Reja: O’zbekiston mashinasozligi mustaqillik davrigacha


Download 153.92 Kb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi153.92 Kb.
#1140056
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yo\'nalishga kirish 1-MI 17 list


Mavzu: O’zbekiston mashinasozligi
Reja:

  1. O’zbekiston mashinasozligi mustaqillik davrigacha

  2. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligidagi mashinasozlik

  3. Mashinasozlik sanoati tarmoqlarini joylashish xususiyatlari

Urushdan keyingi davrda O’zbekiston mashinasozligi ko’p tarmoqli sohaga aylandi.Bu davda respublikaning sobiq ittifoq miqyosidagi asosiy ixtisos sohasi-paxtachilik majmuyiga xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmoqlari ko’proq taraqqiy etdi. Shuningdek, elektrotexnika, asbobsozlik, yo’l qurilishi, sanoat tarmoqlari uchun uskunalar ishlab chiqarish tez rivojlandi va O’zbekiston Mashinasozligining salmoqli sohalarga aylandi. Hozirgi Respublikada ilmiy ishlab chiqarish tez rivojlandi va O’zbekiston mashinasozliginig salmoqli sohalarga aylandi. Hozir Respublikada ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari bilan birga 276 ta yirik mashinasozlik va metallsozlik korxonalari ishlab turibdi. Bu korxonalarda O’zbekiston sanoat ishchilarning 28.1 % i ishlaydi.


O’zbekiston mashinasozliginig xalqaro miqyosidagi o’rnini paxtachilik majmui bilan bog’liq va unga xizmat qiluvchi tarmoqlar belgilaydi.
Respublika mashinasozligining 45-% ipaxtachilik majmui bilan bog’liqdir(1-jadval).Paxtachilik majmui bilan bog’liq mashinasozlik tarmoqlari ham uch guruhga bo’linadi:
1)paxtachilik majmui nimexanizatsiyalashtirishga xizmat qiladigan mashina va uskunalar ishlab chiqarish (traktorsozlik va qishloq xo’jalik mashinasozligi);
2) irigatsiya-melioratsiya mashinasozligi;
3) paxtani qayta ishlash bilan bog’liq mashinasozlik tarmoqlari (to’qimachilik mashinasozligi, paxta tozalash sanoati va boshqa yengil hamda oziq-ovqat sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqarish)

1-jadval
O’zbekiston Respublikast mashinasozlik majmuida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi




1940y.

1950y.

1960y.

1970y.

1980y.

1990y.

2012 у.

Traktorlar, ming dona

-

-

-

21.1

24.2

23.3

-

Paxta terish mashinalari, ming dona

5 dona

4.6

3.2

5.9

9.1

5.3

-

Kul’tvatorlar, ming dona

1.9

7.8

10.0

20.1

19.3

14.8

-

Eksvatorlar, dona

-

134

700

1025

1505

900

39

Traktor tirgagichlari, ming dona

-

-

-

38.5

37.1

36.6

172

To’quv dastgohlari, dona

-

870

419

811

1704

1539

-

Elektr ko’prik kranlari, dona

-

199

670

871

1387

1412

-

Liftlar, dona

-




-

250

6240

7012

124

Qishloq xo’jalik mashinasozligida ayniqsa paxtachilik majmuiga kiruvchi mashinasozlik tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan.Paxtachilikda ishlatiladigan mashinalarning ko’pchiligi O’zbekistonda ishlab chiqarilayotganligi sababli uning mashinasozlik korxonalari Hamdo’stlikning barcha paxtakor mamlakatlarini xima-xilmashinalar bilan ta’minlab turadi.Qishloq xo’jalikmashi-nasozligi korxonalari o’tasida mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ixtisolashish ham yaxshi taraqqiy etgan.


Respublika qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonalarning deyarli hammasi keying yillarda qayta qurilmoqda, yangi uskunalar, zamonaviy texnologik vosita-lar bilan ta’minlanmoqda.
Bu sohada Respublika qishloq xo’jalik mashinasozligining bosh korxonasi – Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida erishilgan yutuqlar xarak-terlidir.Bu zavodda kengaytirish va qayta qurishning birinchi navbati asosan tugallandi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan “O’zbekiston” markali paxta terish mashinalari sovet va chet el muttaxasislari tamonidan yaxshi baholandi. Zavod ingichka tolali paxta terishga mo’ljallangan mashinalar ham ishlab chiqarila boshlandi. Sirdayo va Chirchiq shaharlarida bu zavodning filiallari qurilgan. Keyingi yillarda tashkil qilinib, barcha qishloq xo’jalik mashinasozlik korxonalarini o’z ichiga olgan <>ilmiy ishlab chiqarish sanoat birlashmasi O’zbekiston mashinasozlik sanoati mahsulotining 50 % ini ishlab bermoqda. Birlashma paxtachilik uchun zarur mashinalarni ishlab chiqarishni rejalashtirishda tarmoq va hududiy pirinsiplarni qo’shib olib boradiki, bu narsa mashinalarni loyihalashtirishdan tortib ularni ishlab chiqarishni joriy etishgacha bo’lgan barcha ishlarni tashkil qilish imkonini beradi.[6]
Mashinasozlikning paxtachilik majmui tarkibiga kiruvchi yana bir yo’nalishi irigatsiya-melioratsiya mashinasozligidir. Yangi yerlarning o’zlashtirilishi, kanal-lar, suv omborlarni qurilishi bunday mashinalarga talab oshib borilishiga sabab bo’lmoqda.Respublikamizda irigatsiya mashinasozligining eng yirik markazi Andijondir. Bu erda irrigatsiya-melioratsiya mashinalari Andijon irrigatsiya mashi-nasozligi va Andijon mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqarilmoqda. Ammo Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan irrigatsiya mashinalari mahalliy talablarni to’la qondira olmaydi.
Paxtachilik majmui bilan bog’liq mashinasozlikning uchinchi yo’nalishi to’qimachilik mashinalari va paxta tozalash sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarishdir. Mashinasozlikning bu yo’nalishi ancha taraqqiy etgan.Paxta tozalash sanoati uchun zarur uskunalar ishlab chiqaruvchi Toshkent mashinasozlik, Andijondagi “Kommunar”, Samarqand paxtachilik mashinasozligi, Olmos (Namangan viloyati)paxta tozalash uskunalari uchun qismlar ishlab chiqaruvchi zavodlari va bu soha bo’yicha davlat kostruktorlik ilmiy ishlab chiqarish muassasalari ishlab chiqarish birlashmasiga uyushgan. Birlashma Hamdo’stlik mamlakatlaridagi paxta tozalash zavodlarini uskunalar bilan ta’minlaydi.To’qimachilik sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham O’zbekiston to’qimachilik mashinasozligi birlashmasini tashkil qilgan. Bu korxonalar to’qimachilik mashinalarni lohiyalaydi, ishlab chiqaradi va istemolchilarga etkazib beradi.
O’zbekiston to’qimachilik sanoatining bundan keyin ham tez rivojlanishi munosibati bilan mashinasozlikning bu yo’nalishini hozirgi zamon ilg’or texnologiyasi asosida yanada rivojlantirish zaruriyati sezilmoqda. Jumladan, kelajakda Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdayo viloyatlarda to’qimachilik mashinasozligi bilan bog’liq korxonalar qurish, Qo’qon zavodining ixtisosini bir oz o’zgartirib, unda ipak yiguruv mashinalari ishlab chiqarishni tashkil etish ko’zda tutiladi.
Umuman, mashinasozlik bu yo’nalishining asosiy vazifasi to’qimachilik va paxta tozalash sanoati uchun mashina hamda uskunalar ishlab chiqarish hajmini va ayniqsa sifatini oshira boorish, ularning ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilashdir.
O’zbekiston mashinasozligining yana bir muhim tarmog’i elektrotexnika sanatidir. Bu tarmoq Vatan urushi yillarida vujudga kelib, respublika mashi-nasozligining muhim tarmoqlaridan biriga aylandi.Bu tarmoqni respublikamiz mashinasozlikdagi salmog’i (20 %) ancha katta. Bu tarmoq korxonalari transfor-matorlar, elektr stantsiyalar va podstantsiyalar uchun shchit, panellar, zamonaviy murakkab kabellar, elektr asbob-uskunalari, umuman 200 turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarning ayrim turlarini MDH da etakchi o’rinni egallaydi, ular chet mamlakatlarga ham chiqarilladi.
Elektrotexnika mashinasozlikning yirik korxonalari Toshkent elektrotexnika va kabel zavodlari, Chirchiq va Namangan transformator zavodlari, Andijon “Elektr apparat” va “Elektr dvigatel”, Qo’qon elektr mashinasozligi zavodlari va boshqalardir.
Respublika elektrotexnika mashinasozligi korxonalari ikkita ishlab chiqa-rish-texnika birlashmasi tarkibiga kiradi.O’zbekistonda elektrotexnika sanoati kelajakda bundan ham tez rivoj topadi. U sanoatning sermehnat mehnat tarmog’i bo’lganligidan respublikamiz sharoitida ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Mashinasozlik tarmoqlari orasida eng yosh va hozircha kam taraqqiy etgan asbobsozlik katta istiqbollarga ega. Gap shundaki, bu tarmoq ko’p mehnat resurslarni jalb qiladi hamda respublikaning asosiy ixtisos sohasi bo’lgan paxtachilik majmui tarkibida rivojlantrilladi. Chunki hozircha O’zbekistonning paxta, ipak va kanopni qayta ishlash korxonalari, shuningdek to’qimachilik korxonalari texnologik jarayonlarni tashkil qilish, xom ashyo va mahsulot sifatini aniqlash uchun mo’ljallangan aspoblar bilan etarli ta’minlangan. Mavjud “Paxtachilik asboblari” zavodi asosan paxta tozalash zavodlari uchun, paxta navini va tolasi sifatini aniqlash uchun asboblar ishlab chiqaradi.
O’zbekistonda instrumental asboblar ishlab chiqarish ham tashkil etilgan.Bu yo’nalish mahsulotlari ham hamdo’stlikning ko’pgina rayonlarga jo’natiladi. Bu yo’nalishdagi yirik korxonalari Toshkent instrumental va abraziv zavodlaridir.
Respublikada og’ir mashinasozlik sanoatiga mansub bir qator korxonalar mavjud. Toshkentdagi “Ko’targich”, “Kompressor”, Chirchiqdagi O’zbekiston kimyo ma
shinasozligi, Namangandagi mashinasozlik zavodlari kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaradi. Shuningdek , Toskent eskvator, teplovoz tuzatish zavodi, avtomobil tuzatish zavodlari, Samarqand liftsozlik, xolodil’nik, Toshkent va Farg’ona gaz aparatlari zavodlari va boshqa mashinasozlik hamda metalsozllik korxonalari ham ishlab turibdi.
O’zbekistonda keyingi yillarda mazkur majmuning ilmiy-texnika taraqqiyoti hosilasi bo’lgan aniq va murakkab mashinasozligi sohasi tobora rivojlanmoqda. Muhimi shundaki, bu yo’nalish istiqbolihamdir.Toshkentdagi elektrotexnika, “Mikond”, “Zenid” zavodlari murakkab elektrotexnika, elektroni-ka, telemexanika, vositalari ishlab chiqaradi.So’ngi yillarda ishga tushirilgan “Algoritm” birlashmasi eng takominlashgan elektron-hisoblash majmualari ishlab chiqarmoqda.
Mashinasozlik tarmoqlarining bundan keying taraqqiyoti asosan xorijiy mamlakatlar hamkorligida va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyasi asosida olib boriladi. Hozirdayoq shu yo’l bilan qurilgan ayrim korxonalar, jumladan, Toshkentdagi birmarta ishlatiladigan shiprislar (Ispaniya hamkorligida), o’quv kompyuterlari (Bolgariya hamkorligida ), telivizior va vidiomagnitofon (Xitoy va Janubiy Koreya hamkorlikda) va boshqalar mahsulot berila boshladi (2-jadval).
2- jadval

Download 153.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling