Reja: O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlar haqida
Download 68.36 Kb.
|
18. SHAXSIY HUJJAT TURLARI
Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi. Ariza Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, qishloq sovetiga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Arizaning zaruriy qismlari: Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi Hujjatning nomi (Ariza) Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa) Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy) Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalarbilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida va diqqat-e’tibor bilan ko‘rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, sotsialistik qonunchilikning mustahkam garovidir. Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. MA’LUMOTNOMA Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi; so‘ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Shaxsiy ma’lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksarvoqea-hodisalarvaholatlarnitasdiqlabberadigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladiganrasmiyhujjatdir.Masalan, muassasa ishchi yoki xodimga uning qayerda, kim bo‘lib vaqancha maosh olib ishlashi haqida; o‘quvchi va talabaga esa qayerdao‘qishihaqida fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (ZAGS) va notarial idoralari hamda mahalla fuqarolar yig’inidan shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikoh bo‘lganligi yoki ajralganlik haqida (hujjatlar yo‘qolganda); tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida; mahalla idoralari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’lumotnomalar beradi. Bulardan tashqari, ichki ishlar va adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma’lumotnomalar beriladi. Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma) Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, ota ismi va familiyasi Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni) Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim. etiladigan joy nomi) Mansabdor shaxs(lar) ning imzosi (lavozimi va familiyasi) Muhr Tushuntirish xati Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir. Download 68.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling