Reja: O’zbekiston vatanim mening Yurtim manzaralari Yurtimizning betakror tabiati O’zbekiston vatanim mening
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona yurtim tabiati PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston vatanim mening
- Ona yurtimizda 4 ta fasillari Tabiatni muhafaza qilish-bu Yerdagi hayotni saqlab qolish
Mavzu:Ona yurtim tabiati Reja: 1. O’zbekiston vatanim mening 2. Yurtim manzaralari 3. Yurtimizning betakror tabiati O’zbekiston vatanim mening O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi. O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi. O'zbekistonimizning qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha so'z bo'lib, yo'nalish, chegara, hudud degan ma’nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin. U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oladigan hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlarni o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlarni anglatadi, mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlarni tushunamiz? Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga olishimiz zarur. O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hududidan Marka¬ziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi. Yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan. Siz iqlimni o‘zgartirishni, go‘zal tabiatdan, uning noyob nabotot va hayvonot olamidan bahramand bo‘lib, zilol ko‘llar va shovqinli daryolar sohilida quyosh nuridan zavqlanib, sayyoramizning eng yuqori nuqtasiga chiqishni xohlaysizmi? Endi buning imkoni bor. O‘zbekistonga keling! Ushbu qadimiy mamlakatning betakror tabiati siz uchun tabiiy va go‘zal ranglarining butun majmuini ochib beradi. O‘zbekiston hududining katta qismini past tekisliklar egallagan. Eng kattalaridan biri – bu Turon past tekisligidir. Ikki katta Qizilqum va Qoraqum cho‘llari butun mamlakat bo‘ylab bir necha yuz kilometrga Tyan-Shan etagigacha cho‘zilgan. Cho‘l ayniqsa bahorda go‘zal. Kuchli shamollar qumli barxanlarni saksovul novdalari uzra haydab, bahorda cho‘lni betakror go‘zalikka burkaydi. Ko‘plab boyliklarni o‘zida mujassam etgan ulug‘vor O‘zbekiston tog‘lari, har yili baland tog‘ cho‘qqilarini zabt etadigan yuzlab sayyohlarni va ekstremal insonlarni o‘ziga jalb etadi. Chiroyli sharsharalar, ko‘p mingli tepaliklar, chang‘i uchish yo‘llari, tog‘oldi yaylovlar, qo‘riqxonalar va o‘rmon zonalari, kanyonlar va tog‘ ko‘llari, g‘orlar hamda qadimiy tsivilizatsiyalarning to‘xtab turish joylari – bu mamlakatimizning go‘zal tog‘li hududlari maqtanishi mumkin bo‘lgan narsalarning to‘liq ro‘yxati emas. Ona yurtimizda 4 ta fasillari Tabiatni muhafaza qilish-bu Yerdagi hayotni saqlab qolish E’tiboringiz uchun raxmat Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling