Reja: O’zbekiston Respublikasi tinchliksevar tashqi siyosatining asosiy tamoyilari


Download 50.41 Kb.
bet4/5
Sana27.02.2023
Hajmi50.41 Kb.
#1235466
1   2   3   4   5
31-oktabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida Abadiy do’stik shartnomasi imzolandi.
O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil 20-21aprel kunlari bo’lib o’tgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag’ishlandi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, - O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishida yakdildirlar». 2001-yil 16-17-noyabr kunlari O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston - Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida Shartnoma imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002-yil 9-sentabrda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z yechimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2011-yilda 2,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 2012-yilda O’zbekistonda 178 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 120 ta qozoq-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akayevning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992-yil 29-sentabrda I.Karimov va A.Akayev tomonidan imzolangan edi. I. Karimovning 1993-yil avgustga Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqarilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitmlar imzolangan.
1994-yil 16-yanvarda O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Qirg’izistonda bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurish, o’zaro kelishilgan kredit – hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi shartnomalarni imzoladilar. O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida savdo-iqtidodiy hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000-yilda O’zbekistonda 22 ta o’zbek-qirg’iz qo’shma korxonasi, Qirg’izistonda 62 ta qirg’iz-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
2000-yil iyunda Qirg’izistonda ekstermistik kuchlar tomonidan Prezident hokimyayining ag’darilishi, millatlararo qonli voqealar sharoitda O’zbekiston Prezidenti oqilona yo’l tutdi. 100 mingdan ortiq qochqinlar, xotin-qizlar, bolalar, qariyalarni O’zbekiston hududiga qabul qilindi, joylashtirish va barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi. Islom Karimov harakatlari natijasida Markaziy Osiyo qarama-qarshiliklarning keng ko’lamli o’chog’iga aylanib ketishining oldi olindi. Jahon Hamjamiyati O’zbekiston Prezidentining qaltis vaziyatda amalga oshirgan oqilona tadbirlarini to’liq ma’qulladi.
Tojikistonda 1992-1996-yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo’shni mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil 4yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo’yicha qo’shma axborot imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari sog’liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisob-kitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi. O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997-yilda 50 mln AQSh dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir. 2000-yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta tojik-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
1991-yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996-yil 16-yanvar kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S. Niyozov bilan 1. Karimov o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi. Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risida 20 dan ziyod bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2007, 2010, 2012- yillardagi Turkmanistonga davlat tashrifi, Turkmaniston Pezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning 2008-yil mart oyidagi, 2013-yil noyabir oyidagi O’zbekistonga davlat tashriflari ikki qardosh mamlakat o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarning yanada mustahkamlanishga xizmat qilmoqda. Ikki davlat o’rtasida imzolangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi shartnoma, do’stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to’g’risidagi shartnoma va bir qator bitimlar ikki qardosh mamlakat o’rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. Ikki davlat o’rtasida erkin savdo tartibi yo’lga qoyildi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zbek qozoq, qirg’iz qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi xalqlar o’rtasida qadimiy do’stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib «Turkiston- umumiy uyimiz» degan g’oyani ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini, birinchi navbatda ijodkor ziyolilar e’tiborini Turkiston tuyg’usini–tarixiy birlik tuyg’usini qaytadan tiklashga qaratdi.
Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog’lom kuchlar bu g’oyani qo’llab quvatladilar.
«Turkiston- umumiy uyimiz», deb nomlangan jamoatchilik harakati tashkil topdi. 1995-yil 21-noyabr kuni Toshkentda markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida «Qardosh xalqlar uchrashuvi» mavzusida xalqaro quriltoy bo’lib o’tdi. Quriltoyda «Turkiston-umumiy-uyimiz» harakatini birinchilardan bo’lib qo’llab-quvvatlagan olamaro mashhur bo’lgan qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi va so’zga chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab o’tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqlolda tug’ilajak avlodlar bog’liqligi, mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg’usining muqaddasligi haqida so’zladilar. Qurultoyda «Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi» tashkil etildi. Chingiz Aytmatov Assambleyi Prezidenti, Odil Yoqubov Assambleya vitse-prezidenti etib saylandi. Assambleyaning qarori Toshkentda, uning bo’limlari Bishkek va Almatida tashkil etildi. Assambleya xalqaro konferensiya, davra suhbatlari o’tkazmoqda. 1997- yil oktabr oyidan boshlab 8 sahifalik «Markaziy Osiyo madaniyati» nomli gazeta o’zbek, qozoq, qirg’iz, tojik va rus tillarida chiqarilmoqda. Bu tadbirlar mintaqa xalqlari o’rtasida do’stlik va hamkorlik aloqalarni mustahkamlashga ko’maklashmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va O’rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar o’rnatish va rivojlantirishga kirishdi.
1991-yil 16-19-dekabr kunlari I.Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan mamlakat– Turkiyada bo’ldi. Turkiya Prezidenti Turg’ut O’zol, Bosh Vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim, axborot ayirboshlash, televideniye va radio eshittirish bo’yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi. O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992-yil 28-aprel kuni O’zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O’zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Hamkorlikning yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari-Turg’ut O’zol, Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezerlarning O’zbekistonga rasmiy tashriflari chog’ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O’zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo’shma korxonalar barpo etildi. 1996-yil iyun oyida O’zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi-“O’zavtosanoat” Turkiyaning “Koch-
Xolding” konserni bilan Samarqand shahrida “SamKochavto”o’zbek-turk qo’shma korxonasini barpo etish to’g’risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo’shma korxona bunyod etildi va sig’imi o’rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko’taradigan yuk avtomobillari yig’ish yo’lga qo’yildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 mln AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998-yilda 275 mln AQSh dollariga ko’paydi.
1992-yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri
Muhammad Navoz Sharifning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga asos soldi.
Safar kunlarida «O’zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to’g’risida» shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to’g’risida, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston va Pokiston o’rtasidagi hamkorlikni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1992yil 13-14-avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada yangi pog’onaga ko’tardi. Ikki davlat o’rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to’g’risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, davlat banklari va milliy banklar o’rtasida, vakolatxonalar ayirboshlash to’g’risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. Pokiston Islom Respublikasi Bosh Vaziri Benazir Bxutto 1995-yil may va noyabr oylarida O’zbekistonga ikki marta tashrif buyurdi. Iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi.
O’zbekistonda Pokision sarmoyalari ishtirokida 120 ta qo’shma korxona tuzilgan. Tabani, Merkuriy, Metro, Laksan Taraka kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqda. 1994-yilda O’zbekiston va Pokiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 min. AQSh dollarini tasbkil etdi. O’zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar, shisha, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq iste’moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyafzal, charm buyumlar, kakao va shakar keltirilmoqda.
1992-yil 24-25-noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I. Karimovning Eron Islom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O’zbekiston va Eron o’rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Safar chog’ida «O’zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida» Deklaratsiya, havo transporti sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, davlat Markaziy banklari o’rtasida bitim imzolandi. 1993-yil 18-oktabrda Eron Prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning O’zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko’maklashdi. Safar chog’ida tranzit aloqalarni tartibga solish to’g’risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston bilan Eron o’rtasidagi o’zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1996-yilda O’zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo’lsa, 2001-yili bu ko’rsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001-yili O’zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o’tildi. O’zbekiston yuklari asosan Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda. 2002-yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga yaqin O’zbekiston-Eron qo’shma korxonasi barpo etildi va ular asosan ishlab chiqarib bilan shug’ullanmoqda.
2002-yil 26-aprel kuni Eron Prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning
O’zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida O’zbekiston va Eron o’rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo’l qo’ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli ma’lumotlarni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O’zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog’-kon sanoati palatasi o’rtasida hamkorlik to’g’risida hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi.
O’zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo’ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O’zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O’zbekistonlik yoshlar Qohira universitetida, «Al-Azhar» va «Ayn Shams» universitetlarida, Misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetlarida tahsil olmoqdalar. Toshkentda Misr Respublikasining fan va ta’lim markazi faol ishlab turibdi. 1992yilda O’zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning yirik mamlakat - Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993-yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Safar kunlarida «O’zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to’g’risida shartnoma», foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to’g’risida, havo yo’llari to’g’risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1993-yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrifi chog’ida ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzolandi. O’zbekiston bilan Hindiston o’rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda.
1995-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning «TATA Projekt LTD» firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o’rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yerosti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo’lgan zamonaviy mehmonxonaning ochilishi fikrimizning dalilidir.
Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini Islom Karimovning 2000yil 1-3-may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Safar paytida O’zbekiston Prezidenti Hindiston Prezidenti va Bosh Vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog’ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan. O’zbekiston bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot, jinoyat-qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to’g’risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta’lim, axborot, bojxona sohalari bo’yicha hamkorlik qilish bo’yicha hujjatlar imzolandi. O’zbekiston va Hindiston o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O’zbekistonda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo’lga qo’yildi. 1992-yil 15-16-fevral kunlari AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker O’zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi, va ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo’lib AQShning elchixonasi ochildi. 1993-yil 14-sentabrda AQSh davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo’yicha elchisi Strob Talbot O’zbekistonda bo’ldi va O’zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSh mudofaa vaziri Uilyam Persi O’zbekistonga keldi, O’zbekistonning NATO «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSh armiyasi o’quv-mashq markazida tinchlikni ta’minlash maqsadida o’tkazilgan harbiy mashqlarda O’zbekiston qurolli kuchlari bo’linmasi ishtirok etdi. O’zbekiston bilan AQSh o’rtasida sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to’g’risida shartnomalar tuzilgan.
Toshkent - Nyu-York o’rtasida bevosita havo yo’li ochildi.
O’zbekistonda 1996-yil boshlarigacha Amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida
200 ta o’zbek-amerika qo’shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQShning Nyumont Mayning Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog’ jinslaridan oltin va kumusb ajratib oluvchi «Zarafshon-Nyumont» qo’shma korxonasi barpo etildi. Bu korxonada 2002- yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1996-yil 23-28-iyun kunlarida AQShda bo’lishi O’zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog’onaga ko’tardi. I.Karimov AQSh Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo’lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. I.Karimov bilan B. Klinton uchrashuvi ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. 1996-yil 25-iyun kuni O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi ochildi.
2001-yilda O’zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni 70 tadan ortdi. AQSh sarmoyasi ishtirokida respublikainizda barpo etilgan 305 ta qo’shma korxona sanoat, qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommunikatslya va ta’lim sohalarida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. «Zarafshon-Nyumont», «O’z-Teksako», «O’z-keysmash», «O’z-keystraktor», «O’z-Eksayd», «BiEy Ay»ning Xo’jaobod gaz ombori qurilishi,
«ABB Lummus Global» bilan hamkorlikdagi Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir .O’zbekistonning AQSh bilan savdo aylanmasi 300 min AQSh dolliardan oshdi.
2001-yil 11-sentabr kuni xalqaro terroristlar AQShda sodir etgan fojiali voqealar paytida O’zbekiston birinchilardan bo’lib AQSh hukumatining Xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo’lib chiqdi. 2002-yil 11-14-mart kunlari O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan AQShda bo’ldi. AQSh Prezidenti J.Bush va martabali hukumat vakillari Islom Karimovni Oq uyda obro’-e’tiborli mehmon sifatida kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy-texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar.
Tashrif yakunida «O’zbekiston bilan AQSh o’rtasida o’zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida deklaratsiya», ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olishda hamkorlik, moliya, qishloq xo’jaligiga oid qator hujjatlar imzolandi.
AQShni sinovli damlarda qo’llab-quvvatlagani uchun Prezidenti- miz Islom Kariniov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Ame- rika xalqining O’zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish va tobora chuqurlashtirish alohida o’rin tutadi. 1996-yil 21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim», uning 1999-yil 1-iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiytexnik va madaniy-gumanitar aloqalari yildan yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. Respublikamizda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta korxona ishlayapti, ulardan 111 tasi yuz foizlik Yevropa kapitaliga ega. 1995-2002-yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari respublikamizda umumiy qiymati qariyb 8 mlrd AQSh dollariga teng yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi. 2002-yilda O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulot ayirboslilash hajmi 1 mlrd 65,8 mln. AQSh dollarini, 2003-yil yanvar - oktabr oylari yakunlari bo’yicha esa 910,6 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiytexnikaviy salohiyatga ega bo’lgan Germaniya bilan o’zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning Germaniyaga 1993-yil 28-aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O’zbekiston bilan Germaniya o’rtasida munosabatlarni yo’lga qo’yishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. l.Karimov GFR Federal Prezidenti Rixard fon Vayzenker va Fideral kansler Gelmut Kol bilan samimiy, o’zaro tenglik asosida suhbatlashdi. Ikki davlat o’rtasida madaniy hamkorlik to’g’risida, sarmoyalar qo’yishni amalga oshirish va o’zaro himoya qilishga ko’maklashish to’g’risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to’g’risida bitimlar imzolandi. «Doyche bank», «Mersedes-Bens» va «Simens» kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo’ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko’ra, O’zbek-Germaniya hamkorligi masalalari bo’yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994 - yil 1-sentabrda GFRning o’sha paytdagi poytaxti Bonnda O’zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent-Frankfurt» havo yo’li ochildi, O’zbekistonda «Doychebank»ning bo’limi faoliyat ko’rsatmoqda.
Germaniyaning “Geydelberg” firmasi O’zbekistonda nashriyot- matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. “Geydelberg” firmasi asbobuskunalari bilan Yangiyo’l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi “Tong” nashriyoti qayta jihozlandi. O’zbekistondagi “Rastr” va “Groteks” matbaa korxonalari “Geydelberg” firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o’quv qo’llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001yilda O’zbekiston-Germaniya-Rossiya hamkorligidagi “Namangan qog’oz” qo’shma korxonasi qurilib ishga tushirildi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil 2-5-aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002-yil 9-10-may kunlari O’zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O’zbekiston-Germaniya o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o’rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 1997-yilda O’zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo’lsa, 2001-yilda bu ko’rsatkich 80 taga yetdi.
Ularning eng yiriklari «Xobas TAPO», «Xiva Karpet» va boshqalardir. 2003-yilda Germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko’rsatdi, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. O’zbekistonga kiritlayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001-yildayoq 1 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 2001 - yilda 283,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Samarqanda 2009-yilda “JV MAN Avto-Uzbekiston” O’zbekiston-Germaniya qo’shma korxonasi barpo etildi. Zavodda 15-50 tonnalik yuk ko’tarish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy MAN avtomobillari ishlab chiqish yo’lga qo’yildi. 2010- yilda korxonada 480 dona yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkish 658, 2012-yilda mingan ortiqni tashkil qildi. Germaniya Federativ Respublikasi O’zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir. O’zbekiston bilan Fransiya o’rtasida munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993-yil 28-30-oktabr kunlari O’zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I.Karimov Fransiya Prezidenti F.Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do’stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so’zlab: «Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o’rinni egallab turgan mustaqil O’zbekiston Sharq bilan G’apb o’rtasida ishonchli ko’prik bo’lishi mumkin. Ko’p asrlik tarix, teran an’analarga ega bo’lgan, insoniyatning faxriga aylangan allomalarni yetkazib bergan O’zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo’lib qoldi»,- deb ta’kidlagandi. Bu Vatanimiz to’g’risida, uning shon-shuhratini ulug’lovchi xolisona, olijanoblik bilan berilgan bahodir. Safar natijasida Parijda «O’zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim, sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’g’risida bitim imzolandi.
Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respubli- kamizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O’zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik «Kredit Kommersial de Frans» banki o’rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko’zda tutildi. Taniqli «Elf-akiten» neft-kimyo konserni, «Texnip» firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi.
Fransiya va O’zbekiston o’rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan «Kredit kommersial de Frans» banki zavod qurilishini ham mablag’ bilan ta’minladi. O’zbekiston bu bankka mablag’ qo’ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo’lib turibdi.
1994 -yil 25-27-aprel kunlari Fransiya Prezidenti F. Mitteranning O’zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida, O’zbekiston va Fransiya o’rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to’g’risidagi deklaratsiyalar imzolandi. O’zbekiston bilan Fransiya o’rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib bormoqda.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
O’zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo’lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 22-25-noyabr kunlari O’zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo’lishi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo’ldi. Mamlakatimiz rahbarining qirolicha Yelizaveta II, Bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq o’zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo’lib o’tdi. Safar samarali bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o’rtasida o’zaro iqtisodiy aloqalar to’g’risida shartnoma, sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’g’risida bitim, havo yo’llarini ochish to’g’risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. «Toshkent-London» havo yo’lida samolyot qatnovining yo’lga qo’yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1996- yilning boshlarida O’zbekistonda Britaniya Kengashi bo’limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yo’lida xizmat qilmoqda.
O’zbekistonning Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya, Italiya,

Download 50.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling