Reja: O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari


Download 25.92 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1628861
  1   2
Bog'liq
“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” modulining maqs-www.kompy.info


MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari.
Reja:
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” va “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining mazmuni va mohiyati.
Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari.

Ilmiy ishlanmalar va tijoratlashtirish obʼektlari. Innovatsion ishlanmalar, davlat ilmiy-texnik dasturlari, loyihalari, startap-loyihalarni rasmiylashtirish.


 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son Far­moni bilan 2019 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion ri­voj­lan­ti­rish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, O‘zbekiston Respubli­ka­si­ni 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiq­lan­di.
Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshli­li­gi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifa­tida inson kapitalini rivojlantirish belgilangan.
Strategiyada belgilangan asosiy vazifalardan biri sifatida O‘zbekiston Respublika­si­ning 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mam­lakati qatoriga kirishiga erishishdir.
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” Qonun Mamlakatimizni rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishni taʼminlash maqsadida ilmiy faoliyat uchun yagona huquqiy asos yaratilishi zaruriyati yuzaga kelgani tufayli “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” Qonun loyihasi ishlab chiqildi va 2019 yil 29 oktabr sanasida rasman qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar yechimini topish uchun ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni boshqarish hamda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini taʼminlash, iqtisodiyot va davlatning barqaror innovatsion rivojlanishi manfaatlarida barcha fan sohasidagi huquqiy munosabatlar subʼektlarining samarali faoliyati uchun institutsional asosni shakllantirishdan iborat. Bundan tashqari, ilm sohasi vakillarining intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga va o‘z kasbiy faoliyatlarida to‘liq va har tomonlama ijodkorlikni amalga oshirish uchun yordam berishga xizmat qilish yo‘lida ularning ijtimoiy-kasbiy huquqlari va kafolatlarini taʼminlash hamda zamonaviy muammolarni inobatga olgan holda ilm-fan sohasini umuman rivojlantirish maqsadida innovatsion mexanizmni joriy etish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Qonun 6 ta bob va 46 ta moddadan iborat bo‘lib, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, boshqarishning yagona, izchil mexanizmini yaratishda asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonun bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasidagi munosabatlarda mavjud kamchiliklar, qarama-qarshiliklar va bo‘shliqlar bartaraf etildi, xususan, Respublikada ilmiy salohiyatning yanada oshishi uchun huquqiy asoslar yaratildi.
Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi. Shu bilan birga davlat idoralarining, jumladan Vazirlar mahkamasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim tizimi, mahalliy davlat hokimiyatining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari va fuqarolar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining ushbu sohadagi ishtiroki aniq ko‘rsatib o‘tildiki, bu o‘z navbatida “Fan-taʼlim-ishlab chiqarish” integratsiyasini taʼminlashning huquqiy asosi bo‘la oladi.
2020 yil 1 yanvaridan kuchga kirishi belgilangan Qonunning 15-moddasi ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarning mehnat huquqlari bandiga kiritilgan muhim o‘zgarishlar – mehnatga haq to‘lashning yangi tartibi, haq to‘lanadigan mehnat taʼtilining uzaytirilishi, chet elda amaliyot o‘tashlari yoki malaka oshirish uchun bir yilgacha bo‘lgan muddatga taʼtil berilishi – ilm-fan sohasiga yoshlarni jalb qilishga xizmat qiladi va Respublikada yoshlar siyosatining amalga oshirilishida muhim o‘rin tutadi.
Qonunda ilmiy faoliyat, uni olib borish tartibi, shartlari borasida qator kamchiliklarni, xususan baholash mezonlaridagi mavjud kamchiliklarni, ilmiy ekspertiza jarayonini takomillashtirishdagi qatʼiy cheklovlarni bartaraf etdi. Shu bilan birga, ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini belgilab berishda faqatgina bazaviy moliyalashtirishga suyanib qolmasdan, turli ilmiy texnik ishlanmalar grantlari, donorlar mablag‘lari ham ko‘zda tutilishi soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi va sohani tizimli moliyalashtirishning Qonun bilan himoya qilinishini taʼminlaydi.
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, axborot taʼminoti, noyob ilmiy obʼekt va ilmiy asbob va uskunalardan foydalanish tartibining ham belgilab berilishi, shuningdek, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirishning tartibga solinishi o‘z navbatida taʼlim bilan uyg‘unlashgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyatni taʼminlashga xizmat qiladi. Yana bir muhim jihat, yaʼni chet davlatda olingan ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarning O‘zbekiston Respublikasida tan olinishining huquqiy asoslari belgilab berilishi mamlakatda ilm-fan sohasi kadrlarining rivojlangan davlatlar darajasida tan olinishi uchun zamin yaratadi.
Ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik olib borish tartibi va shartlarining belgilab berilishi bu boradagi mavjud obʼektiv va subʼektiv cheklovlarni bartaraf qiladi va o‘z navbatida xalqaro hamkorlikka asoslangan ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishning optimal mexanizmlarini belgilab beradi. Mazkur Qonun bilan ilmiy faoliyat olib borishda barcha yo‘nalishlarda yetakchi xorijiy ilmiy markazlar va tashkilotlar bilan huquqiy asosda hamkorlik olib borish nazarda tutilgan.
Ilm-fan rivoji iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy mezoni ekanligi o‘laroq, jahonda ilmiy-texnik salohiyat tez surʼatlarda rivojlanib borayotganligi bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omillarini intelektualizatsiya qilish ham o‘sib bormoqdaki, bilimlar, innovatsiyalar va inson kapitaliga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish kabi ulkan vazifani amalga oshirishda huquqiy zaminning yaratilishi mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lishini taʼminlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni
2020 yilning 24 iyul kuni “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi va shu kundan eʼtiboran kuchga kirdi.
6 bob, 39 ta moddadan iborat mazkur Qonunda quyidagilar innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:

  • innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini taʼminlash;

  • ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

  • zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;

  • innovatsion faoliyat subʼektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

  • respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

  • investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;

  • davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

  • kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Mazkur Qonun bilan Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi ushbu sohadagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi (2020 yil 24 iyul) “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tegishli huquqiy zaminni yaratish borasidagi muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi g‘oya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishochli huquqiy mexanizmlarini mustahkamlab benihoya muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunda ifodalangan taʼrifga, ko‘ra innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlaydigan yangi ishlanma. Innovatsion faoliyat esa, yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o‘tkazilishi va amalga oshirilishini taʼminlash bo‘yicha faoliyatdir.[2]


Mamlakatimizda o‘zining huquqiy asoslariga ega bo‘lib, keng quloch yozayotgan innovatsion faoliyat quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
- innovatsion faoliyatning erkinligi; innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini taʼminlash;
- innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi;
- raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- axborotni erkin almashish; innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish;
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.
Qonunda innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Hukumatning, vakolatli davlat organi (Innovatsion rivojlanish vazirligi), davlat boshqaruvi organlarining, qolaversa, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli vakolatlari mufassal belgilangan.
Qonunga muvofiq, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
innovatsion faoliyat subʼektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish;
respublika Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo‘jalik yurituvchi subʼektlar mablag‘larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg‘or texnologiyalarning davlat xaridlarini tashkil etish;
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Innovatsion faoliyat subʼektlari quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;
yangi ishlanmalarni yaratadigan, joriy etadigan va innovatsiyalardan foydalanadigan ilmiy, ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim, ishlab chiqarish tashkilotlari va boshqa tashkilotlar;
ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;
faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan va foydalaniladigan intellektual mulk obʼektlariga bo‘lgan huquq egalari;
faoliyatga investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investorlar va tadbirkorlik subʼektlari.
Qonun bilan texnologiyalar transferi jarayoni – yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar majmui ham joriy etilmoqda. Mavjud texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan o‘xshash mahsulotga nisbatan yuqori sifatli va raqobatbardosh yangi yoki yaxshilangan mahsulot ishlab chiqarish, yangi ishlanmalar va texnologiyalar asosida mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarish hamda o‘xshash texnologiyalarga nisbatan energiyani va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish transfer jarayonining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Texnologiyalar transferi shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda intellektual mulkka bo‘lgan huquq mavjudligi va undan tushgan foyda uni tuzishning asosiy sharti hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni moddiy-texnik, moliyaviy, tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan taʼminlaydigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va ular birlashmalarining majmui innovatsion infratuzilma hisoblanadi. Uning subʼektlari quyidagilardan iborat:
Innovatsion texnologik park (texnopark) – innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-texnika majmuasi bo‘lgan hududga egalik qiluvchi yuridik shaxs. Texnoparkning asosiy vazifasi – uning rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash. Uning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilgachani tashkil etadi, keyinchalik bu muddat uzaytirilishi mumkin. Texnopark rezidentining maqomi tanlov asosida 10 yil muddatgacha beriladi;
Texnologiyalar transferi markazi – texnologiyalar transferini va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan yuridik shaxs;
Innovatsion klaster tegishli hududda innovatsiyalarni yaratishda ishtirok etuvchi innovatsion faoliyat subʼektlarining, innovatsion faoliyat natijalari isteʼmolchilarining yig‘indisi sifatida yuridik shaxs tashkil etmasdan tuziladi. Ularning asosiy maqsadi samarali hamkorlik qilishdan, quvvatlardan birgalikda foydalanishdan hamda bilimlar, ko‘nikmalar almashishdan, shuningdek texnologiyalar transferiga ulushni taʼminlash orqali innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi;
Venchur tashkilotlar, fondlar, shirkatlar – asosiy faoliyat turi xavfli innovatsion loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirishdan iborat bo‘lgan, ham yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan, ham yuridik shaxs sifatida tashkil etilmaydigan ixtisoslashtirilgan moliya institutlari.
Innovatsiya markazi innovatsion faoliyat sohasida yangi g‘oyalarni yaratishdan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishgacha bo‘lgan to‘liq ishlar turkumini amalga oshirish maqsadida yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
Qonun bilan innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari va ularni sarflash yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
O‘zbekiston respublika budjeti;
Qoraqalpog‘iston respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari;
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari;
venchur jamg‘armalari;
soha subʼektlarining o‘z mablag‘lari;
xalqaro grantlar, tijorat banklarining, shu jumladan chet el banklarining va xalqaro moliya institutlarining maqsadli kreditlari;
xususiy investorlarning mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mazkur Qonunning hayotga joriy etilishi innovatsion faoliyat sohalarini va uning barcha ishtirokchilarini samarali hamkorligi uchun huquqiy asoslari va qonuniy vakolatlarini taʼminlaydi, innovatsion faoliyat subʼektlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi, innovatsion faoliyat subʼektlarini keng ko‘lamda tashkil etish imkonini beradi.
4. O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida Ilm-fan sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilangan edi. Shu munosabat bilan 2020 yil 29 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Konsepsiya hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari, ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish, ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda uning doirasida loyihalarni amalga oshirish, 2025 yilga qadar ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar sohasidagi texnologik innovatsiyalarga xarajatlarning umumiy hajmida tashkilotning o‘z kuchi bilan bajarilgan texnologik innovatsiyalarga xarajatlarning ulushini 3,5 baravarga, 2030 yilgacha esa 9 baravarga oshirish kabi maqsad-vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Oily ta’lim bilan qaqmrov darajasini oshirish , xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobilyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllasnishi uchun zarur shart-sharoit yaratish
Sohada sog’lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jizibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatdoshligini ta’minlash
Quyidagilar oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi:
Mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish
Milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog’ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o’quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv tizimi, o’quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirish, turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog’oz shaklidan voz kechishini ta’minlovchi “Elektron universitet’’ platformasiga joriy qilish belgilandi.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o’zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR’’ platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnalogiyalar” dan foydalanish, ta’lim jarayonlarini raqamli texnalogiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rovojlantirish, vebinar (leksiya boshqa o’quv xonasidan yoki oily ta’lim muassasasidan onlayn o’zlashtirish), “blended learning’’ (avvaldan yozilgan leksiya va seminar mashg’ulotlarini uyda o’zlashtirish) va “flipped classroom’’ (leksiyani uyda o’zlashtirish, seminar mashg’ulotini oily ta’lim muassasasida bajarish) texnalogiyalarini amaliyotga keng joriy etish nazarda tutildi.
Standart loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo’lgan yangi mahsulotlar va texnalogiyalarni yaratish orqali oliy ta’lim muassasalari negizida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish hamda ularni tijoratlashtirish bilan shug’ullanuvchi “spin-off va spin- out’’ karxonalarini tashkil etish belgilandi.
Oliy ta’lim muassasalari hududida ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va Klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish, ishlab chiqarish rivojlangan hududlar, shu jumladan iqtisodiy zonalarda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yo’lga qo’yish belgilandi.
Innovatsion infratuzilmani yaxshilash maqsadida “Hujayra va molekulyar biotexnologiya’’ , “Tibbiy genetika”, “Ekofiziologiya’’, “Materialshunoslik’’ , “Energiya tejovji texnalogiyalar, nazorat-o’lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar”, “Qurilish materiallari’’ hamda “Oziq-ovqat mahsulotlari va texnalogiyasi’’ yo’nalishlari bo’yicha 7 ta oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish ko’zda tutiladi.
Oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasining 50 foizidan yuqori bo’lishi ta’minlanadi, sohada raqobat muhiti yaratiladi ;
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi;
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim ,fan innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog’liqligini nazarda tutuvchi ‘’Univarsitet 3.0’’ konsipsiyasi bosqichma- bosqich joriy etiladi;
Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yo’qori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko’rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallari xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishi ta’minlanadi ;
Konsepsiya hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari, ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, milliy reyting tizimini joriy etish, davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda uning doirasida loyihalarni amalga oshirish kabi vazifalarni nazarda tutadi.
Unga ko‘ra, 2025 yilga qadar ilm-fanga yo‘naltiriladigan jami mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030 yilgacha esa 10 baravarga oshiriladi.
2025 yilga qadar ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratiladigan mablag‘lar ulushini amaldagi 8 foizdan 20 foizga, 2030 yilgacha esa 30 foizga yetkaziladi.
Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021 yil 2 ta, 2025 yil 10 ta venchur jamg‘armasi tashkil qilinadi. Shuningdek, 2021 yil «Yashnobod” innovatsion texnoparkining rezidentlari sonini 60 taga yetkazish va shu asosda innovatsion mahsulotlar turi va hajmini oshirish orqali 720 dan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Ilmiy tashkilotlar tadqiqotchilarining o‘rtacha yoshini 2025 yilga qadar 45 ga, 2030 yilgacha esa 39 ga yetkazish, 2025 yilga qadar 39 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning umumiy sonida yuqori malakali ilmiy xodimlarning (fan nomzodi, falsafa va fan doktorlari) ulushini 2 baravarga, 2030 yilgacha esa 3 baravarga oshirish belgilab berildi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimizdagi yettita zamonaviy laboratoriya majmualarini tashkil etish, ularni GLP va GMP jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlash maqsadlari tasdiqlandi.

Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling