Reja: O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari
Download 25.92 Kb.
|
1 2
Bog'liq“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” modulining maqs-www.kompy.info
Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari
Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini taʼminlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi. Yangi isteʼmolchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi. Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi. Ilmiy faoliyat va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga oid asosiy huquqiy-meʼyoriy hujjatlar quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 7 maydagi PQ3698-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiyinnovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi VM-24-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiytadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 9 martdagi VM-133-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risida nizom”. Normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy amaliyot to‘g‘risida"gi Qonuni "Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida"gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 832-son. 17.10.2018 y. "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaror "Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom "Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom Ilmiy ishlanmalar va tijoratlashtirish obʼektlari. Innovatsion ishlanmalar, davlat ilmiy-texnik dasturlari, loyihalari, startap-loyihalarni rasmiylashtirish Yangi ishlanma — mavjud o‘xshash intellektual faoliyat natijalariga nisbatan yangi belgilarga ega bo‘lgan, amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan va amaliyotda undan foydalanganda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlay oladigan intellektual faoliyat natijasi (ishlab chiqarish, maʼmuriy, tijorat yoki boshqa xususiyatga ega yangi yoki mukammal texnologiya, xizmat va tashkiliy-texnik yechim). Texnologiyalar transferi — yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar majmuidir. Ilmiy loyihalar qo‘yilgan muammoning ilmiy yoki texnik yechimini topish, nou-xau yoki yangi texnologiyalarni olish va yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilishi mumkin. Qo‘yilgan maqsad va vazifalardan, amalga oshirish shaklidan kelib chiqib, ilmiy loyihalar quyidagi turlarga bo‘linadi: fundamental loyihalar; amaliy loyihalar; innovatsion loyihalar. Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlov asosida, ayrim hollarda belgilangan tartibda tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi. Fundamental tadqiqotlar – tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqidagi yangi bilimlar olish, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obʼektlarni o‘rganishga ixtisoslashgan nazariy va (yoki) tajriba o‘tkazishga qaratilgan tadqiqotlardir. Fundamental tadqiqot loyihalarining bajarilish muddati besh yilgacha bo‘lishi mumkin. Amaliy tadqiqotlar – amaliy maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarni hal etish uchun, asosan, yangi bilimlar va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlardir. Amaliy loyihalarning bajarilish muddati uch yilgacha bo‘lishi mumkin. Innovatsion loyihalar – amalga oshirish muddati, infratuzilmasi, ijrochilari, moliyalashtirish manbai va hajmiga ega innovatsiyani yaratish hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlardir. Innovatsiya ishlarining bajarilish muddati ikki yilgacha bo‘lishi mumkin. Tajriba-konstruktorlik loyihalari – tajriba, konstruktorlik namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan o‘tkazish, rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalar. Bu turdagi loyihalarning bajarilish muddati ikki yilgacha bo‘lishi mumkin. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari – ilmiy faoliyatning ilg‘or yo‘nalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ehtiyojlari asosida ishlab chiqiladigan, moliyaviy hajmi ko‘rsatilgan, mavzu doirasida olinadigan yakuniy mahsuloti aniq aks ettirilgan, muntazam ravishda eʼlon qilinadigan, tanlov asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalaridir. Maqsadli loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan muammolarni hal etish maqsadida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Maqsadli loyihalar Ilmiy-texnik kengashlar tavsiyasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtiriladi. Tashabbuskor loyihalar tanlovlari uchun mavzular shakllantirilmaydi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilinadigan ushbu turdagi tanlovga istalgan mavzudagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimi hamda aniq natijaga qaratilgan loyihalarni taqdim etish mumkin. Tashabbuskor loyihalar tanlovida bir mavzu doirasida muqobil (alternativ) loyihaning tanlovga kelib tushishi talab etilmaydi. Startap loyihalar — amalga oshish xavfi yuqori bo‘lgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha. Innovatsion ishlanma — mavjud o‘xshash intellektual faoliyat natijalariga nisbatan yangi belgilarga ega bo‘lgan, amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan va amaliyotda undan foydalanganda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlay oladigan intellektual faoliyat natijasi (ishlab chiqarish, maʼmuriy, tijorat yoki boshqa xususiyatga ega yangi yoki mukammal texnologiya, xizmat va tashkiliy-texnik yechim). Download 25.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling