Reja: O‘zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari


Download 0.55 Mb.
bet1/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1619600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING HOLATI.


MAVZU: DAVLAT BYUDJETINING HOLATI.
REJA:
1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari.
2. Byudjet tizimi byudjetlari to’g’risida tushuncha.
3. Byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shakllari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari.
Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi byudjet tizimidir. Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga keng ma’noda va tor ma’nodagi yondashuvlardan kelib chiqib, quyidagicha ta’riflar berilgan: Keng ma’noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat tuzilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar yig’indisidan, shuningdek, har bir byudjet bo’g’iniga tegishli bo’lgan soliq va yig’imlar yig’indisidan, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat vakolatlari taqsimoti hamda byudjetlararo transfertlar yig’indisidan iboratdir.1
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Asosiy tushunchalar” deb nomlangan 6-moddasida: “Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi”1, - deb ta’rif berilgan.
Tor ma’noda byudjet tizimi mamlakat ma’muniy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi byudjetlar yig’indisidan iborat.
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risidagi” Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat2:

  1. Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi–byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.

  2. Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi – byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligi

(Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o’z byudjetiga ega bo’lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo’g’inini tashkil qiladi.

  1. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi prinsipi

–byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishini, shu bilan birga, byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya’ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun turli darajadagi byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga ko’ra,byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
5, Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan, yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko’zda tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.2
6, Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipihar bir byudjet o’z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo’nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma’lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo’yilganligi bilan izohlanadi.
7, Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipibyudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida o’z byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip “natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish” talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo’lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka yo’naltirilganligi bilan izohlanadi.
8, Kassaning yagonaligi prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Moliya vazirligi G’aznachiligining Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti mablag’larining hajmi va harakati to’g’risida tezkor axborotlarga ega bo’lish, byudjet mablag’larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.3
9, Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipibyudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida jamiyatning ko’pchilik a’zolari – yuridik va jismoniy shaxslar bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag’lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, ma’muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan tartibga solinadi.
10, Ochiqlik prinsipidavlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini), byudjet ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling