Toshkent kimyo texnalogiyalar instituti
Download 48.5 Kb.
|
jasur
TOSHKENT KIMYO TEXNALOGIYALAR INSTITUTI Fakultet: Menejment va kasb talimi Mustaqil ish Mavzu: Oziq ovqat tovarlari sifatini baholash fanining ahamiyati va dolzarbligi. Bajardi: C1-19 guruhi talabasi Qudratov J Qabul qildi: Raximov D Toshkent-2023
Tovarlar sifatini baholash fan sifatida. Tovarlar sifati haqida tushuncha. Sifat ko‘rsatkichlari. Tovarlarga qo‘yiladigan talablar. Sifatni shakllantiruvchi omillar. Tovarlar sifatini baholash fan sifatida. Tovar sifatini baholash fan sifatida 1851 yil Fransiyada, 1890 yil Italiyada, 1891 yil Belgiyada va Angliya, Avstriya, Shvetsariya oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari sifatini soxtalashtirish ommaviy tu solgan davrda rivojlana boshladi. O‘sha davlatlarda sifati soxtalashtirilgan tovarlar ishlab chiqarilgan va sotuvga chiqarilgan xolatlar aniqlanganda ishlab chiqaruvchilar jinoiy javobgarlikka tortilganlar, mol-mulklari davlat hisobiga o‘tkazilgan. Yuqorida qayd etilgan davlatlarda XX – asr boshlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun chiqarilgan. Sovetlar davlatli parchalangandan so‘ng Rossiyada iste’molchilar huquqlarini himoyalovchi tovarlar sifatini soxtalashtiruvchilar to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar sifatini soxtalashtirish, keskin ko‘payganligini va bunga javoban jamiyatga ko‘plab tovarshunos kadrlarni yetkazib berish bilan bir qatorda iste’molchilarni yetarli bilimga ega bo‘lishlarini va o‘z haq-huquqlarini himoya qilishga chaqiriradi. Tovarlar sifatini baholash fani eng ustuvor yo‘nalishlardan biri tovarlar sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi salomatlikka va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi to‘ldiruvchilar (komponentlar) haqida tushuncha beradi. Sun’iy mahsulotlar, xomashyolar tovarlar sifatini birmuncha yaxshilasa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Albatta bu yerda sifatni to‘g‘ri baholash har taraflama standart talablariga javob berishi, normativ-texnik xujjatlarga rioya qilgan xolda amalga oshirishili lozim. 2.Tovarlar sifati haqida tushuncha. Avvalo tovar deb nimaga aytilar edi, shu haqda tashkilotlardagi tushunchani xotiramizda namoyon qilamiz. Tovar sifati, sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsulotiga aytiladi. Tovarlar ishlatilishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: xalq iste’mol tovarlari, agra sanoat va qurilishi mahsulotlari, ishlab chiqarish-texnik tovarlarga bo‘linadi. Iste’molchilar ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan tovarlar xalq iste’moli tovarlari deyiladi, ishlab chiarish jarayonida xom ashyo va mehnat vositalari sifatida ishlatiladigan tovralar esa ishlab chiqarish-texnik tovarlar deyiladi. Tovarlar iste’mol va almashuv qiymatiga egadirlar. Tovarning iste’mol qiymati konkret sarf harajatlarni o‘z ichiga olsa, almashuv qiymatini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Yuqorida aytganlarimiz, tovarni tovar ekanligini, qiymatini shakllantiruvchi, talab va taklifni namoyon qiluvchi eng asosiy bu sifat degan ko‘rsatkich bo‘lib xisoblanadi. Tovar sifati deb, uni nominal sharoitda iste’mol qilishda yoki ishlatishda xaridorlar ayrim ehtiyojlarining darajasiga aytiladi. Tovarning ana shu ko‘rsatkichi yaratilish davrida ishtirok etuvchi har bir jarayon egasini eng asosiy maqsadi bo‘lishi shart. Tovarning umumiy hayotiy davri to‘rt bosqchdan iborat bo‘ladi: ilmiy tadqiqot va loyihalash, tajriba namunasi, ishlab chiqishga tadbiq etish va sotuvga chiqarish, ishlatish (iste’mol qilish). Birinchi bosqichda-ilmiy tadqiqot va loyihalash davrida qismlarga e’tibor beriladi. Bu jarayon eng murakkab jarayon xisoblanib tovarning katta-kichikligidan qat’iy nazar kata mablag‘ va ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Bu jarayon hech qachon eskirmaydi doimo izlanish va takomillashtirishni talab qiladigan jarayondir. Iste’molchini nazaridan ancha yiroq bo‘lgan bu jarayon haqida bir miol keltirish mumkin. Ilmiy-tadqiqot davrida yo‘qotilgan (e’tiborsizlik oqibatida) 1 so‘m loyihalash va namunani yaratish davrida 10 so‘mga aylanadi, ommaviy ishlab chiqarish davrida 100 so‘mga aylansa, iste’mol qilish (foydalanish davrida) uning zarari cheksiz ravishda ko‘payib ketadi. Bular sifatsizlik oqibati, insoniyat va tabiatga salbiy ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlaridir. Ikkinchi bosqichda-tovar ishlab chiqariladi. Bu ikki davrda tovarni asosiy sifatlari shakllaridir. Uchinchi bosqichda-tashish, saqlash va sotishdan iborat bo‘ladi. Bu davrda tovarning iste’mol qiymati-sifati iloji boricha to‘liq saqlangan holda iste’molchilarga yetkazib beriladi. K. Marks ta’biri bilan aytganda sifatli tovar ishlab chiqarish-bu oz mehnat sarflab, ko‘p iste’mol qiymati yaratish demakdir. «Tovar sifati» ta’rifi bilan taqqoslanganda «sifat» tushunchasi iste’mol qiymati tushunchasidan torroq ekanligi tovardagi qiymat darajasini ko‘rsatishi va uning ham iste’mol qiymatini vujudga keltiradigan ijobiy xususiyatlarini shakllantirishda yaqqol ko‘rinadi. Tovar ko‘pgina ijobiy ta’riflarga ega bo‘lishi mumkin, ammo, yuqori sifatga ega bo‘lmasligi mumkin. Sifatli tovar ishlab chiqarish to‘la ma’noda sifatli ekanini bildirmaydi, u faqat ishlab chiqarish sifatiga ega bo‘ladi. Tovarning sifati boshqa talablarga javob berishi kerak bo‘ladi, fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlariga, funksional taraflari, estetik, ergonomik, gigiyenik, ekologik va boshqa talablarga javob berishi lozim. Yuqoridaga talablarga to‘la javob beradigan sifatli tovar doimo xaridorgir va iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘ladi. O‘z navbatida sifatli mahsulot xalq xo‘jaligiga zarar yetkazadi va savdoda o‘z o‘rnini topaolmadi xaridorlar e’tiboridan qoladi. Tovarni sifatini mukammallashtirish masalasi eng muhim davlat miqyosidagi vazifa bo‘lishi kerak. Tovarni sifatiga qarab davlatning boyligi, ishlab chiqarishni mukammalligi, iqtisodiy samaradorligi, jamiyatni iqtisodiy va siyosiy ko‘rsatkichlarini yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. 3.Sifat ko‘rsatkichlari. Har bir tovarni xususiyatlari uning bir nechta ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Sifat ko‘rsatkichi-bu tovar xususiyatlari yig‘indisidan iboratdir. Tovarlarni ma’lum bir sharoitda foydalana olishi (iste’mol qilinishi) uni iste’molchilar talabini qondirish darajasi xisoblanadi. Tovarlar sifati har doim uning xususiyatlari bilan mos kelavermaydi. Masalan, taxta yoki yog‘ochni mix va shurupni o‘tkazishi xususiyati bo‘lsa uni mustaxkamligi sifatga kiradi. Turli tovarlar sifati o‘ziga xos o‘lcham va birliklarga egadir (km, m, gr, kgs va boshqalar). Sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha ta’riflanadi: alohida belgisi, kompleks, integral, boshlang‘ich (bazoviy), umumlashtirilgan va nisbiy ko‘rsatkichlari. Alohida belgisi deganda biz tovarning faqat bitta sifat ko‘rsatkichini ko‘ramiz: sifat xidini antiqaligi, tillani tozaligi, yog‘ochni pishiqligi soyabonni oftobdan va yomg‘irdan ximoya qilish xususiyatlari. Agarda mahsulotni bir nechta sifatlari umumlashgan bo‘lsa uni okmpleks ko‘rsatkichlari deb aytamiz. Tovarni alohida sifat ko‘rsatkichlaridan birortasi 0 ga teng bo‘lsa u mahsulot sifatli mahsulot deb aytilmaydi. Sifatni integral ko‘rsatkichi tovarni iste’mol qiymati bilan uning narxi ya’ni sarf xarajatlarni nisbati bilan aniqlanadi: a=K0/Z=K0/Zp+Ze bu yerda Z-tovarni ishlab chiqarish va foydalanish uchun ketgan harajatlar; Zp-ishlab chiqarish harajatlari; Ze-foydalanishdagi harajatlar; K0-ste’mol xususiyatlari ko‘rsatkichlari. Turli tovarlarni yaratilishi davridan uni sifatini oliy darajaga ko‘tarishda iqtisodiy taraflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki iqtisodiy tarafda yaxshi sifatga ega mahsulot doimo xaridorgir bo‘lish bilan bir qatorda iste’molda va foydalanishda yaxshi samaradorlikka egadir. Sifatni optimal ko‘rsatkichi deganda, sifat ko‘rsatkichlarini shunday ketma-ketligiga aytiladiki, u mahsulot kam harajat talab qilib, iste’molchilarni ehtiyojini to‘la qondiradi. Ishlab chiqarishni takomillashtirish natijasida xaridorlar talabi ham ortib boradi va ma’lum sifatli tovar o‘rnini kelajagi porloq bo‘lgan boshqa tovar egallaydi. Tovarlarning umumlashtirilgan sifat ko‘rsatkichi-bu shunday umumlashgan ko‘rsatkichki, u shunday xususiyatlar yig‘indisiki, u orqali sifatga baho berish mumkin. Tovarlarni sifatini baholashda uni umumlashgan xususiyatlarini solishtirib ko‘rish mumkin. Bu doimo o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi, chunki aholini ehtiyoji doimo o‘zgarib turadi va mukammallikka intiladi. Shuning uchun sifatni baholashdan sifat darajasini baholash to‘g‘ri bo‘ladi. Iste’molchi uchun tovarni sifati bilan bir qatorda uning bajaradigan vazifasi, chidamliligi va boshqa ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga egadir. 4.Tovarlarga qo‘yiladigan talablar. Barcha tovarlar sanoat yoki mayda firma korxonalarda ishlab chiqarilishiga qaramay ma’lum talablarga javob berishi kerakdir. Talabga qo‘yiladigan talab uni ma’lum sharoitda keraklik vaqt mobaynida o‘z vazifasini bajara olishidir. Iqtisodiyotni fan-texnikani rivojlanishi, aholini tovarlarga bo‘lgan talabini ham o‘zgartirib boradi va yangi-yangi talablarni qo‘yadi. Tovalarga qo‘yiladigan talablar o‘tkinchi, kelajakka yo‘naltirilgan, umumiy va spetsifik bo‘lishi mumkin. O‘tkinchi (muntazam) talab odatda ko‘plab ishlab chiqariladigan tovarlarga qo‘yiladi. Texnik-ekonomik imkoniyatlariga qarab ma’lum bir muddatga qo‘yiladi va qayta ko‘rib turiladi. Odatda bu talab texnik sharoitlardan kelib chiqqan holda davlat standarti tomonidan tavsiya qilinadi. Bu talab vaqti-vaqti bilan tekshirib va o‘zgartirib turiladi. Kelajakka qaratilgan talab keng va yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tovarlarni yaratishdan iboratdir. Kelajakka qaratilgan talabni shakllantirishda, iste’molchini talablarini to‘la qondirish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi turdagi xom-ashyo va mahsulot olishdan iboratdir. Bu talabni bajarishda fan-texnika va ishlab-chiqarish tashkilotlariga turli xildagi tavsiyalar beriladi. Kelajakka qaratilgan talab har bir tovarshunosni e’tiborida bo‘lishi shart va doimo mahsulot sifatini jiddiy nazorat ostida ushlab turish kerak. Umumiy talablar alohida mahsulot uchun ham, kompleks tovarlar uchun ham barobardir. Mahsulotni o‘z vazifasini bajarishda, xavfsizligi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, pishiqligi, mustahkamliligi , ta’minlash mumkinligi va boshqalar. Tovarlarni funksiyasiga qarab talablar bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, muayyan tovarlarga, pishiqlik bazisiga estetik chiroy, boshqasiga ergonometrik talab ustivor bo‘ladi. Tovarlarga qo‘yiladigan talablar ichida eng ustivori bu inson salomatligiga zararsiz ekanligi hattoki foydalilik taraflaridir. Spetsifik talabar tovarlarni bajaradigan ishiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, farfor uchun issiqga chidamlilik bo‘lsa, porfyumeriya mahsuloti uchun xushbo‘y xiddir. Ijtimoiy talab asosiy talab jamiyat ehtiyojini qondirish, jamiyat taraqqiyoti bilan hamoxang bo‘lishi shart. Talabni shakllantirish sotsiologik so‘rovlar asosida kelib chiqsa, tovar assortimenti ko‘payishiga olib keladi. Funksional talab agarda mahsulot o‘z funksiyasiga, bajaradigan vazifasiga mos kelmasa, bu mahsulot o‘z o‘rnini topa olmaydi va xaridor e’tiboridan qoladi. Masalan, temirdan yasalgan pichoq, qoshiq (zanglaydi, oksidlanadi). Ergonomik talab mahsulotning foydalanishdagi qulayligini, mahsulot o‘z vazifasiga to‘la mos kelishi, agarda mahsulot o‘z vazifasiga mos kelmasa, ishlatish noqulay bo‘lsa u ergonomik talabga javob bermaydi. Gigiyenik talab mahsulotni odam a’zolariga zararsizligi tabiatga, atrof-muhitga ziyon yetkazmasligi kiradi. Mahsulot yuqoridagi normalarga javob berishi haqida maxsus «Sertifikat» yorlig‘iga va xavfsizlik choralari ko‘rsatishga egadir. Estetik talablar mahsulotni tashqi ko‘rinishi, konstruksiyasi, fasoni, rangi, jilosi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Har bir tovar go‘yoki sanoat asari bo‘lib ko‘rinsin, shunda mahsulot xaridorni e’tiborini tortadi, adamlarga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Mahsulotni tashqi ko‘rinishi ichki dunyosi bilan ham mos kelishi kerak. Texnologik jihatiga talab eng avvalo bu talabni asosini xom-ashyo, boshlang‘ich mahsulot sifati o‘z zimmasiga oladi. Texnologiya qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, xom-ashyo sifatsiz bo‘lsa tayyor mahsulot ham shunga yarasha bo‘ladi. Oliy toifadagi matodan tikilgan kostyum, palto va boshqa tovarlar albatta chiroylik, benuqson estetik bo‘ladi. Xom g‘ishtdan quorilgan imorat bilan pishiq g‘ishtdan qurilgan imoratni farqi bordek gap. Mahsulotni ishonchliligi (pishiqligi, benuqsonligi). Mahsulotni ishlatilish (iste’mol) paytida ishonchlik, benuqson bo‘lishi kerak. Bu talab qanday namoyon bo‘ladi? Ma’lum bir muddat ichida o‘z vazifasini bajara olishi, ta’mirsiz uzoq vaqt xizmat qilishi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etmasligi, ta’mir qilish qulayligi va boshqalar. Mahsulotni saqlash va saqlanishiga talab. Bu talab avvalo, sharoitga so‘ng mahsulot sifatiga qaratilgan bo‘ladi. Ma’lum bir muddat ichida o‘zini iste’mol xususiyatini saqlashi va qolaversa undan ham chidamlik, undan ham sifatlik bo‘lishi lozim. Masalan, mahsulotni kafolat saqlashi davri 2 yil, 3 yil shu davrda u o‘z sifat va xususiyatini saqlab qolishi zarur. Fototovarlar, elektor batareyalar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar. Iqtisodiy talab nafaqat ishlab chiqarish uchun ketgan sarf harajatni iqtisod qilish shu bilan bir qatorda iste’molchi vaqti, sog‘ligi, sarmoyasi foydalanish davridagi harajatlarni iqtisod qilishdan iboratdir. 5.Sifatni shakllantiruvchi omillar. Sifatni shakllantiruvchi omillar ikki guruhga bo‘linadi: bevosita sifatga ta’sir etuvchi omillar va sifatni mukammallashtiruvchi omillar. Birinchi guruhga, loyihalashtirish, xom-ashyo sifati, texnologiya va ishchini malakasi kiradi. Ikkinchi omil-bu iqtisodiy tarafi bo‘lib, bunga narx-navo, ishchini moddiy mukofotdorligi va sifatsiz mahsulotga qarshi qo‘yiladigan turli sanksiyalar deb tushunamiz. Yuqorida aytganlarimiz obyektiv va subyektiv ko‘rinishda bo‘ladi. Obyektiv ko‘rinish mahsulotni konstruksiyasi, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasi, asbob-uskunalarni zamonaviyligi, texnik talab, loyiha mukammalligi, davlat standarti ko‘rsatkichlariga to‘la javob berishi. Subyektiv sabablar bu inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ishchini qobiliyati va ishchiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ishchini malkasi, moddiy-manaviy, psixologik taraflari, korxonada o‘tkaziladigan turli marosimlar albatta mahsulot sifatiga ta’sir qiladi. Eng muhim taraflaridan biri mehnatni tashkil qilish, turli musobaqalar, ishchilar malakasini oshirish, yangi texnika va texnologiya bilan shakllantirish, turli dam olish tadbirlari va mukofotlar tashkil qilish. Aytganlarimizga yana bir o‘ta muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini to‘ldiruvchilari haqida ma’lumot berish zarur deb bilamiz. Masalan, savdoga chiqarilgan mahsulotlar tarkibida turli konservantlar, bo‘yoqlar, emulgatorlar va boshqa moddalar borligi bizga ma’lum. So‘nggi yillardagi ilmiy-tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bunday qo‘shimchalarni muntazam iste’mol qilish jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Biz quyida I.P.Chepurnoyning “Identifikatsiya i falsifikatsiya prodovolstvennix tovarov” nomli darsligida keltirilgan Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlanib tavsiya etilgan qo‘shimchalar ro‘yhati va ularning salomatlikka qay darajada ta’sir ko‘rsatishi haqida gap yuritamiz. Jadvaldagi 111 ta qo‘shimchaning har biri inson salomatligi uchun ma’lum darajada xavf solishi va turli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlangan. Ushbu qo‘shimchalarning me’yoriy miqdori o‘ta kam bo‘lishiga qaramasdan organizmda xazm bo‘lmaydi va turli a’zolarda to‘planishi hamda kasallikni rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Aslida, bu qo‘shimchalar oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini shakllantirishga yordam beradi, saqlash muddatini oshiradi, tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi va xaridorlarga sotib olishda qulaylik yaratadi. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling