Reja: O’zbekiston mustaqillikka erishgan yillari
Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot deganda yil davomida muayyan mamlakatda
Download 343.74 Kb. Pdf ko'rish
|
makroiqtisodiyoti
Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot deganda yil davomida muayyan mamlakatda
jami ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining yig‘indisi tushuniladi. Darhaqiqat, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi o‘zgarishlar, aholi sonining o‘sishi, ularning real daromadlari va xarajatlari, pul aylanmasiyu inflyatsiya jarayonlari, tashqi savdo aylanmasi hamda shu kabi boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam etgan yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati mamlakat taraqqiyotini o‘zida namoyon etadi. Davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasining yil yakunlariga bag‗ishlangan yig‗ilishida 2012 yil mamlakatimiz uchun makroiqtisodiy vaziyat jihatidan ma‘lum ma‘noda burilish davri bo‗lganini qayd etdi. Xo‗sh, iqtisodiy o‗sishning asosiy omillari nimada namoyon bo‗ladi? Ma‘lumki, istiqlol arafasida respublika iqtisodiyoti o‗ta ayanchli ahvolda edi. Sobiq ittifoq davrida O‗zbekiston bir tomonlama rivojlangan, asosan xomashyo yetkazib berishga yo‗naltirilgan edi. Qolaversa, mamlakat ichkarisida jami talab va takliflar o‗zaro mutanosibligi izdan chiqqandi. Oldimizda esa butun xo‗jalik yuritish tizimini tubdan yangilash, bozor munosabatlari hukmron bo‗lgan jahon hamjamiyatiga yuz tutishdek og‗ir vazifa turar edi. Eskicha qarashlar bunga monelik qilar edi, albatta. Hatto bir so‗mni ham birov bekorga bermas edi. Lekin xalqimiz mehnatsevar, har qanday og‗ir sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‗tadi, tanti, or-nomusi kuchli. Uning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, islohotlar bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirildi. Bu davr oson kechgan emas. Tanlangan taraqqiyot yo‗limizdan qaytarishga urinishlar, qonli tajovuzlar yodimizda. Mana shunday og‗ir vaziyatda butun e‘tibor xalq farovonligini oshirish va yalpi ichki mahsulot hajmini ko‗paytirishga qaratildi. Bular, birinchi galda, iqtisodiy salohiyatimizni oshirishga zamin yaratdi. Yonilg‗ienergetika bazasini mustahkamlab, xalq iste‘mol mollari bilan ta‘minlashni yaxshilash, sanoatni iqtisodiy tanazzuldan olib chiqish, transport, kommunikatsiya tizimini mustahkamlash, mavjud mineral xomashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, aholini ijtimoiy himoyalash kabi o‗ta hayotiy masalalarni hal etishga xizmat qildi. Download 343.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling