Reja: O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati


Download 71.5 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1125305
  1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy shaxslar - ma\'muriy huquq subyekti ifatida


Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq subyekti ifatida


Reja:


1. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati
2. Fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari
3. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar
ma'muriy-huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlari

Ma'muriy huquqning asosiy subyektlaridan biri - bu fuqarolardir. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar - ma'muriy-huquqiy munosabatlarga kirishib, ma'lum bir subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo`lishlari mumkin.


Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi (ma'muriy-huquqiy munosabatlardagi) huquqlari, erkinliklari, majburiyatlari, javobgarligining yig`indisi - fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holatini tashkil etadi. Bu munosabatlar fuqarolarning ma'muriy huquqning boshqa subyektlari bilan, masalan, davlat hokimiyati organlari bilan, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa va jamoat birlashmalari hamda ularning mansabdor shaxslari bilan o`zaro aloqasi natijasida vujudga keladi.
Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holati konstitutsiyaviy va ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solingan – fuqaro huquqiy holatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari – ularning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi hamda ma'muriy-huquqiy aktlarda o`z ifodasini topadi.
Fuqarolar o`zlariga tegishli bo`lgan huquqlarini, shu jumladan ularni himoya qilish huquqini ham o`z xohishlariga ko`ra tasarruf etadilar.
Fuqarolar o`z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolar o`z huquqlarini amalga oshirishi bilan boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Fuqarolar o`z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma'naviy prinsiplari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari lozim.
Fuqarolarning boshqa shaxsga zarar yetkazishiga, boshqacha shakllarda huquqni suiiste'mol qilishiga, shuningdek, huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yo`l qo`yilmaydi.
Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holatini amalga oshirishda – fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati va ma'muriy muomala layoqatiga ega bo`lishi, katta ahamiyatga egadir.
O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va erkinliklari, birinchi galda, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilangan bo`lib, bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  1. yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og`ir jinoyatdir;

  2. har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega;

  3. hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas;

  4. jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o`zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo`ravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas;

  5. har kim o`z sha'ni va obro`siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o`tkazishi yoki uni ko`zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so`zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas;

  6. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, O`zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir;

  7. har kim fikrlash, so`z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir;

  8. hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega;

  9. O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini-o`zi boshqarish referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi;

  10. fuqarolar o`z ijtimoiy faolliklarini O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar;

  11. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar;

  12. har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega;

  13. har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir;

  14. har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega;

  15. har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega;

  16. har kim bilim olish huquqiga ega;

  17. har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Fuqarolar ma'muriy-huquqiy holatining ikkinchi asosiy tarkibiy qismi - bu fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi burchlari va majburiyatlaridir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi burchlarni bajaradilar:

    1. fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar;

    2. fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar;

    3. fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar;

    4. fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar;

    5. O`zbekiston Respublikasini himoya qilish – O`zbe-kiston Respublikasi har bir fuqarosinining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar.

Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari Konstitutsiyasidan tashqari, amaldagi qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqadigan bo`lsak, fuqarolarning ma'muriy huquqiy holati tarkibiga kiruvchi huquqlar va majburiyatlarni to`rtta guruhga birlashtirish mumkin:

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling