Reja: O’zbekiston mashinasozligi mustaqillik davrigacha
Xom ashyo (metallurgiya korxonalari mavjudligi)
Download 153.92 Kb.
|
Yo\'nalishga kirish 1-MI 17 list
Xom ashyo (metallurgiya korxonalari mavjudligi)
4 Ko’p metall talab etilladigan mashinasozligi Hamma tarmoqlari bo’yicha Mashinasozlik sanoati tarmoqlarini joylashish xususiyatlari. Mashinasozlik sanoati korxonalari ko`p mehnat, ko`p material, ko`p elektr energiya, ko`p fond talab qiluvchi xususiyatlariga ko`ra joylashadi. Undan tashqari O`zbekistonda mashinasozlik sanoatining rivojlanishi, joylanishi, tarkibining o`zgarishida urush davri va urushdan keyingi davr o`ziga hos bir bosqich bo`lib qoldi. Chunki II jaxon urushi davrida mamlakatimiz mashinasozligining rivojlanish sur`atlari va darajasi hamda ixtisosi butunlay o`zgaradi.Urush yillarida sobiq Ittifoqning g`arbiy rayonlaridagi qator mashinasozlik zavodlari evakuatsiya qilinib O`zbekiston hududida joylashtirildi. Keltirilgan zavodlar asosan yuqori malakali mehnat resurslari to`plangan va boshqa xil sanoat tarmoqlari joylashgan yirik shaharlarga joylashtirildi. Ular asosan Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro va boshqa shunga o`xshash keltirilgan korxonalarni tezlik bilan ko`rib, ishga tushirib yuborish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo`lgan shaharlarlarda to`plandi.Urush tugagach, evakuatsiya qilingan korxonalarning ayrimlari qaytadan ko`chirib ketildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning assortimenti o`zgardi, shunga qaramay, bu davrda mashinasozlikda ro`y bergan o`zgarishlar tarmoqning urushdan keyingi taraqqiyotga o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatdi. Urushdan keyingi davrlarda O`zbekiston mashinasozligi ko`p tarmoqli sohaga aylandi. Uning taraqqiyoti tehnik darajasining yuqori ko`tarilishi, mehnat unumdorligining oshishi, konsentratsiya va ixtisoslashuvni chuqurlashuvi yo`lidan bordi. Shunday qilib, yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda respublika mashinasozlik tarmoqlarini joylashishi xususiyatlariga ko`ra bir-biridan farq qiluvchi 5 guruhga bo`lamiz : Birinchiguruhganisbatankammehnat, elektroenergiya, fondtalabqiluvchi, ayniqsako`pmaterialtalabqiluvchimashinasozliktarmoqlarikiradi. Ularga tog`-ruda, tog`-shaxta mashinasozligi, transport, hamda ayrim elektrotehnika sanoati tarmoqlari kiradi. Bu sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar nisbatan kasb tanlanishi va tehnik darajasining nisbatan yuqori emasligi bilan ifodalanadi. Ikkinchi guruh tarmoqlariga yetarli darajada ko`p metall va elektr-energiya talab qiluvchi va kam miqdorda fond talab qiluvchi tarmoqlar kiradi. Bularga ko`tarma-transport mashinasozligi, ayrim tog`-ruda va tog`-shaxta mashinasozlik tarmoqlari va boshqalar kiradi. Bu tarmoqlarning joylashishida boshqa omillar bilan bir qatorda metallurgiya bazalariga (xom-ashyo) yaqin bo`lishi hamda iste`molchilarga yaqin joylashishi omillari katta ahamiyatga egadir. O`zbekiston sharoitida bunday korxonalarni joylashtirishda o`zining metallurgiya bazasi yetarli emasligi sababli asosan iste`molchilarni hisobga olib joylashtirilgan. Xulosa
Mashinalar minglab detallardan tayyorlanadi. Bu qadar xilma-xil detallarni bittagina zavodda yasash noqulay va samarasizdir. Shu sababli mashinasozlikda detallar yasashga ixtisoslashish, ya’ni tayyor maxsulotning ayrim detallari va qismlarini yasash, shuningdek, predmetlar yasashga ixtisoslashish, ya’ni avtomabil, traktor, dastgoh kabi tayyor mahsulot ishlab chiqarish keng rivojlangan. Mashinasozlik korxonalarining istiqboli va hududiy joylashuvini inson omili belgilaydi. Ma’lumki, O’zbekiston aholisining 49 foizi qishloqda yashaydi.Ularni ish bilan ta’minlash jiddiy ijtimoiy muammo bo’lib qolmoqda.Binobarin, mashina qismlarini ishlashga ixtisolashgan kichik korxonalar bundan buyon qishloqlarga ko’chadi. O’tgan asr o’ratalarigacha O’zbekiston mashinasozligi faqatgina qishloq xo’jaligi mashinalari ishlab chiqarilgan va ularni ta’mirlash hamda paxtani qayta ishlovchi korxonalarga mashina va uskunalar yetkazib bergan edi. Endilikda esa mashinasozlik majmuining yarmigina agrosanoat majmuasi bilan bog’liq. Yurt boshimiz aytganidek Mustaqil mamlakatimiz taraqqiyot yo’lidan sobit bormoqda, Bu yo’ldagi ilk g’alabamizdan biri – mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi tarmoq- avtomobil sanoatining yaratilishi bo’ldi. Islom Karimov Mashinasozlik sanoatining mamlakat xalq xo`jaligidagi ahamiyati. Mustaqil respublikamizning mustaqilligini saqlashda va mustaxkamlashda mashinasozlik sanoatini rivojlantirishning ahamiyati beqiyosdir. Uning ahamiyati shu bilan belgilanadi-ki, mashinasozlik xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonini mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, samaradorligini ko`tarishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatlar va rayonlar iqtisodiyotining, umuman xalq xo`jaligining taraqqiyot darajasi mashinasozlikning rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Mamlakatlar iqtisodiyotini qay darajada rivojlanganligini o`sha mamlakatlardagi mashinasozlik sanoatining rivojlanganligi darajasiga qarab bilib olishimiz mumkin. Yana shu narsani ta`kidlash joizki mashinasozlikni rivojlanishi O`zbekiston uchun katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega.Ma`lumki aksariyat mashinasozlik tarmoqlari juda sermehnat bo`lib, O`zbekiston singari mehnat resurslari tez ko`payib borayotgan davlatlarda aholini band bo`lishida muhim o`rin tutadi. Download 153.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling