Reja: O‘zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari


Download 0.55 Mb.
bet4/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1619600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING HOLATI.

dotatsiyalar - byudjet tizimi byudjetlariga ularning o’z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o’rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari;
byudjet ssudalari - qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga ajratiladigan pul mablag’lari;
o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar -moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o’zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro pul munosabatlari.
Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog’liq:

  • hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o’z daromad bazalarining mustahkamligiga;

  • hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko’lamiga;

  • hududlar bo’yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;

  • hududlardagi aholi soniga;

  • ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo’lgan ehtiyojiga;

  • hududlar o’rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun hisobga olinadigan boshqa omillarga.

Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy byudjetlar rioya qilishi lozim bo’lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko’ra, balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo’lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo’l qo’yilmasligi lozim.
Bundan tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi cheklovlar o’rnatilgan, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi:

  • mablag’lar jalb qilishni amalga oshirish, bundan yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno;

  • tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag’lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirish;

  • tegishli byudjetlar mablag’lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish.6

Shunday qilib, “Byudjetlararo munosabatlar - byudjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo’lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o’rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o’zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida jamlangan pul mablag’larining bir qismini ushbu subyektlar o’rtasida qayta taqsimlanishini o’z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi”1.
Byudjet jarayoni — byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayoni2.
Uning mazmuni mamlakatning davlat va byudjet qurilishi, tegishli vakolatli
organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi.
Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi:

    • byudjet loyihasini tuzish;

    • byudjetni ko’rib chiqish va tasdiqlash;

    • byudjetni ijro etish;

    • byudjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.

Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini byudjet loyihasini ishlab chiqish, uni ko’rib chiqish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (byudjet yili) va sakkiz oyga yaqini byudjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi.7
Byudjet jarayonini boshqarish va nazorat qilishda quyidagi vazifalarning
bajarilishi talab etiladi:

  • muvozanatlashtirilgan bozorga kirib borishda barqaror taraqqiyotga erishish maqsadida maksimal darajada moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;

  • alohida soliqlar va boshqa to’lovlarning, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari va maqsadli dasturlarning samarali bajarilishini

ta’minlovchi byudjet daromadlarining umumiy hajmini aniqlash;

  • byudjetda ko’zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda, byudjet xarajatlari va

ularning umumiy hajmini belgilash;

  • iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit nobarqarorligini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan

moliyaviy barqarorlashtirishning umumiy dasturini byudjet bilan muvofiqlashtirish;

  • iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan manbalar hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;

  • iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjetlar o’rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi

byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetni tartibga solishni amalga oshirish;

  • keng masshtabli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan byudjetni o’rta va uzoq istiqbolga mo’ljallab rejalashtirishning rolini oshirish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;

  • zamonaviy elektron-hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish orqali

byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
 Byudjet jarayonini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:

  • yagonalik – yagona huquqiy baza, yagona byudjet tasnifi, O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va hududlar byudjetlarini tuzishda statistik axborot tuzish uchun zarur bo’lgan byudjet xujjatlari shaklining yagonaligi;

  • har bir qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimiyati organi byudjet jarayonining mustaqilligi - o’z daromad manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlarini belgilash huquqi bilan ta’minlanadi;


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling