Reja: O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va faoliyatining shakllanishi


Download 23.2 Kb.
bet3/3
Sana20.09.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1683019
1   2   3
Bog'liq
Реферат

2021 yil yanvar–sentyabr oralig'idagi AQSHning mamlakatimiz bilan tashqi savdo aylanmasi 339,4 mln dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun keltirib o'tish mumkinki, 2020 yil yanvar–sentyabr holatiga ko'ra, bu ko'rsatkich 213,0 mln dollarni tashkil qilgan.
O'zbekistonning Yevropa mamlakatlari va Evropa Ittifoqi bilan munosabatlari barcha sohalarda sezilarli darajada rivojlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiya (2018 y.), Germaniya (2019 y.) va Turkiyaga (2017 y. va 2020 y.) samarali rasmiy tashriflari bo'lib o'tdi.
Turkiya bilan aloqalar, an'anaga ko'ra, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Mazkur tashriflar natijasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda natijador kelishuvlarga erishildi. 2021 yil yanvar–sentyabr holatiga ko'ra, Turkiyaning mamlakatimiz umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 8,6% ni tashkil qildi. Bu esa mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro aloqalarning rivojlanib borayotganidan dalolat beradi, desak, hech mubolag'a bo'lmaydi.
Germaniya Prezidenti F. Shtaynmayer (2019 y.) va Turkiya Prezidenti R. Erdo'g'onning (2018 y.) yurtimizga javob tashriflari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 2019 yil may oyida Yevropa kengashi Prezidenti D. Tusk O'zbekistonga birinchi marotaba tashrif buyurdi. 2017 va 2018 yillarda Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakil F. Mogerini yurtimizga keldi. Evropa bilan iqtisodiyot, savdo, innovatsiya, investitsiya, transport, fan, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalaridagi o'zaro hamkorliklar salmoqli tarzda olib borilmoqda. Pandemiyaga qaramay, 2020 yil yakuni bo'yicha O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'rtasidagi savdo hajmi 4 milliard dollarni tashkil etdi. O'zbekiston mahsulotlarini Evropaga eksport qilish 420 million dollardan oshdi. Yevropa bilan ko'p tomonlama munosabatlarda ham muhim natijalarga erishildi.
O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligi, xususan, Afg'onistondagi vaziyatni yumshatishga qaratilgan amaliy harakatlarni ilgari surish hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni birlashtiruvchi transort yo'lagini barpo etish yo'nalishida dastlabki qadamlar qo'yilganligini ham alohida ta'kidlashimiz mumkin.
Darhaqiqat, O'zbekiston Afg'onistonning tinch va mustaqil davlat sifatida qaror topishidan manfaatdordir. Afg'oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro hamkorlik mustahkamlanishida ko'prik bo'lmog'i lozim. Chunki O'zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan transafg'on transport-kommunikatsiya loyihalari Janubiy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha taqdim etilgan dastur uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallanganligi bilan ahamiyatlidir.
Afg'oniston bilan mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan yirik savdo, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish nafaqat O'zbekiston balki Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlariga to'liq mos kelishi bilan e'tiborga molikdir.
Hozirgi vaqtda Afg'onistondagi vaziyatning og'irligi bois donor davlatlarning yordami juda ham muhimdir. Ushbu mamlakat kun sayin og'ir gumanitar inqirozga kirib bormoqda. Ushbu vaziyatni yumshatish maqsadida xalqaro hamjamiyat, jumladan, yaqin qo'shnilar afg'on xalqiga gumanitar yordam bermog'i lozim. Bu yo'nalishda O'zbekistonning dastlabki qadamlari qo'yilgan, xususan, o'zbek-afg'on chegarasi ochilib, ushbu mamlakatga birlamchi zarur bo'lgan oziq-ovqat, neft mahsulotlari va elektr energiyasi yetkazib berilishi qayta tiklandi.
O'zbekiston Afg'onistondagi yangi vaziyatga Preventiv diplomatiya usullari hamda xalqaro miqyosda siyosiy-diplomatik mexanizmlari bilan to'g'ri va samarali hamda tizimli aloqalarni muntazam ravishda olib bormoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, afg'on xalqining tinch va faravon yashashidir.
Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Harakatlar strategiyasi yangi O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor vazifalari bajarilishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi, shuningdek, O'zbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarda o'z o'rnini yanada mustahkamlab borayotganligi hamda ular tomonidan keng e'tirof etilayotganligi buning yorqin dalilidir.
Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling