Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi


Download 41.23 Kb.
bet2/9
Sana28.12.2022
Hajmi41.23 Kb.
#1013486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma`ruza matni Lotin

1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
2. Davlat - bosh isloqotchi.
3. Qonunning ustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish.


Ma`lumki, 2016 yilning so‘nggi choragidan boshlab O`zbekiston davlatining rahbari sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Sh.M.Mirziyoyev mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlanishi uchun muhim kuch-qudrat manbai-“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyani ilgari surishi, unga monand bo‘lgan huquqiy asoslar va jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishi natijasida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari avj oldi, unga nisbatan xalqimizning ishonchi yuksala boshladi. SH.M.Mirziyoyev Prezidentlikka kirishgan dastlabki kundayoq “Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”.2 kontseptual g‘oyani ilgari surdi.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi – insoniyatning bir necha asrlar mobaynida shakllangan tafakkurlash mahsuli bo‘lib, u inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash darajasining naqadar yuksalganligi sifatida namoyon bo‘ldi. Fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun uning asoslari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma'naviy) yaratilishi lozim. Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari; jamiyatning har bir a'zosini o‘z mulkiga ega, u bu mulkni o‘z xohishi bilan tasarruf eta olish erkinligining mavjudligi, bu mulkdan foydalanish va uni sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, har bir shaxsning davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste'mol faoliyati erkinligi bilan ta'minlanganligi.

Download 41.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling