Reja: O‗zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi


Download 382.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.10.2023
Hajmi382.47 Kb.
#1732257
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq

 
 


Iqtisodiy sudlarda ishlar ko‘rilishi va ishtirokchilar
Iqtisodiy sudlar sud hokimiyatining bir tarmog‗i sifatida qonun bilan faqat o‗ziga 
yuklatilgan nizolarga doir ishlarni ko‗rib hal qiladi. Bu yerda qonun deganda 
O‗zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksi va boshqa qonunlar 
tushunilishi lozim. IPKning 25-moddasida iqtisodiy sudlarning sudloviga taalluqli 
bo‗lgan ishlarning ro‗yxati berilgan. Umumiy qoidaga ko‗ra bu ro‗yxat tugal 
hisoblanmaydi va boshqa qonun hujjatlarida iqtisodiy sudlarda ko‗riladigan nizolar ham 
belgilanishi mumkin. IPKda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladigan ishlar 
asosan oltita guruhga ajratilgan. Bundan ko‗zlangan asosiy maqsad, sud amaliyotini 
birxillashtirish, 
sud 
statistikasini 
yuritishni 
ta'minlash 
va 
sud 
faoliyatini 
umumlashtirishda yengilliklar yaratishdir. 
Iqtisodiy sudga: 
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini 
qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo‗yicha 
ishlar ko‗rilayotganda taraflar bo‗lgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb 
yuritiladi) o‗rtasidagi fuqaroviy, ma'muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga 
keladigan nizolarga doir ishlar; 
2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari 
yuzaga kelishi, o‗zgarishi yoki bekor bo‗lishi uchun ahamiyatga ega bo‗lgan faktlarni 
aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo‗lgan faktlarni aniqlash deb 
yuritiladi) to‗g‗risidagi ishlar; 
3) bankrotlik to‗g‗risidagi ishlar; 
4) hakamlik muhokamasi bilan bog‗liq ishlar; 
5) IPKning 30-moddasida ko‗rsatilgan korporativ nizolar bo‗yicha ishlar, bundan 
mehnatga oid nizolar mustasno; 
Korporativ nizolar bo‗yicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 


1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‗liq nizolar; 
2) xo‗jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a'zolari paylarining mansubligi, ularga 
yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan 
bog‗liq nizolar, bundan xo‗jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar a'zolarining paylarini o‗z ichiga 
oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‗lish bilan bog‗liq 
holda yuzaga keladigan nizolar mustasno; 
3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, a'zolarining) yuridik shaxs 
tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning 
haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‗llash haqidagi da'volari bo‗yicha nizolar; 
4) qimmatli qog‗ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari 
qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog‗ozlarni joylashtirish 
jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog‗ozlar chiqarish (qo‗shimcha 
ravishda chiqarish) natijalari bo‗yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish 
bilan bog‗liq nizolar; 
5) qimmatli qog‗ozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli 
qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq 
va majburiyatlarni qimmatli qog‗ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi 
munosabati bilan qimmatli qog‗ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga 
oshirish bilan bog‗liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar; 
6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig‗ilishini chaqirish to‗g‗risidagi nizolar; 
7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‗g‗risidagi 
nizolar. 
Qonunga muvofiq korporativ nizolar bo‗yicha ishlar jumlasiga boshqa nizolar ham 
kiritilishi mumkin. 


5.1) IPKning 30
1
-moddasida ko‗rsatilgan investisiyaviy nizolar bo‗yicha ishlar; 
Investisiyaviy nizolar bo‗yicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) investisiya shartnomalarini tuzish, o‗zgartirish va bekor qilish bilan bog‗liq nizolar; 
2) investisiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar; 
3) investisiya shartnomasining bajarilishi bilan bog‗liq nizolar; 
4) investisiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va 
boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog‗liq nizolar; 
5) investisiya shartnomasi bo‗yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish 
yoki bunday shartnoma bo‗yicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar o‗rnini qoplash 
to‗g‗risidagi nizolar. 
5.2. IPKning 30
1
-moddasida ko‗rsatilgan raqobatga oid ishlar; 
Yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xo‗jalik boshqaruvi organlari, 
yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organ o‗rtasida tovar va 
moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar 
raqobatga oid ishlar jumlasiga kiradi. 
6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish 
to‗g‗risidagi ishlar taalluqlidir. 
Iqtisodiy sudlarda ko‗riladigan ishlarning asosiy qismini iqtisodiyot sohasida yuridik 
shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va 
yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar 
o‗rtasidagi fuqaro fuqaroviy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
nizolarga doir ishlar tashkil qiladi. 
Bunday nizolar toifasiga tadbirkorlik subyekt o‗rtasida tuzilgan mahsulot yetkazib 
berish, oldi-sotdi, pudrat, kredit va hokazo O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) doirasida tuzilgan shartnomalar 
yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni kiritish mumkin. 



Download 382.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling