Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
Download 184.06 Kb.
|
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirziyoyev Sh.M.
- Тўраев Б.О., Убайдуллаев У.А.
- Ўзбекистоннинг янги тарихи.
Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. Asarlar 3-jild. -Т.: ―O`zbekiston. 2019.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.: ―O‘zbekiston. 2020. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston. 2021. Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғат / Абдуллаев М., Абдуллаева М., Абдуллаева Ф. ва бошқ. -Т.: ―Шарқ. 2006 Тўраев Б.О., Убайдуллаев У.А. Ўзбекистон минтақада тинчлик ҳимоясида. -Т.: ―Ўзбекистон. 2001. 64 б. Ergashev Q., Hamidov H. O‘zbekiston tarixi: o‘quv qo‘llanma / -T.: ―G‘afur G‘ulom. 2018. -632 b. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан ва технология. 2019. 796 б. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси. / Масъул муҳаррир Н.Талипова. - Т.: ―Fan va texnologiya. 2014. 328 б. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси. - Т.: ―Шарқ. 2000. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. Mustaqillik davrida O`zbekiston jahon arenasida xalqaro munosabatlarning o`z ovoziga ega bo`lgan teng huquqli subyekti sifatida namoyon bo`la boshladi. XX asrning so`nggi o`n yilligida dunyoda tub o`zgarishlar yuz berdi. Turli qarama- qarshiliklar avj olib, xalqaro vaziyat alg`ov-dalg`ov holatiga kelib qoldi. Tabiiyki, O`zbekistonning boy tabiiy zahiralari, muhim geografik joylashuvi, buyuk merosi, bag`rikeng, tanti hamda zahmatkash xalqi, mamlakatning boshqa qator o`ziga xos jihatlari ham jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg`otar, ayrim g`arazli kuchlarning "ishtahasini" qo`zg`otar edi. Mamlakatimiz tevarak atrofida unga go`yoki "beg`araz yordam" qo`lini cho`zayotgan, nima qilsa "to`g`riyu", nima qilsa "noto`g`ri" bo`lishini chetdan turib "o`rgatishga, "yo`riqnomalar berib turishga harakat qilayotgan davlatlar yo`q emasdi. Bu davrda qo`shni mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglik, siyosiy boshboshdoqlik, ayniqsa, ayrim davlat boshqaruv organlarining "falajlik" holatiga tushib qolishi O`zbekistonning tinchligiga rahna soluvchi ichki va tashqi kuchlarga qulay sharoit yaratdi. Bularning hammasini tahlil qilgan xorijiy sharhlovchilar Bolqon yarim orolida yuz berayotgan fojialarning Markaziy Osiyoda takrorlanishi yoki Afg`oniston mojarosi mintaqani o`z domiga tortib olishini "bashorat qilardi. Bu hududning "bolqonlashuvi" yoki "afg`onlashuvi haqida turli siyosiy sharhlar tayyorlab qo`yilgan edi. Mustaqillikning ilk yillarida va undan keyin ham O`zbekiston juda katga sinovlarga duch keldi, mamlakat atrofida turli murakkab vaziyatlar, qurolli mojarolar, fojiaviy voqealar to`xtovsiz yuz berib turgan bir paytda davlat va jamiyatni taraqqiyotga yetaklash, xalqning tinchligi va barqarorligini ta‘minlash mamlakat rahbaridan o`ta donolik, mislsiz shijoat va metin irodani talab etardi. Prezident Islom Karimov O`zbekiston aholisini ana shunday sinovlardan, bo`hron va larzalardan eson-omon olib chiqish sharafiga muyassar bo`ldi. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, biron mustaqil davlatning jahon siyosat maydonidagi o`rnini birov chetdan kelib, tayyorlab bermaydi. Davlat bu yo`lda xorijiy hamkorlar tomonidan ko`rsatiladigan do`stona munosabat, qo`llab-quvvatlash bilan birga, jiddiy muammolarga, kutilmagan vaziyatlar, shuningdek, ba‘zi xalqaro kuchlar tomonidan bildirilayotgan ishonchsizlik, ochiqdan-ochiq tazyiq o`tkazishga urinish holatlariga doimo tayyor turishi kerak. Bu fikrimizga mustaqil O`zbekiston tarixi misol bo`la oladi. Har bir davlat va uning rahbari, avvalo, o`z xalqi kuchiga ishonib, beminnat tashqi hamkorlikka tayangan holda, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta‘minlashga, mamlakatni turli qaltis vaziyatlardan talofatsiz olib chiqishga erishmog`i darkor. Hozirgi kunda Yer yuzida 3,5 mingdan ortiq millat va elatlar yashab turib, ulardan faqat 200 ga yaqinigina o`z davlagchiligiga ega ekanligi bunday vazifa naqadar murakkab va uni amalga oshirish qat‘iyatli, eng sobitqadam xalq uchungina munosib bo`lishini tasavvur qilish qiyin emas. O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga davlat tashqi siyosatining bosh tamoyillarini o`zida aniq va ochiq-oydin ifoda etgan alohida bob kiritildi. Qomusning "Tashqi siyosat" deb nomlangan 4-bobi "Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizlgi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi", deya bayon etildi. 17-moddada "Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin", degan qoida muhrlab qo`yildi. Milliy manfaatlarni sobitqadamlik bilan ilgari surish, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni saqlash; siyosiy, iqtisodiy, savdo- sotiq, transport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalarni keng diversifikatsiya qilish O`zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishlari etib belgilandi. Tashqi aloqalarning qonuniy asosini yaratish jarayoni bilan bir paytda xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o`rnatish va izchil rivojlantirib borish mexanizmlarini zudlik bilan shakllantirishga kirishildi. Shu tariqa O`zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, chet ellardagi elchixonalari va konsullik xizmatlari tashkil etildi. Davlat uchun yangi bo`lgan xalqaro munosabatlar sohasini milliy kadrlar bilan muntazam ta‘minlab borish maqsadida 1992 yil 23 sentabrda mamlakat tarixida va Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib, Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ochildi. 1991-2001 yillarda O`zbekistonni dunyoning 165 ta davlati tan oldi, 120 dan ortiq davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o`rnatildi. Mamlakatimiz 100 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning to`laqonli a‘zosi bo`ldi. O`zbekiston dunyoning 46 davlatida o`zining diplomatik va konsullik vakolatxonalarini ochdi. Mamlakatimiz poytaxti Toshkentda 44 xorijiy davlatlarning elchixonalari, 9 konsullik vakillari, 15 xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko`rsata boshladi. O`zbekiston nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan barqaror mamlakat, xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatida, balki global va mintaqaviy xavfsizlikni, xalqaro barqarorlikni ta‘minlashga bevosita daxldor davlat sifatida ham jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egalladi. Bu borada O`zbekiston xalqaro "xavfsizlikning bo`linmasligi tamoyiliga" amal qildi (Karimov Download 184.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling