullaxonning pul islohotidan ko'zlagan maqsadi xazinani to'ldirish orqali markaziy hokimiyatning viloyatlardan keladigan soliq tushumlariga qaramhgini pasaytirish edi. Biroq, ko'zlangan maq§ad ro'yobga chiqmadi. Tanga tarkibida kumush foizining kamayishi do'kondor va hunarmandlarning keskin noroziligiga sabab bo'ldi. Endi ular o'z mahsulotlarini sotmay qo'ydilar. Savdo ishlari susaydi. Oqibatda, mamlakat iqtisodiy hayoti inqlrozga yuz tutdi.

Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» asarida «oddiy xalq va kambag'allar mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo'ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdilar», deb yozilgan edi. Bunday ahvolga chiday olmagan xalq qo'zg'olon ko'tardi. Qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirildi.

Ubaydullaxon markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida hatto o'sha davrning eng ta'sirchan kuchi - yirik yer egalari hamda Jo'ybor shayxlarining ta'sirini kamaytirishga ham uringan edi. Ubaydullaxon ularni soliq to'lamaslik imtiyozidan mahrum etdi. Natijada, ular Ubaydullaxonning eng xatarli dushmaniga aylandilar.

Ayni paytda, Ubaydullaxon tanhodorlarni o'z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etdi; soliq va majburiyatlar miqdorini ko'paytirdi.



Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi. Har bir viloyat hokimi mustaqil bo’lishga intildi. Natijada, Ubaydullaxonga qarshi fitna uyushtirildi va 1711-yilning 16-martida u o'ldirildi. Fitna ishtirokchisi - Ubaydullaxonning inisi Abulfayzxon bo'lib, fitnaning hamma ishtirokchi va ijrochilarini saxiylik bilan mukofotlagan. Ular katta-katta lavozim egalari bo'ldilar. Ubaydullaxon va yaqinlari, amaldorlarining mol-mulklari talangan, o'zlari esa qatl etildi. Shunday qilib, parokandahkka qarshi, oliy hokimiyatni kuchaytirish va mamlakat birligini ta'minlash uchun qat'iyatlik bilan kurashgan Ubaydullaxonning hukmronligi fojiali yakunlandi.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling