Reja: O‗zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi
Soddalashtirilgan tartibda iqtisodiy sud ishini yuritish xuquq va majburiyatlari
Download 382.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq
Soddalashtirilgan tartibda iqtisodiy sud ishini yuritish xuquq va majburiyatlari
O‗zbekiston Respublikasi FK ning 39-moddasiga ko‗ra o‗z mulkida, xo‗jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‗lgan hamda o‗z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‗z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‗la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo‗la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan holda tadbirkorlik bilan shug‗ullangan va uning faoliyati davomida nizo kelib chiqqan bo‗lsa, bu nizolar ham iqtisodiy sudlar tomonidan hal etiladi. Fuqarolarga nisbatan qo‗yilgan talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, garchi, sudga ariza berilgan kun holatida bu fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‗qotgan bo‗lsa-da, ular ishtirokidagi nizolarga doir ishlar iqtisodiy sudga taalluqli bo‗ladi. O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq iqtisodiy sudga yuridik ahamiyatga ega bo‗lgan faktlarni aniqlash to‗g‗risidagi ishlar taalluqlidir. Iqtisodiy sudlar tomonidan aniqlanadigan yuridik faktlarga bino yoki yer maydonining mulk huquqi asosida mansubligi fakti; ko‗chmas mulkka 15 yil davomida o‗ziniki kabi insofli, ochiq va uzluksiz egalik qilish yoki boshqa mulkka 5 yil egalik qilish fakti; tashkilotning muayyan vaqtda va muayyan joyda ro‗yxatdan o‗tish fakti va boshqalar tegishli. Yuridik ahamiyatga ega bo‗lgan faktlarni aniqlashga doir ishlar bo‗yicha nizo mavjud bo‗lmaydi. ―Bankrotlik to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasining 3-bandiga muvofiq tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‗g‗risidagi ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladi. Mazkur Qonunning 3-moddasiga ko‗ra bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - iqtisodiy sudlar tomonidan e'tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‗yicha kreditorlar talablarini to‗la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‗lovlar bo‗yicha o‗z majburiyatini to‗la hajmda bajarishga qodir emasligidir. Qonunning 4-moddasiga ko‗ra qarzdorning pul majburiyatlari bo‗yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‗lovlar bo‗yicha o‗z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‗lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‗lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e'tirof etiladi. Tijoratchi tashkilot bo‗lmagan yuridik shaxslar, ya'ni davlat korxonalari, davlat idoralari, davlat muassasalari, shu jumladan, davlat byudjetidan to‗liq moliyaviy mablag‗ bilan ta'minlanadigan kasalxonalar, maktablar, bog‗chalar, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxslar nochor (bankrot) deb hisoblanishi mumkin emas. Yana shuni alohida yodda tutish lozimki O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi birinchi qismining 4-bandiga ko‗ra hakamlik muhokamasi bilan bog‗liq ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladi. Bunday toifadagi ishlar IPKning 28-moddasida belgilangan bo‗lib, ularga hakamlik sudida ko‗rilayotgan ish bo‗yicha da'voni ta'minlash yuzasidan choralar ko‗rish to‗g‗risidagi arizalar bo‗yicha ishlar; hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar bo‗yicha ishlar hamda hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to‗g‗risidagi arizalar bo‗yicha ishlar kiradi. Tadbirkorlik subyekt bo‗lgan aksiyadorlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, qo‗shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, matlubot kooperativlari va ulushli mulkka asoslangan xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar ishtirokchilari o‗rtasida yoki aynan shu sub'ektlar boshqaruv organlari va ularning ishtirokchilari o‗rtasida yuzaga keladigan nizolar, yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‗liq nizolar korporativ nizolar hisoblanadi. Korporativ nizoning o‗ziga xos xususiyati shundan iborat-ki, bu nizo bitta xo‗jalik yurituvchi sub'ekt doirasida, uning ta'sischilari bilan bshqaruv organi, ta'sischilari o‗rtasida o‗zaro va xo‗jalik jamiyati bilan bog‗liq holda yuzaga keladi. Jumladan, ―Mas'uliyati cheklangan hamda qo‗shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‗n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‗z majburiyatlarini qo‗pol buzayotgan yoxud o‗z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‗rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. Bunda shuni inobatga olish lozimki, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o‗n foizini tashkil etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o‗n foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham bunday talab bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bir nechta ishtirokchi sudga murojaat qilganda da'vo arizasi ushbu ishtirokchilarning barchasi yoki ularning vakili (vakillari) tomonidan imzolangan bo‗lishi kerak. Bunda da'vogar (da'vogarlar) ulushining miqdori belgilangan tartibda tasdiqlangan ta'sis hujjatlari asosida aniqlanadi. O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi birinchi qismining 5-bandiga ko‗ra korporativ nizolar bo‗yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno, iqtisodiy sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladi. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, korporativ nizolarga oid ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar bo‗lishidan qat'i nazar, iqtisodiy sud tomonidan ko‗rib chiqiladi. O‗zbekiston Respublikasi IPKning 25-moddasi birinchi qismining 6-bandiga ko‗ra chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroetishga qaratish to‗g‗risidagi ishlar iqtisodiy sudga taalluqlidir. Shuningdek, qonun bilan iqtisodiy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin bo‗lib, bu qonunda alohida ko‗rsatiladi. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 269-moddasining uchinchi qismiga ko‗ra mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‗lash to‗g‗risidagi mehnat nizolari, agar mansabdor shaxslar yetkazgan zarar xo‗jalik nizosini ko‗rib chiqish paytida aniqlangan bo‗lsa, iqtisodiy sud tomonidan ham ko‗rib chiqiladi. Ayrim holatlarda bitta da'vo arizasida ikki yoki undan ortiq da'vo talablarini ham ko‗rsatish mumkin. O‗zaro bog‗liq bo‗lib, ba'zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‗yicha sudga taalluqli bo‗lgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, ushbu talablar fuqarolik ishlari bo‗yicha sudda ko‗rilishi kerak. Agar bunday talablar bildirilgan da'vo ariza iqtisodiy sudga berilgan taqdirda, da'vo arizasi sud'ya tomonidan O‗zbekiston Respublikasi IPKning 155-moddasi birinchi qismining 4-bandiga ko‗ra qaytariladi. Iqtisodiy sud ishini yuritishga soddalashtirilgan tartib joriy etilmoqda. Bahosi quyidagi miqdordan oshmaydigan da‘volar ana shu tartibda koʻrib chiqiladi: yuridik shaхslarga nisbatan – 20 EKIH ; yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – 5 EKIH . Bu korporativ nizolar boʻyicha (IPKning Download 382.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling