Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Download 184.06 Kb.
bet14/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ko`ptomonlama hamkorlik

munosabatlari.

O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan O`zbekistonning tashqi siyosiy yo`li, bu yo`lning xalqaro huquq normalariga mosligi, shuningdek, mamlakat tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari va idoraviy tuzilmalarini shakllantirish bo`yicha boshlangan jarayon mustaqillikning birinchi yillaridayoq dunyo hamjamiyati e‘tiboriga tushdi. Buning dalili mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq uni xorijiy mamlakatlar tan olib, diplomatik munosabatlar o`rnata boshlaganlarida ko`rish mumkin.


1991 yilning oxirigacha O`zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon (19 oktabr), Rossiya Federatsiyasi (26 oktabr), Qirg`iziston (31 oktabr), Moldova (14 noyabr), Qozog`iston (7 dekabr) o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to`g`risidagi kelishuvlar imzolandi. Shu vaqt orasida O`zbekiston Respublikasining Ukraina (28 oktabr) va Belarus (6 noyabr) bilan davlatlararo munosabatlari asoslari to`g`risidagi shartnomalarga imzo chekildi.
O`zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o`zaro hamkorlik masalalariga alohida e‘tibor qaratdi. Ikki davlat rahbarlari imzolagan huquqiy hujjatlar O`zbekiston Rossiya davlatlararo munosabatlari va hamkorligi rivojlanishining kafolati bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan hujjatlar: 1992 yil 30 mayda imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do`stlik va hamkorlik asoslari to`g`risidagi shartnoma, 1998 yil oktabrda imzolangan.
1998-2007 yillar uchun iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashgirish to`g`risidagi
shartnomalardan iborat.
Keyingi yillarda O`zbekiston Rossiya munosabatlari har ikki davlat rahbarlari say- harakatlari tufayli yangi bosqichga ko`tarildi. Bunda, xususan, 2004 yil 18 iyunda imzolangan O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasidagi strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma muhim ahamiyat kasb etdi. 2005 yil 14 noyabrda Moskvada imzolangan O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasidagi ittifoq munosabatlari to`g`risidagi shartnoma, shuningdek, ikki mamlakat rahbarlarining 2012 yil 4 iyunda Toshkentda bo`lib o`tgan uchrashuv yakuniga ko`ra qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risidagi deklaratsiya» ikki davlat o`zaro munosabatlarida alohida voqea bo`ldi.
Ikki mamlakat o`zaro munosabatlari va hamkorligining yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013 yil 14-15 aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin o`rtasidagi Moskva uchrashuvi yangi turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog`ida davlatlarning keng qamrovli o`zaro munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish holati va istiqboli ko`rib chiqildi. Bunga, xususan, uchrashuv yakunlari bo`yicha imzolangan "Investitsiyalarni qo`llash va o`zaro himoya qilish to`g`risida"gi bitim, "2013-2017 yillar uchun iqtisodiy hamkorlik dasturi", shuningdek, "2013-2015 yillar uchun madaniy- gumanitar va ilmiy-texnika sohalarida hamkorlik qilish dasturi" misol bo`la oladi. Mazkur uchrashuvda atrof muhitni muhofaza qilish, bojxona va soliq xizmatlari bo`yicha muassasalar o`rtasidagi hamkorlikka doir hujjatlar ham qabul qilindi.
Har ikki davlat mustaqillikka erishgandan keyingi davr ichida O`zbekiston va Rossiya
o`rtasida 160 dan ortiq xalqaro shartnoma va 40 dan ziyod boshqa hujjatlar imzolandi. Bu
hujjatlar ikki mamlakatning davlatlararo munosabatlari va har tomonlama hamkorligi rivojining mustahkam huquqiy bazasi bo`lib xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston rahbarlarining oliy darajadagi 20 ga yaqin rasmiy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Ushbu qo`shni davlatda Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident etib saylanganidan keyin ikki tomonlama manfaatli aloqalar yanada rivojlandi. O`zbekiston va Turkmaniston davlatlari rahbarlarining rasmiy uchrashuvida o`zaro hamkorlikka oid bir qator yangi hujjatlar imzolandi va hayotga izchil tatbiq etilmokda.
Tojikistonda o`tgan asrning 90-yillarida yuzaga kelgan og`ir ichki siyosiy vaziyat mintaqadagi qo`shni mamlakatlar bilan davlatlararo munosabatlarning rivojlanishini orqaga surib yubordi, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy xatar yuzaga keddi. Shunga qaramasdan, O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston davlat rahbarlari uchrashuvi chog`ida ko`plab davlatlararo shartnoma va bitimlar imzolandi. Ta‘kidlash joizki, O`zbekiston har doim Tojikiston bilan o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining o`rnatilishi hamda rivojlanishi tarafdori bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
O`tgan davr mobaynida O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston davlat rahbarlarining oliy darajadagi bir qator uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Xususan, Qirg`iziston poytaxtida 1997 yilning 10 yanvarida bo`lib o`tgan O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston davlat boshliqlari uchrashuvi alohida tarixiy ahamiyatga ega. Bu uchrashuvda istiqboldagi hamkorlikning turli masalalari muhokama qilinib, O`zbekiston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida abadiy do`stlik to`g`risidagi shartnoma imzolandi. Bu va boshqa ko`plab uchrashuvlarning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, uch respublika rahbarlari tomonidan davlatlararo munosabatlarning huquqiy asoslari yaratildi. Ular davlatlararo siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy-ma‘rifiy sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirishga yordam beradi.
Islom Karimovning mustaqil O`zbekiston Respublikasi rahbari sifatidagi dastlabki rasmiy tashrifi 1991 yilning 16-19 dekabrida Turkiyaga bo`ldi. Ikki mamlakat rahbarlari va hukumatlari turli masalalar bo`yicha fikr almashishdi hamda o`zbek-turk munosabatlari va hamkorligini rivojlantirish yuzasidan tegishli bitimlarni imzolashdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan Finlyandiyada (1992 yil, 25-27 fevral), Xitoy Xalq Respublikasida (1992 yil, 12-14 mart), Saudiya Arabistonida (1992 yil, 11-13 aprel), Koreya Respublikasida,
Malayziya va Indoneziyada (1992 yil, 16-23 iyun), Pokiston Islom Respublikasida (1992 yil, 13 avgust), Avstriya Respublikasida (1992 yil, 18-20 sentabr), Eron Islom Respublikasida (1992 yil, 24-25 noyabr), Misr Arab Respublikasida (1992 yil, 15-17 dekabr), Shveysariyada (1993 yil,
28 yanvar), Germaniya Federativ Respublikasida (1993 yil, 25-27 aprel), Niderlandiya Qirolligida (1993 yil, 8 iyun), Fransiyada (1993 yil, 27-30 oktabr), Buyuk Britaniya Qo`shma Qirolligida (1993 yil, 22-25 noyabr), Yaponiyada (1994 yil, 16-19 may), Polshada (1995 yil, 11- 12 yanvar) va boshqa mamlakatlarda bo`ldi.
Mazkur uchrashuvlar davomida davlatlar ikki tomonlama o`zaro munosabatlari va hamkorligining huquqiy asosi yaratildi. Bu esa muhim siyosiy ahamiyatga ega bo`ldi. Ular O`zbekistonning dunyo xo`jalik tizimiga teng huquqli sheriklik va o`zaro ehtirom tamoyillari asosida kirishiga, xalqaro hamjamiyat mamlakatlari bilan faol xalqaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- texnik va madaniy hamkorlikni amalga oshirishiga imkon berdi.
O‘zbekiston bilan Amerika Qo‗shma Shtatlari o‗rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‗lga qo‗yildi. 1992-yil 15-16-fevral kunlari AQSH davlat kotibi
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling